Dehqonobod kaliy zavodi


Ayol va yoshlar mehnatining muhofazasi


Download 332.49 Kb.
bet10/26
Sana19.06.2023
Hajmi332.49 Kb.
#1621945
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
ДКЗ АЖ Кириш йўл йўриги сценарийси lotin

Ayol va yoshlar mehnatining muhofazasi
Homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq to‘lash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.
Ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda, rad etish sabablarining ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan yozma asosini homilador ayol yoki farzandlari bor shaxs talabiga ko‘ra uch kun ichida taqdim etishi shart. Ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini taqdim etmaganlik ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan shikoyat qilishga monelik qilmaydi.
Ish beruvchi kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishuvga ko‘ra tasdiqlanadigan tavsiyalarni inobatga olib, noqulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lgan, ayollarning mehnatidan foydalanish cheklanadigan ayrim ishlar ro‘yxatini belgilashga haqli.
Ayollar tomonidan ular uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normadan ortiq bo‘lgan og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashish taqiqlanadi.
Ayollarning og‘ir yuklarni ko‘tarishi va tashishi chog‘ida ular uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yuklamalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadigan eng kam ish o‘rinlari hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasi bilan ishga joylashish kafolatlanadi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishlarda, yer osti ishlarida, shuningdek bajarilishi ularning hayotiga va sog‘lig‘iga, xavfsizligiga va ma’naviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda (tungi kafe va klublarda, spirtli ichimliklarni, tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik va psixotrop moddalarni, toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish hamda sotish va boshqalar) qo‘llash taqiqlanadi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning ular uchun belgilangan yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normalardan ortiq bo‘lgan og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarishi va tashishi taqiqlanadi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatining qo‘llanilishi taqiqlanadigan va bajarilishi voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning og‘ir yuklarni ko‘tarishi va tashishi chog‘ida yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi
Har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi quyidagilardan oshishi mumkin emas:
o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun — olti kunlik ish haftasida — to‘rt soatdan, besh kunlik ish haftasida — besh soatdan, o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun esa olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan;
o‘quv yili davomida ishni o‘qish bilan birga olib boruvchi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tashkilotlarining o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari uchun — olti kunlik ish haftasida — ikki soatdan, besh kunlik ish haftasida — ikki soatu o‘ttiz daqiqadan, o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari uchun esa olti kunlik ish haftasida — uch soatdan, besh kunlik ish haftasida — to‘rt soatdan.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishni, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishni taqiqlash
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborish, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
Madaniy-tomosha tashkilotlarining, televidenie, radioeshittirish tashkilotlarining va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar, shuningdek asarlar yaratishda va (yoki) ijro etishda (namoyish etishda) ishtirok etuvchi boshqa shaxslar Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ishlar, kasblar, lavozimlar ro‘yxatlariga muvofiq ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidadan mustasnodir.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili berish
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga davomiyligi kamida o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan yillik mehnat ta’tili beriladi va ular bu ta’tildan yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtida foydalanishi mumkin.
Agar yillik mehnat ta’tili berilayotgan ish yili xodim o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan va to‘lib bo‘lganidan keyingi davrlarni qamrab olsa, ta’tilning davomiyligi xodim o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar va o‘n sakkiz yoshga to‘lganidan keyingi ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari umumiy ishlab chiqarish normalaridan kelib chiqqan holda ushbu xodimlar uchun belgilangan qisqartirilgan ish vaqtiga mutanosib ravishda belgilanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, professional ta’lim olganidan keyin ishga kirayotgan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun, shuningdek ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi bo‘yicha ta’lim olgan xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq pasaytirilgan ishlab chiqarish normalari belgilanishi mumkin.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash, xuddi ish vaqti davomiyligi to‘liq bo‘lganda xodimlarning tegishli toifalari uchun to‘lanadigan miqdorda amalga oshiriladi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq to‘lashda har kungi ishning to‘liq davomiyligida tegishli toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash darajasiga qadar qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Ishbay ishlarga qo‘yilgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlar mehnatiga katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishbay narxlar bo‘yicha haq to‘lanib, bunda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligiga nisbatan qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lanadi.
O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga ishlagan vaqtidan kelib chiqib yoki ishlab chiqarish natijasiga qarab haq to‘lanadi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ota-onadan biri (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs), shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar, agar ishni davom ettirish o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning hayotiga va sog‘lig‘iga, xavfsizligiga hamda ma’naviy jihatdan kamol topishiga tahdid solayotgan bo‘lsa yoki ularga boshqacha tarzda ziyon yetkazishi mumkin bo‘lsa, bunday shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli.



Download 332.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling