Dehqonobod kaliy zavodi


Klinik o‘lim paytida organizmni tiriltirish usullari


Download 117.28 Kb.
bet28/28
Sana18.11.2023
Hajmi117.28 Kb.
#1785937
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi-fayllar.org

3. Klinik o‘lim paytida organizmni tiriltirish usullari
Sun’iy nafas oldirish:
Shikastlanuvchi nafas olmagan yoki nafas olishi juda og‘ir bo‘lgan (gohi-gohida, titroqli, hiqillaganday), hamda kelib chiqish sabablari elektr toki urishi, zaharlanish, cho‘kish va boshqalari bo‘lishidan qat’iy nazar, uning nafas olishi doimo yomonlashgan hollarda sun’iy nafas oldirish amalga oshiriladi.
Sun’iy nafas oldirishning “og‘izdan-og‘izga” yoki “og‘izdan-burunga” usullari samaraliroq hisoblanib, bunda shikastlanuvchining o‘pkasiga yetarli hajmdagi havo borishi ta’minlanadi. Sun’iy nafas oldirishning “og‘izdan-og‘izga” yoki “og‘izdan-burunga” usullari puflash uslubiga mansub bo‘lib, bunda yordam ko‘rsatuvchining puflagan havosi zo‘rlik bilan shikastlanuvchining nafas yo‘liga boradi.
Havo puflashni doka, ro‘molcha, maxsus moslama- “havopuflagich” lar orqali amalga oshirish mumkin.
Sun’iy nafas oldirish uchun shikastlanuvchini orqasi bilan yerga yotqizib, nafas olishini qiyinlashtiruvchi kiyimlar tugmalarini yechish lozim.
Sun’iy nafas oldirishdan oldin birinchi navbatda yuqori nafas yo‘llarini havo o‘tkazuvchanligini yaxshilash zarur, chunki behush holda orqa bilan yotganda, har doim nafas olish yo‘llari tushib ketgan til bilan yopilgan bo‘ladi. Bundan tashqari og‘iz bo‘shlig‘ida turli hil yot narsa (qusiq massasi, siljib ketgan protezlar, qum, o‘t-o‘lan va sh.k.) lar bo‘ladi va bularni barmoqqa ro‘molcha (mato) yoki bint o‘rab chiqarib tashlash kerak. Shundan so‘ng yordam ko‘rsatuvchi shikastlanuvchi boshining yon tomoniga joylashib, bir qo‘lini shikastlanuvchining bo‘yni tagidan o‘tkazib, ikkinchi qo‘li kafti bilan peshonasidan, boshini orqaga to‘liq egib bosadi. Buning natijasida til ildizi ko‘tariladi va hiqqildoqqa kirish yo‘li xalos bo‘ladi, shikastlanuvchining og‘zi esa ochiladi.
Yordam ko‘rsatuvchi shikastlanuvchining yuzi tomon engashadi, og‘zini to‘liq ochib nafas yutadi, lablari bilan to‘liq va zichlab shikastlanuvchining ochiq og‘zini (og‘zi bilan) yopadi va bir vaqtda shikastlanuvchining burnini yonoqlari yoki barmoqlari bilan bekitib, ma’lum kuchlanish bilan uni og‘ziga havo yuborib, kuch bilan puflaydi. Shu bilan birga shikastlanuvchining ko‘tarilayotgan ko‘krak qafasini albatta kuzatish shart. Ko‘krak qafasi ko‘tarilishi bilanoq havo yuborilishi to‘xtatiladi, yordam ko‘rsatuvchi yuzini chekkaga buradi, shikastlanuvchida sust nafas chiqarish sodir bo‘ladi.
Agar shikastlanuvchida puls yaxshi aniqlansa va faqat sun’iy nafas oldirishni o‘tkazish zarur bo‘lsa, unda sun’iy nafas olishlar orasidagi interval 5 sekund (bir minutda 12 nafas sikli).
Sun’iy nafas oldirishning yaxshi samarali ko‘rsatgichlari ko‘krak qafasining kengayishidan tashqari, teri qoplamasi shilliq qavatlarini bir oz qizarishi hamda kasalning hushsizlikdan chiqishi va uning erkin nafas olishining paydo bo‘lishidir.
Sun’iy nafas oldirishda yordam ko‘rsatuvchi havoning shikastlanuvchi oshqozoniga tushmaganligini kuzatib borishi shart. Oshqozonga havo o‘tib ketsa, qorin “to‘sh suyagi osti” shishi guvohlik beradi, ehtiyotlik bilan ko‘krak qafasi va kindik oralig‘iga bosiladi. Shu vaqtda qusish paydo bo‘lishi mumkin, unda og‘iz va hiqildoqlarni tozalash uchun shikastlanuvchining boshi va yelkasini yon tomonga burish zarur. Agarda havo puflangandan keyin ham ko‘krak qafasi ko‘tarilmasa shikastlanuvchining pastgi jag‘ini oldinga qarab itarish kerak. Buning uchun ikkala qo‘lning to‘rtta barmoqlari bilan pastki jag‘ ikki cheti burchaklarining pastroq joylaridan tutib bosh barmoqlar bilan, og‘iz burchlari pastroq joylari tirab, shunday oldinga tortib harakatlantiriladiki, bunda pastki tishlar yuqori tishlarga nisbatan oldinda turadi.
Agarda shikastlanuvchining jag‘lari qattiq qisilgan va og‘zini ochishning iloji bo‘lmasa, “og‘izdan-burunga” sun’iy nafas oldirishni bajarish lozim.
Erkin nafas olish va pulslar mavjud bo‘lmaganda sun’iy nafas oldirishni o‘tirgan yoki tik holatlarda amalga oshirish ham mumkin, bunda iloji boricha shikastlanuvchining kallasini orqaroqqa egadilar yoki jag‘ini pastroqqa tushiradilar. Qolgan usullari odatdagidek. Yosh bolalarga havo bir vaqtda ham og‘ziga, ham burniga o‘z og‘zi bilan bola og‘zi va burni qoplanib, puflanadi. Bola qanchalik yosh bo‘lsa, havo shuncha kam miqdorda puflanishi kerak va shu bilan birga havo berish kattalarga nisbatan tez-tez amalga oshirilishi (minutda 15-18 martagacha) kerak.
Shuning uchun nafas berish to‘liqsiz va sekinroq bo‘lishi lozim toki shikastlanuvchining nafas olish yo‘llari zararlanmasin.
Shikastlanuvchida yetarlicha chuqur va ritmik o‘zi tomondan nafas olish tiklanganidan so‘ng sun’iy nafas oldirish to‘xtatiladi;
Na faqat nafas olishi, agar uyqu arteriyasida pulsi ham bo‘lmasa ketma-ket ikki marta sun’iy nafas oldiriladi va yurakning tashqi massajiga kirishiladi.
Yurakning tashqi massaji:
Elektr tokidan shikastlanganda na faqat nafas olishi balki qon aylanishi ham to‘xtaydi, chunki yurak qonning tomirlardagi harakatini ta’minlay olmay qoladi. Bunday hollarda sun’iy nafas oldirishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi, ya’ni kislorod o‘pkadan qon orqali boshqa a’zo va to‘qimalarga yetib bormaydi, bu vaqtda sun’iy yo‘l bilan aylanishini tiklash kerak.
Sun’iy nafas oldirish va yurak tashqi massajining birgalikdagi tadbirlar kompleksi reanimatsiya (hayot bag‘ishlash), tadbirlari esa reanimatsion tadbirlar deyiladi.
Yurak faoliyatining to‘xtashi reanimatsion tadbirlar o‘tkazish uchun ko‘rsatma bo‘lib, quyidagi belgilarning birligi unga xos bo‘ladi: teri qonlamasining oqarishi yoki ko‘karishi, hushini yo‘qotishi, uyqu arteriyalarida pulsni yo‘qligi, nafas olishning yo‘qolishi yoki seskanib noto‘g‘ri nafas chiqarish. Yurak to‘xtaganda vaqtni o‘tkazmasdan shikastlanuvchini tekis qattiq joy (asos) ga yotqizish, chorpoya (skameyka), pol, hech bo‘lmaganda orqa tagiga taxta quyish (bunda yelka yoki buyin ostiga yostiqchalar quyish mumkin emas) lozim.
Agar yordam ko‘rsatuvchi bir o‘zi bo‘lsa, u shikastlanuvchining yoniga joylashadi va engashib kuchli (“og‘izdan-og‘izga” yoki “og‘izdan burunga” usullar bilan) ketma-ket ikki marta puflaydi, keyin qaddini rostlab shikastlanuvchining o‘sha tomonida qolgan holda, bir qo‘lining kaftini ko‘krak qafasining pastki yarmi ( ko‘krak qafasi pastgi qirrasidan ikki barmoq yuqori) ga quyilib, barmoqlar qisman ko‘tariladi. Ikkinchi qo‘lining kaftini birinchi qo‘lining ustiga ko‘ndalang yoki bo‘ylama qilib, gavdasini rostlash yordamida bosadi. Qo‘llarni qo‘yish (tirash) da tirsak bo‘g‘inlari to‘g‘ri bo‘lishi lozim.
Bosishlarni tez harakatlar bilan, to‘sh suyagini 4-5 sm ga siljitib, bosish davomiyligini 0,5 sekunddan oshirmay, alohida bosishlar intervalini 0,5 sek qilib amalga oshiriladi. Pauza (qisqa to‘xtash) larda qo‘llar ko‘krak suyagidan olinmasdan , barmoqlar ko‘tarilgan , qo‘llar esa tirsak bo‘g‘inlaridan to‘g‘rilangan holda qoldiriladi.
Agarda tiriltirishni bitta odam bajarayotgan bo‘lsa, unda har ikki puflashdan so‘ng 15 marta to‘sh suyagi bosiladi. 1 minut davomida 60 marta bosish va 12 marta puflashni, ya’ni 72 manipulyatsiya (almashinish) ni bajarishi kerak, shu sababli reanimatsion tadbirlar tempi yuqori bo‘lishi shart.
Tajriba shuni ko‘rsatdiki, vaqtning ko‘pi sun’iy nafas oldirishda yo‘qotiladi: puflashni cho‘zmaslik, shikastlanuvchining ko‘krak qafasi kengayishi bilanoq puflashni to‘xtatish lozim.
Reanimatsiyada ikki kishi ishtirok etganda “ nafas- massaj” 1:5 nisbat-da bo‘ladi. Shikastlanuvchini sun’iy nafas olish uchun puflanganda, yurakni massaj qilayotgan kishi bosishni to‘xtatib turadi, chunki bosishdagi kuch puflagandagiga nisbatan ancha kuchli (puflash, vaqtidagi bosish sun’iy nafas oldirishni natijasini yo‘qqa chiqaradi).
Agarda reanimatsion tadbirlar to‘g‘ri o‘tkazilsa teri qoplamasi qizaradi, ko‘z qorachig‘i torayadi, mustaqil nafas olishi tiklanadi.
Massaj vaqtida uyqu arteriyasi pulsi, agar uni boshqa kishi aniqlayotgan bo‘lsa, yaxshi seziladi.
Yurak faoliyatining tiklanishi va tomirlar urishi pulsining yaxshilanishi bilanoq, yurak massaji to‘xtatiladi, shikastlanuvchining nafas olishi zaif bo‘lganda sun’iy nafas oldirish davom ettiriladi, bunda tabiiy va sun’iy pulslar mos bo‘lishiga harakat qilinadi.
Erkin nafas olish to‘laqonli tiklanganida sun’iy nafas oldirish to‘xtatiladi. Agar, yurak faoliyati yoki erkin nafas olish hali tiklanmagan bo‘lsa, unda ular faqat shikastlanuvchini tibbiy xodim qo‘liga topshirishi paytidagina to‘xtatiladi. Sun’iy nafas oldirish va yurakni yopiq massaj qilish samarasiz (teri qoplamasi ko‘kimtir- binafsha rangda, ko‘z qorachig‘i kengaygan, massaj paytida arteriyadagi pulslar sezilmaydigan) bo‘lsa, reanimatsiya 30 minutdan so‘ng to‘xtatiladi.
Kadr:_Sun’iy_nafas_berish,_yurakni_tashqi_massaj_qilish_jarayonlari._Xavfsizlik_talablarini_buzganda_xodimning_javobgarligi._So‘z'>Kadr:
Sun’iy nafas berish, yurakni tashqi massaj qilish jarayonlari.
Xavfsizlik talablarini buzganda xodimning javobgarligi.
So‘z:
Unutmang, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablarini buzganda xodim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Kadr:
“E’tiboringiz uchun rahmat!” sarlavhasi ostida videorolikka yakun yasaladi.


Izoh: Suratga olish ishlari jarayonida mazkur ssenariyga qo‘shimcha va tuzatishlar kiritilishi mumkin.
http://fayllar.org
Download 117.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling