Dehqonobod kaliy zavodi


Download 117.28 Kb.
bet7/28
Sana18.11.2023
Hajmi117.28 Kb.
#1785937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi-fayllar.org

Mahsulotni qadoqlash. Sovutilgan mahsulot 8-lentali konveyer yordamida mahsulotni yuklash va qadoqlash bo‘linmasida uzatiladi. Iste’molchilarning talabidan kelib chiqib mahsulot 50 kg yoki 1 tonna hajmli qoplarga qadoqlanishi, bundan tashqari konteyner va vagonlarga to‘kma holda yuklab berilishi mumkin.
Kadr:
“Tepaqo‘ton” tog’-kon majmuasida kombaynlarda lahm kovlash, qazib olish, silvinit rudasini o‘ziyurar vagonlarda lentali konveyerlarga tashib keltirish, yer ustiga lentali konveyerlar orqali olib chiqish, yuklash va tashish jarayonlaridan, qayta ishlash majmuasida kaliy o‘g’itlar ishlab chiqarish sexida rudani qabul qilish va boyitish jarayonlaridan hamda boshqa tarkibiy bo‘linmlarning ish faoliyatidan lavhalar.
So‘z:
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ishlab chiqarishda quyidagi asosiy xavfli kimyoviy moddalar va birikmalar ishlatiladi:
  • Tabiiy gaz (metan);


  • Flokulyant (poliakrilamid);


  • Yig’uvchi (xlorid kislota, suyuq parafin, terpen moyi, birlamchi amin.);


  • Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari.




Tabiiy gaz – bu asosan (98%) metan (SN4) hamda 2% boshqa og‘ir uglevodorodlar (propan, butan, etan, geksan va boshqalar)dan iborat bo‘lgan gazdir.
Qayta ishlangungacha tabiiy gaz hidsiz, rangsiz va ta’msiz bo‘ladi. Gaz sizib chiqqanda uni hidini sezish uchun unga odorandlar qo‘shiladi. Odorant o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan etilmerkoptan (suyuqlikdir).
Tabiiy gaz odam organizmiga bo‘g‘uvchi gaz tarzida (havoda 10% dan ortiq konsentratsiyasi mavjud bo‘lganda, odamning bo‘g‘ilishga sabab bo‘ladi) ta’sir qiladi.
Tabiiy gaz – portlovchi va yonuvchi gazdir. Gazlarning havo bilan aralashmasi esa portlaydi.
Tabiiy gaz portlash chog‘ida 1 sm2 maydon hisobiga o‘rtacha 8 kg. kuch bilan zarba berishi mumkin. Tabiiy gazning yonishi natijasida hosil bo‘ladigan harorat esa 21000 C.
Metan bilan havo aralashmasi alangasining tarqalish tezligi 0,67 m/s.
Xavoga nisbatan zichligi – 0,55
Portlash oraligi (PDVK) – 5 – 15 % gacha
Ruxsat etilgan mikdori (PDK) – 300 mg/m3

Download 117.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling