Dehqonobod kaliy zavodi


Download 117.28 Kb.
bet2/28
Sana18.11.2023
Hajmi117.28 Kb.
#1785937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi-fayllar.org

Konveyer liniyalari.
“Tepaqo‘ton” tog‘-kon majmuasidagi №2, 3 qiya stvollar orqali shaxta maydonidan qazib chiqarilgan ruda yer ustiga chiqariga mo‘ljallanganligi sababli 21 dona konveyerlardan iborat konveyer tizimi o‘rnatilgan. Ushbu konveyerlar KL-1200, KL-1000, KLK-1000 rusumiga kirib quyidagi asosiy qismlardan iborat:
  • Konveyer stavlari.


  • Ostki roliklar.


  • Ustki rolik tayanchlari.


  • Yon tayanch roliklari.


  • Ustki roliklar.


  • Lenta yurituvchi baraban


  • Xarakatlantiruvchi uzatma (reduktor)


  • Rostlovchi baraban


  • Harakatlantiruvchi elektrodvigatellar


  • Elektr energiyasi bilan ta’minlovchi va taqsimlovchi qurilmalar


  • Qurilmani xavfsiz ishlashini ta’minlovchi va nazorat qiluvchi priborlar


  • Boshqaruv punkti


  • Yong‘inga qarshi avtomatik qurilmalar


Aloqa vositalari va signal qurilmalari Tepaqo‘ton konidagi konveyerlar tizimi 2 qismga bo‘linadi.


  1. Kapital laxmlarda magistral konveyerlar tizimi


  2. Ishlab chiqarish ishlari olib borilayotgan panellardagi panel konveyerlar tizimi


Kapital laxmlardagi magistral konveyerlar tizimida xar 200 metrda va boshqa laxmlar bilan kesishgan joylarda konveyerlar ustidan o‘tish uchun metall zinapoyalar o‘rnatilgan. Xar bir konveyerda keyingi konveyerga rudani uzatish bunkerida changni ushlab qolish moslamasi o‘rnatilgan.


Kondagi barcha konveyerlar 2 xil usulda boshqariladi
- Distansiya (masofadan)
- Avtonom (remontniy)
Distansiyon boshqaruvni zaruriyligi quyidagilar bilan izohlanadi.
  • Kon dispetcheri tomonidan barcha konveyerlarni ish jarayonini muntazam kuzatib borilishini ta’minlash.


  • Xar bir xolati bo‘yicha aniq axborotni olish.


  • Ushbu axborotlar asosida qolgan konveyerlarni bir vaqtning o‘zida to‘xtatish yoki yurg‘izish.


  • Konveyerlarning samarali ishlashini ta’minlash.


Avtonom (remont) boshqaruvning zaruriyligi quyidagilar bilan izohlanadi:


  • Xar bir konveyer mashinisti tomonidan konveyerni avtonom xolda ishga tushirish va to‘xtatish imkoniyatining mavjudligi


  • Konveyerga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida mustaqil ravishda qurilma qismlarini sinab ko‘rish imkoniyatini beradi


  • Konveyer xududida texnologik tozalash ishlari bajarishda to‘plangan rudalarni konveyer lentalariga yuklash


  • Konveyerlarda kelib chiqgan texnik va texnologik nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish.


Konda distansiyon boshqaruv uchun Asuk Dip avtomatik apparatura sistemasi ishlatiladi.


Konveyerlarni boshqarish sxemasida quyidagi ximoyalar ko‘zda tutilgan:
  • Ishchi organda uzilish bo‘lganda konveyerni tezkor o‘chirish.


  • Kuchlanish yo‘qolganda nolovoy ximoya


  • Qisqa tutashuv ro‘y berganda liniyani avtomatik ajratish


  • Ogohlantiruvchi signal berilmasdan konveyerni ishga tushirilmasligi


  • Elektrodvigatelni berilgan vaqt oralig‘ida zaruriy aylanishi zaruriy aylana olmasa avtomatik o‘chishi


  • Ikki tomonlama telefon aloqasi


  • Xar-bir konveyerni ishga qo‘shish vaqtini nazorat qilish


  • Konveyer xolati to‘g‘risida distansiya orqali avtomatik signal berish





Download 117.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling