Dehqonobod kaliy zavodi


Shamollatish tizimining maqsadi va tuzilishi


Download 117.28 Kb.
bet21/28
Sana18.11.2023
Hajmi117.28 Kb.
#1785937
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi-fayllar.org

Shamollatish tizimining maqsadi va tuzilishi;
Ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqaѐtgan har xil zararli moddalarni shamol yo‘nalishtirish vositasi bilan birgalikda chiqarib yuborishning imkoniyati bo‘lmasa, ѐki ajralib chiqaѐtgan moddalar texnologik jaraѐnning hamma uchastkalaridan ajralib chiqaѐtgan bo‘lsa,unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo‘llash imkoniyati yo‘qoladi. Ana unday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi.

Mehnat muhofazasi bo‘yicha yoritilishning roli;
Yorug‘lik insonning haѐt faoliyatida va mehnat faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko‘z orqali olinadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarini ratsional ѐritish sifatli mahsulot ishlabchiqarishni ta’minlash bilan birga ishlabchiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarning charchashdan saqlaydi va ish unumdorligini oshiradi.
Korxonalarini yoritish usullari
Tabiiy. Tabiiy quyosh yorug‘ligi yordamida yoritish (bunda quyosh tarqatayotgan nurdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta’sirida yorug‘lik tarqatayotgan osmonning diffuziya yorug‘ligidan foydalaniladi);
Sun’iy. Quyosh yordamida yoritishning iloji bo‘lmagan sanoat korxonalari xonalarini va quyosh botgandan keyin umuman sanoat korxonalarini elektr nurlari yordamida sun’iy yoritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Aralash. Tabiiy va su’niy yoritilganlikning bir vaktda bo‘lishi.


Shovqin va tebranishning zararli ta’sirini kamaytirish choralari;
Shovqin – odam organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va turli kasalliklarga sabab bo‘ladigan tovushlar. Odam organizmiga uzoq vaqt ta’sir etishi natijasida markaziy asab sistemasi, tomirlar tonusi, hazm yo‘llari a’zolari, endokrin sistemasi va h. k. ning faoliyati buzilishi, quloq og‘irligi, karlik paydo bo‘lishi mumkin. Shovqin ta’sirida harakatning aniq muvozanati buzilib, mehnat unumdorligi pasayadi. Ortiqcha Shovqin odamni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan kuchsizlantiradi. Inson uchun 20—30 desibel zararsiz hisoblanadi. Bu tabiiy holatdir. Umuman odamga 80 desibelli Shovqin ruxsat etiladi. Qiymati 130 desibelga teng Shovqin inson quloqlarida og‘riq paydo qiladi, 150 desibelga yetganda chidash qiyin bo‘ladi, 180 denibelda hatto metall chatnab ketadi.
Ishlab chiqarishda shovqinga qarshi kurash choralari: shovqinsiz texnologik jarayonlarni qo‘llash, yangi uskunalarni shovqin o‘lchovi nazoratidan o‘tkazish, korxona binosini tovushdan izolyatsiya qilish, tovush yutuvchi qurilish materiallari ishlatish va boshqalar. Shuningdek, sershovqin sex ishchilari yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanadi. Bunday ishchilar shifokor (terapevt, otolaringolog, nevropatolog) ko‘rigidan o‘tkazib turiladi va h. k.



Download 117.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling