Dehqonobod kaliy zavodi
Yakka tartibda himoyalanish vositalari
Download 332.49 Kb.
|
ДКЗ АЖ Кириш йўл йўриги сценарийси lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonada yong‘in xavfsizligining asosiy talablari. Korxonada yong‘indan himoya qilishni tashkil etish;
Yakka tartibda himoyalanish vositalari:
Ishchilarni yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan bepul ta’minlash me’yorlari. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Bunday ishlarning ro‘yxati, ularni berish normalari, ular bilan ta’minlash tartibi “QFK” MChJ xodimlariga maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berish me’yorlarida belgilangan. Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini olish, saqlash, yuvish, tozalash, ta’mirlash, dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Xodim o‘ziga berilgan shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llashga majbur. Xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq foydalanilishi shart bo‘lgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda ishdan chetlashtiriladi va ishdan chetlatilgan davrida unga ish haqi to‘lanmaydi. Korxonada yong‘in xavfsizligining asosiy talablari. Korxonada yong‘indan himoya qilishni tashkil etish; Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir talablar mansab yo‘riqnomalarida va boshqa yo‘riqnomalarda, zarur hollarda esa tegishli shartnomalarda aks ettirilishi kerak. Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi. Korxonada yong‘indan himoya qilishni tashkil etish maqsadida quyidagi tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshiriladi: ob’ektning texnologik uskunalarini, shamollatish va isitish tizimlari, yashindan himoya qiluvchi va yerga ulash moslamalarini, aloqa va xabar berish vositalarini, yong‘inga qarshi texnik himoya vositalarini soz holda saqlash va foydalanish uchun hamda tashkilotning ob’ektlarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul shaxslarni tayinlash; har bir ob’ekt uchun uning yong‘in xavfliligiga ko‘ra yong‘inga qarshi rejimini belgilaydigan yong‘in xavfsizligi yo‘riqnomalari ishlab chiqilishini ta’minlash; olovli va boshqa yong‘in xavfi mavjud ishlarni xavfsiz bajarish tartibi va vaqtini belgilash hamda ular bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish; ob’ektning xodimlari o‘rtasida yong‘in sodir bo‘lgan vaqtdagi majburiyatlarini taqsimlash; tegishli yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish orqali xodimlarni yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlariga o‘rgatishni va yong‘in-texnik minimum bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil etish va boshqalar. Download 332.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling