Dehqonobod kaliy zavodi


Ish joyini tashkil qilish va tartibga solishda xavfsizlik talablari


Download 117.28 Kb.
bet17/28
Sana18.11.2023
Hajmi117.28 Kb.
#1785937
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi-fayllar.org

Ish joyini tashkil qilish va tartibga solishda xavfsizlik talablari
Har bir ish joyini tashkil qilish va tartibga solishda xavfsizlik talablari ushbu ish o‘rni uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarda ko‘rib chiqilgan.
Korxona hududi va sex ichida harakatlanishi bilan bog‘liq xavfsizlik talablari
Korxona hududi va sex ichida harakatlanish vaqtida faqatgina piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘laklardan yurish kerak. Bunda quloqchinda yurish, ishlab chiqarish maydonchalarida baland poshnali oyoq kiyimda bo‘lish taqiqlanadi. To‘xtab turgan transport vositalarining orqa tomonidan aylanib o‘tish zarur. Temir yo‘l vagonlarining ostidan, ustidan o‘tish taqiqlanadi. Boshqa sex hudidiga o‘z boshimchalik bilan ruxsatsiz kirish taqiqlanadi.
Xodimlar hudud bo‘ylab harakatlanganda quyidagilarga majbur:
Betartib, sochilib yotgan yuklar, materiallar, uskunalarning ehtiyot qismlari bo‘ylab harakatlanmaslikka, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ hududida va unga tutash hududlarda, ishlab chiqarish binolari ichida faqatgina harakatlanish uchun mo‘ljallangan joylardan yurishga, Avtomobil yo‘llari bo‘ylab piyoda harakatlanganda (juda zarur hollarda) yo‘lning chap qismidan harakatlanayotgan avtotransportga qarama-qarshi yo‘lning chekka (obochina) qismidan yurishga, og‘ir yuk tashuvchi avtosamosval yaqinlashganda yo‘ldan kamida 5-metr masofada chetga chiqishga va avtosamosval o‘tib ketishini kutishga, shundan keyingina harakatni davom ettirishga;
Avtotransport vositalari va temir yo‘l transporti haydovchilari tomonidan beriladigan signallarga diqqatli bo‘lishga va ushbu signallar talablarini bajarishga;
Harakatlanayotgan yo‘lidagi to‘siqlardan (quvuro‘tkazgich, transheya, metallkonstruksiya, kotlovanlar va h.k.) faqatgina ko‘chmas o‘tish joylari, ko‘prikchalar orqali o‘tishga, harakatlanayotgan yo‘lida ko‘chmas o‘tish ko‘prikchalari bo‘lmaganda to‘siqni aylanib o‘tishga;
Kon uskunalari va yordamchi texnikalar yaqinida bo‘lganda ishlayotgan texnikaning ishchi organi (cho‘michi, kran strelasi, avtosamosval kuzovi)ning ishlash radiusidan yoki uning eng yaqin nuqtasidan kamida 5 metr uzoqlikda bo‘lishga;
O‘zi ishtirok etmayotgan ish bajarilayotgan ish joylarini xavfsiz masofadan aylanib o‘tishga.



  1. Download 117.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling