Dekabr oy mavzusi: qishjon- qish kirish


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana20.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1040018
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Декабр 1-ҳафта ривожлантириш

DEKABR
DEKABR
Oy mavzusi: 
QISHJON-QISH
1-hafta: 
QISHJON-QISH. 
KONSTITUTSIYA KUNI


QURILISH, KONSTRUKTORLASH 
VA MATEMATIKA MARKAZI
1.1
PREDMETLARNI HISOBLASH. GEOMETRIK 
SHAKLLARDAN RASMNI TASHKIL QILISH
Maqsad: 
Geometrik shakllardan rasmlarni rejalashtirish va tuzish
Vazifa: 
1. 
20 soni doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanashni yaxshilash;
2. 
10 soni doirasida teskari sanashni mustahkamlash;
3. 
miqdorni son bilan bog‘lash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
4. 
geometrik shakllardan rasmlar tuzishni shakllantirish.
Uskunalar va materiallar: 
Hisoblash materiali (kichik o‘yinchoqlar), 20 sonigacha bo‘lgan kartalar, katta, 
kichik va o‘rta geometrik shakllar to‘plami, tayyor rasmlarning namunaviy kartalari.
Faoliyat jarayoni: 
1. 
Kartalar yordamida 20gacha sanash;
2. 
Kartalar yordamida 10gacha teskari sanash;
3. 
20 sonigacha yozilgan kartalarni o‘sish tartibida joylashtirish;
4. 
Raqamli kartalarga kerakli miqdordagi o‘yinchoqlarni qo‘yish;
5. 
Konstruktorlash uchun namuna kartasini tanlash;
6. 
Kerakli geometrik shakllarni tanlash va ishlarni bajarish
Qo‘shimcha ravishda: 
O‘z rejasiga muvofiq rasmni tuzishni taklif qilish.
E’tibor qaratish: 
1. 
Tartib va miqdor raqamlaridan to‘g‘ri foydalanish.
2. 
O‘zini o‘rab turgan hayotda uchraydigan son va raqamlar ma’nosini tushunish


QURILISH, KONSTRUKTORLASH 
VA MATEMATIKA MARKAZI
1.2
BAYRAMLI UY
Maqsad: 
Bayramona uyni rejalashtirish va konstruktorlash.
Vazifa: 
1. 
Shakl va o‘lchami bo‘yicha shakllarni ajrata olish qobiliyatini rivojlantirish;
2. 
qurilishda geometrik shakllardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
3. 
ishni bajarishda ijodkorlik va estetik didni rivojlantirish.
Uskunalar va materiallar: 
Qurilish to‘plami, lego, tematik rasmlar, bayramli uyni yaratish uchun atributlar.
Faoliyat jarayoni: 
1. 
Mavzu bo‘yicha rasmlarni ko‘rib chiqish;
2. 
Kerakli materiallarni rejalashtirish va tanlash;
3. 
Uyni konstruktorlash;
4. 
Bayramona muhitni yaratish uchun uyni bezash.
Qo‘shimcha ravishda: 
Tarbiyachi bolalarga uyni yoki guruhni bezash uchun gul marjonlar va aksessuarlar 
yasashni taklif qilishi mumkin. 
E’tibor qaratish: 
1. 
Umumiy natijalar va boshqa bolalarning muvaffaqiyatiga xursandchilikni namoyon 
etish.
2. 
Aql, tasavvur va fantaziyani rivojlantirish.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling