Dehqonobod kaliy zavodi


Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari


Download 117.28 Kb.
bet9/28
Sana18.11.2023
Hajmi117.28 Kb.
#1785937
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi-fayllar.org

Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari:
Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari – bu yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan va qismlarning bir-biriga ishqalanish ta’sirini kamaytirish maqsadida qo‘llalaniladigan mahsulotlarning umumiy nomi. Ularga quyidagilar kiradi:
Yoqilg‘ilar (benzin, dizel yoqilg‘isi, siqilgan tabiiy gaz);
Moylash mahsulotlari (motor, transmissiya va maxsus moylar);
Maxsus suyuqliklar (tormoz va sovutish suyuqliklari).
Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ishlaganda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, shaxsiy himoya vositalari (maxsus ish kiyimi, qo‘lqop, himoya ko‘zoynogi va boshqalar) dan foydalanish shart. Ushbu mahsulotlarning nafas olish yo‘llariga va oshqazon-ichak traktiga tushishi ortiqcha hajmda teriga tushishining oldini olish kerak. Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan himoyalanmasdan ishlash natijasida o‘zida ozgina bo‘lsada lohaslik (kasallik) alomatlari sezilganda zudlik bilan sog‘liqni saqlash bo‘limiga murojaat qilish kerak. Yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini tashishda va ulardan foydalanishda ularning inson salomatligiga va atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olish bo‘yicha qoidalar talablariga to‘la rioya etilishi shart. Yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini yerga va suv havzalariga to‘kish qattiyan man etiladi. Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan noto‘g‘ri muomala qilish yong‘inga, ayrim hollarda esa portlashga ham olib kelishi mumkin. Yoqilg‘i-moy mahsulotlari yonganda ularni kukunli yoki uglekislotali o‘t o‘chirgichlar yordamida yoki yonayotgan ularga Yoqilg‘i moylash mahsulotlarini issiqlik manbalaridan uzoqroqqa saqlanishi kerak. To‘kilgan yoqilg‘i-moylash mahsulotlari ustiga tuproq yoki yoqoch qippig‘i sepilib yig‘ishtirib olinib, yig‘ishtirilgan chiqindi maxsus yonmaydigan materiallarlardan tayyorlangan qutilarga to‘plab, keyinchalik maxsus ajratilgan joyga tashlanishi kerak.
Kadr:
Dehqonobod kaliy zavodi” AJ hududida quyidagi holatlarda harakatlanish yoki faoliyatni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi:

      • Ish kuni (smena) davomida uzrli sabablarsiz, uzluksiz yoki qo‘shib hisoblaganda uch soatdan ortiq vaqt mobaynida ishda bo‘lmaslik;


      • Alkogol, narkotik va toksik moddalar ta’sirida, guvohlar ko‘rsatmalari yoki tibbiy xulosa va boshqa dalillar bilan tasdiqlangan mastlik darajasida ishga kelish;


      • Ish vaqtida ruxsat etilmagan ommaviy yig‘ilish, majlis, ko‘cha yurishlari va namoyishlarda qatnashish.


      • Xodim tomonidan ish vaqtida va ishdan tashqari vaqtda korxona mulkini, shu jumladan YMM barcha turlarini (dizel yoqilg‘isi, benzin, moylash materiallari, gazning barcha turlari va h.k.) talon-taroj qilish (jumladan, kam miqdordagisi ham) yoki talon-taroj qilishga urinishni amalga oshirish. Hujjatlarni tegishli tartibda rasmiylashtirmasdan korxona hududidan tovar-moddiy boyliklarining olib chiqib ketilishi yoki olib chiqib ketishga harakat qilish.


      • Hujjatlarni tegishli tartibda rasmiylashtirmasdan korxona hududidan tovar-moddiy boyliklarning olib chiqib ketilishi yoki olib chiqib ketishga harakat qilish.


      • Korxona hududida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish.


      • Xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzish tufayli xodim boshqa xodimning o‘limiga yoki sog‘ligiga zarar yetishiga sabab bo‘lsa.


      • Xodimning aybi bilan texnologik yoki moliyaviy intizom buzilib, yaroqsiz mahsulot chiqarilsa, moliyaviy xatoliklar yuz bersa, uskunalar to‘xtab qolsa, ishdan chiqsa.


      • Kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, o‘z boshimchalik bilan shaxsiy maqsadlarda korxonada buyum yoki ehtiyot qismlarni yasash va ularni ta’mirlash.


      • Tibbiy xodim tomonidan o‘z kasbiy vazifalarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik natijasida bemorga nisbatan sovuqqon yoki noinsof munosabatda bo‘lish oqibatida bemorning sog‘ligiga shikast yetkazilgan yoki o‘limiga olib kelgan holda.


      • Obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ qo‘riqlash xizmati to‘g‘risidagi Nizom” bilan belgilangan xizmatini o‘tash talablarining qo‘pol ravishda buzilishlari, xizmat tekshiruvi dalolatnomasi bilan tasdiqlanganda.


Jumladan:


- postda uxlab qolish;
- postni o‘zboshimcha tark etish;
- shaxslarni, ularning qo‘l yuklarining (kirish hujjatlarining, xaltalarning, sumkalarning) va NO‘J orqali o‘tkazishda avtotransport vositalarining tekshirib ko‘rilishini post nazoratchisi tomonidan amalga oshirmaslik bilan bog‘liq o‘tkazish tartibi talablarining buzilishi.
      • Ijro intizomini buzish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari va farmoyishlarida, yuqori organlar va ish beruvchining qarorlarida belgilang vazifalarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarmaslik.


      • Transport vositasini boshqarayotgan ishchi-xodimlar tomonidan transport vositasining spidometri, tezlikni o‘lchash uskunasi, yoqilg‘i baki va yoqilg‘i baklardagi (yoqilg‘i uskunasidagi) moslamalarini plombalarining yaxlitligini buzish.


      • Ishchi-xodimlar tomonidan begona shaxslar va transport vositalarining "DKZ" AJ obektlari hududiga ruxsat berilmagan holda kirishi, shuningdek, ularning mazkur obektlar hududidan (transportda) chiqishi uchun qasddan sharoitlar yaratish.


      • Rahbariyatning yozma ruxsatisiz transport vositalariga va kompressor qurilmalariga, burg‘ilash qurilmalariga, payvandlash agregatlariga, dizelli elektrostansiyalarga konstruksiyada ko‘zda tutilmagan YoMMni (GSM) saqlash uchun qo‘shimcha yoqilg‘i baklari va sig‘imlarini o‘rnatish, shuningdek, yoqilg‘i bakida yoqilg‘ining haqiqatda mavjudligini tekshirish komissiya dalolatnomasi bilan tasdiqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) yoqilg‘ining transport vositasi yoqilg‘i bakida bo‘lishi.


      • Korxonaning tovar-moddiy boyliklarini, shu jumladan yonilg‘i-moylash mahsulotlari (dizel yoqilg‘isi, benzin, moylash mahsulotlari) va sovutuvchi suyuqliklarining barcha turlarini olish, qabul qilish, saqlash, chiqarish (uzatish) va tashishning o‘rnatilgan tartibini buzish, shuningdek, korxonaning yuqorida sanab o‘tilgan mulklarini yashirish.


      • Yo‘l varaqalarini to‘ldirish uchun mas’ul haydovchilar (mashinistlar) va ishchi-xodimlar tomonidan yoqilg‘ini asossiz hisobdan chiqarish maqsadida yo‘l (marshrut) varag‘iga yolg‘on ma’lumotlarni kiritish.


      • Ish joyida mehnat majburiyatlarini bajarish jarayonida ish vaqtida uxlash.


      • Ishchining reja-topshiriq olishdan, o‘z lavozimi yoki ish majburiyatlarini bajarishdan obektiv sabablar bo‘lmay turib bosh tortishi.


Ushbu holatlar kuzatilganda ish beruvchi tomonidan xodimga intizomiy choralar qo‘llash yoki ishdan bo‘shatish chorasini qo‘llanadi.



Download 117.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling