Dehqonobod kaliy zavodi


Gazdan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish


Download 117.28 Kb.
bet8/28
Sana18.11.2023
Hajmi117.28 Kb.
#1785937
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi-fayllar.org

Gazdan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish.
Barcha holatdagi og‘ir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:
A) Jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak;
B) Jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlarini ko‘tarilgan holatda yotqizish;
C) Nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yig‘ishtirish (tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish va boshqalar);
D) Jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi;
E) Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan xonada sun’iy nafas oldirishni boshlash lozim;
F) Nashatir spirtini hidlatish;
G) Hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish;
H) Jabrlanuvchining holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy yoki qahva ichirish;
I) Kislorod yostig‘i yordamida kislorod berish.
Flokulyant – shlamsizlantirish natijasida hosil bo‘lgan shlamdan loyqani cho‘ktirib tuzli suvni ajratib olishda foydalaniladigan reagent sifatida poliakrilamidning suvli eritmasi ishlatiladi. Ushbu poliakrilamid oq yoki sarg‘ish rangli granullangan poroshok.
Xavfsizlik talablari:
Flokulyantning suvli eritmasi va nam muhitda flokulyant o‘ta sirpanchiq bo‘lib yiqilib tushishga sabab bo‘lishi mumkin. Flakulyat eritmasini va quruq flokulyantni yo‘laklarga to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Quruq flokulyant bilan ishlaganda chang hosil bo‘lishiga, uni ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Teri bilan uzoq vaqt davomida aloqada bo‘lishidan qochish kerak. Teriga tushganda uni suv bilan yaxshilab yuvib tashlash kerak.
Yig’uvchi – Silvinit rudasi tarkidagi kaliy xloridni flotatsiya jarayonida ajratib olishda reagent sifatida ishlatiladi. Yig’uvchi tarkibida xlorid kislotasi, suyuq parafin, terpen moyi va birlamchi aminlar mavjud.
Xavfsizlik talablari:
Yig’uvchi reagentini tayyorlashda ishchilar maxsus kiyim, rezina fartuk, rezina qo’lqop, gaz niqobi va rezina etikdan foydalanishlari shart. Xlorid kislotasini teriga to’kilishiga, gaz niqobidan foydalanmasdan kislota bilan ishlashga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Download 117.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling