Dehqonobod kaliy zavodi


Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ishlaganda


Download 117.28 Kb.
bet10/28
Sana18.11.2023
Hajmi117.28 Kb.
#1785937
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi-fayllar.org

Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ishlaganda:
Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ishlaganda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, shaxsiy himoya vositalari (maxsus ish kiyimi, qo‘lqop, himoya ko‘zoynogi va boshqalar) dan foydalanish shart. Ushbu mahsulotlarning nafas olish yo‘llariga va oshqazon-ichak traktiga tushishi ortiqcha hajmda teriga tushishining oldini olish kerak. Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan himoyalanmasdan ishlash natijasida o‘zida ozgina bo‘lsada lohaslik (kasallik) alomatlari sezilganda zudlik bilan sog‘liqni saqlash bo‘limiga murojaat qilish kerak.


Kaliy xlorid changi.
Changni filtrlovchi niqob nafas olish a’zolari, himoya ko‘zoynagi esa ko‘z uchun shaxsiy himoya vositasi hisoblanadi. Changni filtrlovchi yarim niqoblarni qo‘llash ishchilarning nafas olish a’zolarini ishonchli himoya qiladi. Mehnat sharoiti bo‘yicha qo‘shimcha imtiyoz beruvchi asosiy ishlab chiqarish zararli omili fosforit changi bo‘lgan sexlarda butun ish kuni davomida filtrlovchi yarim niqoblardan foydalanish barcha ishchilar uchun majburiy hisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarni parvarishlash, badanni sovun bilan tozalab yuvish qat’iy talablarda biridir.


  1. Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunchilikdagi asosiy talablar:

Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut (shunga teng bo‘lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Bunday ishlarning ro‘yxati, ularni berish normalari, ular bilan ta’minlash tartibi va shartlari jamoa shartnomalari hamda kelishuvlarida belgilanadi, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishuvga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.


Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Xodim quyidagi huquqlarga ega:
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning va normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga mos bo‘lgan ish o‘rniga ega bo‘lish;
ish beruvchidan mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli mavjudligi, shu munosabat bilan o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari va jamoaviy himoya vositalari haqida axborot olish;
mehnatni muhofaza qilishga oid belgilangan normalar va talablarga muvofiq ish beruvchining mablag‘lari hisobidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy ijtimoiy sug‘urta qilinish;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda, agar shunday holatlar mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan tasdiqlansa, ishlarni bajarishni bunday xavf bartaraf etilguniga qadar rad etish;
o‘z ish o‘rnidagi mehnat sharoitlari hamda muhofazasi mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organ tomonidan tekshirishdan o‘tkazilishi uchun so‘rovnoma berish;
ish beruvchining mablag‘lari hisobidan mehnatning xavfsiz uslublari va usullari bo‘yicha o‘qish;
qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni olish;
o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetishi munosabati bilan hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini ish beruvchidan undirish;
o‘z ish o‘rnida mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitlar ta’minlanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilayotganda va o‘zi bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yoki uning kasb kasalligi tekshirilayotganda shaxsan o‘zi ishtirok etish yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etish;
tibbiy tavsiyalarga muvofiq navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tish, ushbu tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlanishi;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida ish o‘rni tugatilgan taqdirda ish beruvchining mablag‘lari hisobidan qayta tayyorgarlikdan o‘tish.
Xodim qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Xodim:
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi;
shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llashi;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar olishi, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan va malaka oshirishdan o‘tishi;
odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diruvchi har qanday vaziyat to‘g‘risida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida ish beruvchini darhol xabardor qilishi shart.
Xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Download 117.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling