Dehqonobod kaliy zavodi


Yong‘inlarning asosiy sabablari va ularning oldini olish choralari


Download 117.28 Kb.
bet24/28
Sana18.11.2023
Hajmi117.28 Kb.
#1785937
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi-fayllar.org

Yong‘inlarning asosiy sabablari va ularning oldini olish choralari;
Yong‘in bu – maxsus manbadan tashqarida bo‘ladigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan hamda korxona va tashkilotlarga, jamiyatga, qolaversa, insonga moddiy zarar keltiradigan yonish jarayonidir. Yong‘in kelib chiqishiga asosan quyidagi sabablarni ko‘rsatish mumkin: olovdan noto‘g‘ri foydalanish; elektr qurilmalarini noto‘g‘ri ulash va o‘rnatish; isitish pechlari va ularning tutun quvurlari (mo‘rilari)ni noto‘g‘ri o‘rnatish; xalq xo‘jaligi ob’ektlarini qurishda yong‘in xavfsizligi me’yorlari talablarining buzilishi; yong‘inga xavfli va oson alangalanuvchan moddalarni ishlatishda, ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi; bolalarning olov bilan o‘ynashi; momaqaldiroq razryadlari (chaqmoq va yashinlar) va hokazo.
Yong‘inning oldini olish va yong‘indan saqlash uchun yong‘inning ochiq alanga va uchqunlar, havo, buyumlarning yuqori harorati, zaharli yonish mahsullari, tutun, kislorodning kamayib ketishi, bino hamda inshootlarning qulashi, turli zararli va xavfli kabi omillarni odamlarga ta’sirining oldini olish choralarini ko‘rish kerak. Bu vazifalarni hal etish uchun yong‘in-portlash jihatidan xavfli modda hamda materiallar o‘rniga yonmaydigan va qiyin yonadigan material hamda moddalardan iloji boricha ko‘p foydalanish, yonuvchi muhitni izolyasiyalash, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, yong‘inning yonish manbaidan atrofga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘t o‘chirish vositalari, jamoa(kollektiv) hamda individual himoya vositalari, signalizasiya, yong‘in haqida xabar berish vositalaridan foydalanish, yong‘in chiqqanda odamlarni evakuasiya qilish tizimini to‘g‘ri tashkil qilish, ob’ektlarni yong‘indan qo‘riqlash zarur.


Korxonada yong‘in va avariya signallari tizimi va aloqa vositalari;
yong‘in signalizatsiyasi tizimi – yong‘inni aniqlash, yong‘in, tizimning ish rejimlari haqidagi va boshqa ma’lumotlar, signallarni shakllantirish, yig‘ish, qayta ishlash, ro‘yxatga olish va ularni belgilangan shaklda uzatish, shuningdek, yong‘inga qarshi himoya texnik vositalarni, texnologik, elektrotexnik va boshqa jihozlarni boshqarish maqsadida signallarni yetkazib berish uchun (zarur bo‘lganda) mo‘ljallangan o‘zaro aloqador bog‘liqlikda qo‘llaniladigan texnik vositalar majmui.



Download 117.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling