Dehqonobod kaliy zavodi


Baxtsiz hodisalar va ishdagi kasbiy kasalliklarning asosiy sabablari


Download 117.28 Kb.
bet16/28
Sana18.11.2023
Hajmi117.28 Kb.
#1785937
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi-fayllar.org

Baxtsiz hodisalar va ishdagi kasbiy kasalliklarning asosiy sabablari.
Har kuni dunyo bo‘yicha o‘rtacha 5 ming kishi ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa va kasalliklardan o‘lmoqda, bu bir yilda 2 dan 2.3 mln. tashkil etadi, bulardan 350 mingtasi ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va 1.7-2 milliontasi ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasalliklar bilan sodir bo‘lmoqda. Ammo bu raqamlar ko‘pgina ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz xodisalar va kasalliklar o‘z ichiga olmagan, buning sabablari iqtisodiyotning real sektoridagina sodir bo‘lgan baxtsiz xodisalargina xisobga olinadi, ba’zi kasalliklar yosh o‘tgandan so‘ng, ishchi nafaqaga chiqqandan keyin (yurak, qon tomir va rak kasalliklari) rivojlanadi va bular hisobga kiritilmagan.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari:


  • Ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha ishlarning qoniqarsiz tashkil etilishi;


  • Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajaruvchi ishchilarning malakasi, bilimi va kasbiy ko‘nikmalarining yetishmasligi;


  • Texnologik, ishlab chiqarish va ijro intizomining sustligi va ularga rioya qilmaslik;


  • Haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi;


  • Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini to‘g‘ri va xavfsiz ekspluatatsiya qilishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan rahbar va mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarish nazoratining lozim darajada tashkil etilmaganligi va amalga oshirilmaganligi;


  • Yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaslik;


  • Xodimlarning ishni xavfli usullardan foydalanib bajarishi;


  • Ishchilarni mutaxassisligi bo‘lmagan ishlarda ishlatish va boshqalar.




Avariyalarning oldini olish usullari va vositalari, kollektiv himoya vositalari, plakatlar, xavfsizlik belgilari, xavfsizlik, himoya va signalizatsiya vositalari.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya – inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.

Xavfli ishlab chiqarish ob’ektining xodimlari:


xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya yoki noxush hodisa haqida tegishli shaxslarni darhol xabardor qilishlari;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, ishlarni belgilangan tartibda to‘xtatib turishlari;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda belgilangan tartibda ishtirok etishlari shart.
Har bir xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida avariyalarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish rejalari ishlab chiqilgan bo‘lib bu rejalarda ushbu ob’ektda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar, ularni oqibatlarini bartaraf etish tartibi, ulardan himoyalanish, zaruriy himoya va texnika vositalari ko‘rib chiqilgan.



Download 117.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling