Dekabr oy mavzusi: qishjon- qish kirish
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Декабр 1-ҳафта ривожлантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAN’AT MARKAZI 1.6
SAN’AT MARKAZI
1.5 «O‘ZBEKISTON BAYROG‘I» APPLIKATSIYASI Maqsad: «O‘zbekiston bayrog‘i» mavzusida applikatsiyani rejalashtirish va amalga oshirish. Vazifa: 1. Mamlakat bayrog‘i haqidagi bilimlarni mustahkamlash; 2. kerakli materialni rejalashtirish va tanlashni o‘rganish; 3. ishda ijodiy yondashuvni rivojlantirish. Uskunalar va materiallar: Rangli qog‘oz, bayroq ranglari bo‘yicha rangli matolar, yelim, qaychi, salfetkalar, qog‘oz. Faoliyat jarayoni: 1. O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘rib chiqish (ish stoli varianti). 2. Ishni bajarish uchun bolalar tomonidan materialni tanlash; 3. Bolalarning ijodiy faoliyati. Qo‘shimcha ravishda: Tarbiyachi bolalarga Vatan haqida she’r aytib berishni, bayroq haqida ma’lumot almashishni taklif qilishi mumkin. E’tibor qaratish: Ehtiyotkorlik bilan ishlash, boshqalarga yordam berish. SAN’AT MARKAZI 1.6 «NEGA MEN QISHNI YAXSHI KO‘RAMAN» MAVZUSIDA RASM CHIZISH Maqsad: O‘z rejasiga muvofiq ishni rejalashtiradi va amalga oshiradi. Vazifa: 1. Mustaqil ijodiy rasm chizishga qiziqishni shakllantirish; 2. bo‘yoqlar bilan chizish mahoratini mustahkamlash; 3. tasavvurning rivojlanishiga yordam berish. Uskunalar va materiallar: Qog‘oz, akvarel bo‘yoqlari, rangli qalamlar, cho‘tkalar, qish haqidagi rasmlar (manzaralar, o‘yin-kulgi, bayramlar). Faoliyat jarayoni: 1. Qish haqidagi rasmlarni tomosha qilish; 2. Bolalar tomonidan ular chizgan surat g‘oyasini va lavhasini aniqlash («Nega men qishni yaxshi ko‘raman» savoliga javob berish); 3. Bolalarning ijodiy ishlari. Qo‘shimcha ravishda: Tarbiyachi bolalarni o‘z rasmlari yordamida tabiat burchagini bezashga taklif qilishi mumkin. E’tibor qaratish: Bolalarning ishonchini, tashabbuskorligini va ijodiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling