Dekabr oy mavzusi: qishjon- qish kirish
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Декабр 1-ҳафта ривожлантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIL VA NUTQ MARKAZI 1.8
SAN’AT MARKAZI
1.7 YASASH «QISHDA BIZ SAYR QILAMIZ» Maqsad: Har xil materiallardan predmetlar va odamlarning haykalchalarini yasash. Vazifa: 1. Plastilin bilan ishlash ko‘nikmalarini yaxshilash (loy, xamir va boshqalar); 2. ijodiy fikrlashni rivojlantirishga ko‘maklashish; 3. jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirish. Uskunalar va materiallar: Plastilin, salfetkalar, yog‘och qalam, doskalar, bo‘sh «Qishki maydoncha» maydoni. Faoliyat jarayoni: 1. «Qishki maydoncha»ga lavhani o‘ylab topish; 2. Ishni bajarish uchun materialni tanlash va tayyorlash; 3. Bolalarning tayyorlash faoliyati; 4. «Qishki maydoncha»ga tayyor figuralarni o‘rnatish. Qo‘shimcha ravishda: Tarbiyacha bolalarga maydonchaga qo‘shimcha ravishda archa daraxtlari va skameykalarni o‘rnatishni taklif qiladi. E’tibor qaratish: Ijodkorlik qobiliyati hamda qo‘llarning mayda motorikasini rivojlantirish. TIL VA NUTQ MARKAZI 1.8 «QISH HAQIDA RASMNI YIG‘ING» DIDAKTIK O‘YINI (JUMBOQLAR) Maqsad: Jumboqni yig‘ib, ular haqida kichik hikoyalar tuzish. Vazifa: 1. Jumlalarni tashkil qilishda sifatlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish; 2. nutq va majoziy fikrlashni rivojlantirishga yordam berish; 3. rasmlar asosida qisqa hikoya tuzish ko‘nikmalarini mustahkamlash; 4. butun rasmni qismlardan yig‘ish qobiliyatini rivojlantirish (jumboqlar). Uskunalar va materiallar: Qish haqida jumboqlar-rasmlar (o‘qituvchi rasmni qismlarga ajratish orqali mustaqil tayyorlashi mumkin). Faoliyat jarayoni: 1. Qishni sifatlar bilan qisqa jumlalarda tavsiflash; 2. Jumboqni tanlash; 3. Jumboqni yig‘ish; 4. Yig‘ilgan rasm asosida qisqa hikoyani tuzish. Qo‘shimcha ravishda: Tarbiyachi bolalarga qish haqidagi she’rlar va ertaklarni, qishda hovlida, ko‘chada o‘z kuzatganlarini eslashni taklif qilishi mumkin. E’tibor qaratish: Rasm asosida jumlalarni tashkil qilish va qisqa hikoyalar tuzish qobiliyati. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling