Delikvent (qonunga zid, antiijtimoiy) axloqi
O‘zini o‘zi barbod qilayotgan shaxs axloqining psixologik tahlili
Download 22.31 Kb.
|
1 2
Bog'liqXulq atvor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zini o‘zi barbod qilayotgan shaxs axloqining psixologik tahlili Subyektning ruhan o‘zini o‘zi yemiruvchi axloqini tushunish uchun uning dunyoga nisbatan bo‘lgan ratsional va irratsional munosabatlari xususiyatini hisobga olish zarur. Inson o‘z axloqini mavjud hayotda rejalashtira va bashorat qila turib, ongsiz ravishda o‘zini maqsadga erishish yo‘lida kutib turgan taxminiy energetik sarflariga umid qiladi. Maqsadiga erishish jarayonida inson ish bajarish uchun zarur bo‘lgan energiya miqdorini chiqarishga qodir narkotiklar qabul qilish vaqtidagi eyforiya (ko‘tarinki kayfiyat) holatini ta’riflashda uni shahvoniy tabiatga kiritadilar va libidonoz faoliyatining buzilishi ko‘rinishidagi o‘ziga xos farmakogenli orgazm sifatida baholaydilar. Demak, jinsiy munosabatlardan olinadigan lazzat farmakogen tabiatga ega bo‘lgan lazzat ta’siri bilan almashtiriladi. Sevgi obyektlariga boshqa zaruriyat bo‘lmaydi va giyohvand mazkur holatda o‘zining benuqson ekanligini his qiladi, zero u bilan boshqa hech narsa sodir bo‘lmaydi. Lekin keyin farmakotimik krizis boshlanadi, undan chiqib ketishning esa uchta yo‘li mavjud: 1) suitsid, bunda bemor uning quvonchi abadiy bo‘ladi deb hisoblaydi; 2) vaqtinchalik remissiyaga qochish; 3) psixoz – ruhiy kasallikning boshlanishi. 4. Tizimli-yo‘naltirilgan nazariyalar. Giyohvandilik bu yerda oilaviy yoki boshqa munosabatlar tizimida patologik (nuqsonli) muvozanat natijasi kabi ko‘rib chiqiladi. Shaxsiy munosabatlarda 72 giyohvand hamkoriga undan kuchliroq bo‘lish imkoniyatini beradi. O‘smir giyohvandlar uchun «uydan uzilish» muammosi xosdir. Bu yerda giyohvandlik soxta mustaqillik va soxta individuallashuvni qo‘lga kiritish uchun xizmat qiladi. Bu ota-onalarning o‘ta qat’iy g‘amxo‘r yoki aksincha, ularning to‘liq befarq bo‘lgan holatlarida sodir bo‘ladi. Shunday qilib, ota-onalar tomonidan erta jarohatlanish bolani «salbiy bog‘lanishi», «xo‘rlanish vahimasi"ga olib keladi. Hatto u ulg‘ayganda ham, ota-onalari uning uchun avvalgidek ularga tobe bo‘lgan va ulardan uzila olmaydigan o‘ta ahamiyatli shaxslar bo‘lib qoladi, yoxud o‘zini inkor qilishgacha bo‘lgan salbiy e’tibor va baholash obyekti hisoblanadi. 5. Ijtimoiy nazariyalar. Mazkar nazariyalar narkotiklarni suiiste’mol qilishni jamiyatning disfunksiyalanishi natijasi deb hisoblashadi. Mualliflarning fikricha, odamlar jamiyatdagi bosimdan qochish yoki ularning me’yorlariga qarshi norozilik belgisi sifatida narkotik iste’mol qiladilar. Ushbu nazariya ayrim tarafdorlarining ta’kidlashicha, birorta ham giyohvandni davolash ta’siri ostiga tushirib bo‘lmaydi, chunki u jamiyatni disfunksiyalovchi giyohvandlikning haqiqiy sababiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ularning ta’kidlashicha, davolash faqatgina o‘z mohiyatiga ko‘ra na kasal, na anomal bo‘lgan odamlarni sharmanda qilishi mumkin. Bu nuqtai nazarni aksariyat amerikaliklar – harbiy harakatlar vaqtida geroin iste’mol qilishga qiziqib qolgan Vyetnam urushi faxriylarining normal hayotga qaytishlari bilan hech qanday muammosiz uni iste’mol qilishdan voz kecha olganliklari holati bilan tasdiqlanadi. Zamonaviy psixologiya narkotiklar iste’mol qilishning bir nechta sababiy darajalarini ajratadi. Birinchi daraja – ongsiz bo‘lib, tug‘ilish vaqtidagi shikastlanishga aloqador bo‘ladi. Tug‘ilish vaqtidagi jarohat ruhiyatdagi salbiy jarayonlarning aksariyati uchun asos bo‘ladi, chunki oddiy ongli harakatlar yo‘li bilan ulardan qutulish imkoni bo‘lmagani sababli, bu salbiy hissiyotli zaradni inson o‘z ichida olib yuradi. Bu darajada shaxsning boshlang‘ich tuzilishi va narkotiklar hamda stimulyatorlarni iste’mol qilishning asosiy qo‘zg‘atuvchi sabablari hosil bo‘ladi. Ikkinchi daraja - intuitiv, tana xotirasiga asoslanadi. Bizning barcha salbiy hissiyotlarimiz tanamizda bukuvchi mushaklar va rostlovchi mushaklar o‘rtasidagi harakatga turtki beruvchi mushaklar va uni ushlab turuvchi mushaklar o‘rtasidagi kuchlanish ko‘rinishida 73 aks etadi. Bu kuchlanishni iroda kuchi yoki biron-bir shunga o‘xshash kuch bilan yumshatish mumkin emas. Shu vaqtning o‘zida, narkotiklar va stimulyatorlar, tanaga ta’sir ko‘rsatgan va ong holatini o‘zgartirgan
Foydalanilgan adabiyotlar Амбрумова А.Г., Пустовалова Л.И. Семейная диагностика в суицидологической практике. – М., 1983. Эйдемиллер Э.Г., Юстицкис В. Психология и психотерапия семьи. – СПб., 1999. Энциклопедия глубинной психологии / Под ред. А. М. Боковикова. – М., 2001. Игумнов С.А. Клиническая психотерапия детей и подростков: Справ, пособие. – Минск, 1999. Комилова Н.Ғ. Хулқи оғишган болалар психологияси: Услубий қўлланма. – Т., 2008 Кинг М., Коэн У., Цитренбаум Ч. Гипнотерапия вредных привычек. – М., 1998. Кулаков С.А. Диагностика и психотерапия аддиктивного поведения у подростков: Учеб.-метод. пособие. – М., 1998. Download 22.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling