Dehqonobod kaliy zavodi
Download 332.49 Kb.
|
ДКЗ АЖ Кириш йўл йўриги сценарийси lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kadr: Elektr tokidan shikastlangan shaxsni qutqarib olish, jabrlanuvchining holatini baholash, birinchi yordam ko‘rsatish jarayonlari. So‘z
Kadr:
So‘z: Elektr toki bilan zararlanganda iloji boricha tezlik bilan shikastlanuvchini tok ta’siridan ozod qilish kerak, chunki bu ta’sirni davom etishi elektr shikast (elektrotravma) lar og‘irlashuviga olib keladi. Elektr toki ta’siridan xalos qilish: Kuchlanishi ta’sirida bo‘lgan tok uzatuvchi qismlarga tegish muskullarni beixtiyor tirishishi va umuman asablar qo‘zg‘alishiga olib keladi, natijada nafas olish va qon aylanishi organlari faoliyatini buzishi, hatto umuman to‘xtatib quyishi mumkin. Agar shikastlanuvchi simni qo‘li bilan ushlab turgan bo‘lsa, uni panjalari shunchalik kuchli qisiladiki, qo‘lidan tok uzatuvchini ajratib bo‘lmaydi. Shu sababli yordam ko‘rsatuvchining birinchi harakati elektrqurilmaning shikastlanuvchi tegib turgan qismini zudlik bilan uzishdan iborat bo‘lishi kerak. Uzish ulab-uzgich, biriktirgich- ajratgich yoki boshqa uzish apparatlari hamda saqlagich (tiqin) larni burash yoki olib quyish, shtepsel birikmalarni ajratish bilan amalga oshiriladi. Agar shikastlanuvchi baland joyda bo‘lsa, unda qurilmani uzib va shu bilan tok ta’siridan ozod qilinsa, u tushib ketishi mumkin. Bunday holatlarda shikastlanuvchining tushib ketishini oldini oluvchi va havfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni ko‘rish lozim. Elektr uskuna uzilganda elektr toki ham o‘chishi mumkin. Shu sababli kunduz kuni bo‘lmaganda boshqa yoritish manbalari (favqulodda yoritgichlar, akkumuliyatorli yoritgichlar va boshqalari) dan yoritish chorasini ko‘rish kerak. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr toki ta’siridan xalos qilish: Shikastlanuvchini tok uzatuvchi qismdan yoki kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan simni undan ajratish uchun arqon, tayoq, taxta yoki boshqa biror quruq elektr tokini o‘tkazmaydigan predmetlardan foydalanish kerak. Xuddi shundayin uni kiyimidan (agar kiyimi quruq bo‘lsa va tanaga tegmasa ) masalan palto yoki pidjagi etagidigan, yoqasidan bunda atrofdagi biror metall predmetga va shikastlanuvchi tanasining ochiq, kiyim bilan yopilmagan qismlariga tegmay, tortib ajratish mumkin. Shikastlanuvchini oyog‘idan tortishda qo‘llari yaxshi himoyalanmagan yordam ko‘rsatuvchi, uning oyoq kiyimi yoki kiyimiga tegmaslik kerak, chunki ular nam va elektr tokini o‘tkazuvchi bo‘lishi mumkin. Yordam ko‘rsatuvchining qo‘llarini izolyatsiyalash, xususan shkastlanuvchi tanasining ochiq qismiga tegish zarur bo‘lsa, himoyalash uchun dielektrik qo‘lqoplar kiyishi yoki qo‘lni bo‘yinbog‘ bilan o‘rab, movut bosh kiyim ichiga tiqish, qo‘lni pinjak yoki palto yengi ichiga tortish, shkastlanuvchi ustiga rezina gilamcha, rezinasimon material (plash) yoki oddiy quruq material tashlash kerak. Xuddi shunday rezina gilamcha, quruq taxta yoki biror elektr tokini o‘tkazmaydigan to‘shama ustiga chiqib o‘zini himoyalashi (izolyatsiyalashi) mumkin. Shikastlanuvchini tok uzatuvchi qismdan ajratishda bir qo‘l bilan, ikkinchi qo‘lni orqaga (belga) quyib yoki cho‘ntakka solib harakat qilish tavsiya qilinadi. Agar elektr toki shikastlanuvchi orqali yerga o‘tayotgan bo‘lsa va tok uzatuvchi element (masalan sim) ni qo‘li tirishib qisib qolgan bo‘lsa, osonrog‘i shikastlanuvchini yerdan ajratib tokni uzish(uni tagiga quruq taxta tiqib, yohud oyog‘ini arqon bilan yerdan tortib yoki kiyimidan sudrab). Simlarni dastasi quruq yog‘ochdan bo‘lgan bolta bilan chopish yoki himoyalangan dastali asboblar (ambur, passatij va sh.k) bilan kesish mumkin. Simlarni fazalar bo‘yicha ya’ni har bir simni alohida chopish va kesish zarur va bunda iloji boricha quruq taxta , yog‘och pillapoya va sh.k. ustida turishi tavsiya qilinadi. Izolyatsiyalanmagan asboblarni dastasini quruq mato bilan o‘rab ishlatishi ham mumkin. Kuchlanishi 1000 V yuqori bo‘lgan elektr toki ta’siridan xalos qilish: Shikastlanuvchini kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan tok o‘tkazuvchidan ajratish uchun, dielektrik qo‘lqoplar, botilar kiyish va aynan shu kuchlanishlarga hisoblangan shtanga va himoyalangan omburlar bilan harakat qilish lozim. Odim kuchlanishning xavfli ekanligini unitmaslik zarur, agar tok uzatuvchi qism (sim va sh.k.) yerda yotgan bo‘lsa, shikastlanuvchi tok ta’siridan xalos qilingandan so‘ng, uni xavfli zonadan chiqarish zarur. Elektr o‘tkazuvchi liniyalarida ularni elektr manbasi punktlaridan tez uzishning iloji bo‘lmasa, egiluvchan izolyatsiyalanmagan simni, elektr simlarga tashlab qisqa tutashuv hosil qilish lozim. Sim yetarli ko‘ndalang kesimga ega bo‘lishi kerak, toki qisqa tutashuv toki o‘tganda kuyib ketmasin. Simni tashlashdan oldin bir uchini yerga ulash (uni metall tayanch tanasiga, zaminlanish tushumiga va boshqalarga ulash) kerak. Tashlashga qulay bo‘lishi uchun simning bo‘sh uchiga yuk bog‘lash ma’qul bo‘ladi. Simni shunday tashlash kerakki, toki odamlarga, shular qatori yordam ko‘rsatuvchi va shikastlanuvchilarga tegmasin. Ko‘p holatlarda shikastlanuvchi bitta simga tegib turgan bo‘lsa, faqat shu simni zaminlash yetarli bo‘ladi. Elektr tokidan shikastlanuvchiga birinchi yordam: Shikastlanuvchini elektr toki ta’siridan xalos qilingandan so‘ng, uning holatini aniqlash zarur. Shikastlanuvchi holatini mumkin qadar tez aniqlashga oid belgilar quyidagilar: -hushi: tiniq (o‘zida), yo‘q (ketgan), buzilgan (shikastlanuvchi tormozlangan, hayajonlangan); -teri qoplamasi va ko‘rish shilliqlari (lab, ko‘z) rangi: qizargan, ko‘kargan, oqargan; -nafas olishi: normal , yo‘q, buzilgan (noto‘g‘ri, yuzaki , bo‘g‘iq); -uyqu arteriyalari pulsi: yaxshi aniqlanada (to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ritm), yomon aniqlanadi, yo‘q; -ko‘z qorachig‘lari : tor, keng Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yordam ko‘rsatuvchi o‘zini tutgan holda 1 minut ichida shikastlanuvchi holatini aniqlash va unga qanday hajm va tartibda yordam ko‘rsatish lozimligini belgilash qobiliyatiga ega. Teri qoplamasining rangi yoki nafas olishning mavjudligi (ko‘krak qafasining ko‘tarilishi va tushishiga qarab) tashqi ko‘rik bilan aniqlanadi. Og‘izga yoki burunga oyna, yaltiroq metal predmet tutish uchun qimmatli vaqtni yo‘qotish yaramaydi. Behush bo‘lib qolganligini ham odatdagidek tashqi ko‘rik bilan belgilanadi va o‘zini his etishini aniq bilish uchun, shikastlanuvchiga ahvolini so‘rab, murojaat qilish kerak. Uyqu arteriyasi pulsi, qo‘lning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi barmoqlar do‘mboqchalarini bo‘yin bo‘ylab bosh chayqash muskullari va qo‘shtomoq (kekirdak olmasi) orasiga quyib, keyin yengilgina orqa miya tomonga, bosish bilan seziladi. Uyqu arteriyasi pulsini aniqlash yo‘llari o‘zi va yaqinlarida mashqlar o‘tkazish bilan osongina o‘zlashtiriladi. Ko‘z qarachig‘i eni ko‘z yumuq bo‘lganda quyidagi tarzda: ko‘rsatgich bormoqlar do‘mboqchasi(bo‘rtib chiqqan qism)ni ikkala ko‘z yuqori qovoqlariga quyiladi va yengilgina ularni ko‘z olmasiga bosish, keyin yuqoriga ko‘tarish bilan aniqlanadi. Shunda ko‘z oralig‘i ochiladi va oq fonda rangdor aylanasimon ko‘z pardasi ko‘rinadi, markazida esa aylanasimon ko‘z qorachig‘i, qaysiki ularni holatlari (tor yoki kengligi) rangdor pardaning qancha qismini egalaganiga qarab aniqlaydi. Behushlik darajasini, teri qoplamasi rangi va nafas olish holatlariga qarab bir vaqtning o‘zida pulsni eshitish bilan ham aniqlash mumkin bo‘ladiki bu 1 minutdan ko‘p vaqtni olmaydi. Qorachig‘lar ko‘rigiga bir necha sekundlarda bajariladi. Agar shkastlanuvchini hushi, nafas olishi, pulsi bo‘lmasa, teri qoplamasi ko‘kargan, ko‘z qorachig‘i (0,5 sm. diametr bo‘yiga) kengaygan bo‘lsa, uni klinik o‘lim holatda deb hisoblash mumkin va organizmni tiriltirish uchun, sun’iy nafas oldirishning “og‘izdan-og‘izga” yoki “og‘izdan-burunga” usullarini va yurak tashqi massajini bajarishga zudlik bilan kirishiladi. Qimmatli sekundlarni yo‘qotib shikastlanuvchini yechintirish kerak emas. Agar shikastlanuvchi titroq bilan va judayam ahyonlab nafas olsa, ammo uni pulsi sezilmasa, zudlik bilan sun’iy nafas oldirishni boshlash kerak. Bunda shikastlanuvchi gorizontal holatda bo‘lishi shart emas. Tiriltirishga kirishiboq hakim yoki tez yordam chaqirish harakatini qilish kerak. Buni yordam ko‘rsatuvchi emas, balki boshqa birov qilish kerak, chunki u yordam ko‘rsatishni to‘xtata olmaydi. Agar shkastlanuvchi o‘zini anglasa, ammo shungacha behush yoki obmork (qo‘qisdan o‘zidan ketish) holatlarga tushgan, biroq nafas olishi va pulsi tetik bo‘lsa, uni to‘shakka solish; yengil nafas olishi uchun kiyimlari tugmalarini yechish; toza havo kelishini ta’minlash; agar sovuq bo‘lsa, badanni qizdirish; agar issiq bo‘lsa, salqinlatish, osayishtalikni to‘liq tashkil qilib, pulsi va nafas olishini muntazam nazorat qilish, ortiqcha odamlarni chetlashtirish lozim. Agar shikastlanuvchi behush bo‘lsa, uni nafas olishini kuzatish va tili tushib tiqilganidan nafas olishi buzilgan taqdirda, pastgi jag‘ burchagidan qo‘l bilan ushlanib oldinga suriladi, to til tiqilishi tugamaguncha shunday ushlab turiladi. Shikastlanuvchida qusish(qayd qilish) paydo bo‘lganda, qusiq massasi ketishi uchun uni kallasi va yelkasi chapga buriladi. Har qanday holatda ham shikastlanuvchini yerga quyish mumkin emas, chunki bu na faqat ziyon keltiradi, balki shikastlanuvchini qutqazish uchun zarur bo‘lgan vaqtni yo‘qotishga ham olib keladi. Shikastlanuvchini boshqa joyga ko‘chirish, qachonki uning va yordam ko‘rsatuvchi shaxs hayotiga xavf davom etgan yoki shu joyda yordam ko‘rsatishning iloji bo‘lmagan hollarda lozim bo‘ladi. Yashin urishdan shikastlanganda ham elektr tokidan shikastlanganligidagi kabi yordam ko‘rsatiladi. Voqea sodir bo‘lgan joyga hakim chaqirishning iloji bo‘lmagan hollarda, yaqin davolash muassasasiga shikastlanuvchini transportda olib borishni ta’minlash zarur. Agar shkastlanuvchining holati (nafas olishi qoniqarsiz va pulsi notetik bo‘lsa) uni transportda olib borish imkoniyatini bermasa , voqea joyiga tibbiyot xodimi yetib kelguncha, yordam ko‘rsatishni davom ettirishi kerak. Kadr: Elektr tokidan shikastlangan shaxsni qutqarib olish, jabrlanuvchining holatini baholash, birinchi yordam ko‘rsatish jarayonlari. So‘z: Download 332.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling