Dekabr oy mavzusi: qishjon- qish kirish
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Декабр 1-ҳафта ривожлантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIL VA NUTQ MARKAZI 1.4
LAVHA-ROLLI O‘YINLAR
VA SAHNALASHTIRISH MARKAZI 1.3 «QOR PARCHASI» ERTAGINI SAHNALASHTIRISH O‘YINI Q‘qituvchi mahalliy mualliflarning har qanday bolalar adabiyoti asarlaridan foydalanishi mumkin. Maqsad: Badiiy ijodga qiziqishni namoyon etish va sahnalashtirishda ishtirok etish, “Qor par- chasi” ertagidan do‘stlariga tegishli rol so‘zlarini mustaqil ravishda aytib bera olish. Vazifa: 1. Ertakni qayta hikoya qilish qobiliyatini mustahkamlash; 2. boshqa bolalar bilan sahnalashtirishda ishtirok etish; 3. qahramonlarning hissiy kayfiyatini yetkazish qobiliyatini shakllantirish; 4. nutqni rivojlantirish ko‘nikmalarini mustahkamlash. Uskunalar va materiallar: «Qor parchasi» ertagi, ertak qahramonlarining kostyumlari, ertak uchun atributlar. Faoliyat jarayoni: 1. «Qor parchasi» ertagi mazmunini qayta aytib berish; 2. Ertak lavhasini aniqlash; 3. Rollarni taqsimlash va kerakli atributlarni tanlash; 4. Ertakni sahnalashtirish. Qo‘shimcha ravishda: Tarbiyachi bolalarga «Qor parchasi» badiiy filmidan parchani tomosha qilishni taklif qilishi mumkin. E’tibor qaratish: 1. Tengdoshlar bilan muloqot qilish, o‘z harakatlarini boshqa bolalarning harakatlari bilan muvofiqlashtirish. 2. Bolalarda badiiy adabiyotga qiziqishni uyg‘otish, ertak qahramonlarini, ularning hatti-harakatlari orqali baholash qobiliyatini shakllantirish. TIL VA NUTQ MARKAZI 1.4 «QISH» MAVZUSIDA TAVSIFLOVCHI HIKOYA Maqsad: Mavzu bo‘yicha tavsiflovchi hikoya tuzish. Vazifa: 1. Qish va qishki o‘yinlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash; 2. so‘z boyligini oshirishga yordam berish; 3. so‘zlarni gapda uyg‘unlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish. Uskunalar va materiallar: «Qish» tasviri, qishki o‘yin-kulgi haqida o‘yinlar, qishki ertaklar haqida kitoblar. Faoliyat jarayoni: 1. «Qish» tasvirini tomosha qilish; 2. Tasvir lahvasi tavsifi (kerakli hollarda o‘qituvchi yordamchi savollar berishi mumkin); 3. «Qishki o‘yin-kulgi» kartalari asosida qisqa hikoyalar tuzish. Qo‘shimcha ravishda: Qish haqidagi san’at asarlarini, shu jumladan xalq yozuvchilarini yodga olish. E’tibor qaratish: Tasvirlar va kitoblar asosida mustaqil ravishda tavsiflovchi hikoyani tuzish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling