Demografiya va aholi statistikasi
Demografik koeffitsientlarni
Download 46.67 Kb.
|
1- мавзу. Aholi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modellashtirish usullari
Demografik koeffitsientlarni standartlashtirish usullari demografik koeffitsientlarni u yoki bu demografik jarayonga ta’sirini qiyoslash, uning holati haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Shuning uchun umumiy koeffitsientlar standartlashtirgandan so‘nggina qiyoslanadi. Bunda jarayonning jadalligi va solishtirilayotgan demografik jamlanma standart deb hisobga olinadi, qolganlari uchun esa har birining standartga nisbatan o‘ziga xos indeksi hisoblab chiqiladi. Ushbu indeksni standart ko‘rsatkichlariga ko‘paytirish orqali solishtirilayotgan demografik jamlanmalar uchun standartlashtirilgan demografik koeffitsientlar hisoblab chiqiladi.
Modellashtirish usullari aholining takror barpo bo‘lish jarayonlarini tahlil qilish va prognozlashtirishda keng qo‘llaniladi. Ular aholining umumiy o‘zgarishini yoki uning rivojlanish komponentlarining o‘zgarishini tavsiflab beradi. Aholi stasistikasida statsionar aholi modellari ham keng yoyilgan usullardan hisoblanadi, shuningdek, demografik jadvallar ko‘rinishidagi gipotetik avlod uchun demografik jarayonlarning sonli modellari, stoxastik (ehtimoliy) modellar ham keng qo‘llaniladi. Demografik bilimlar rivojlanishining hozirgi zamon bosqichi unda matematik modellashtirish usullari va uslubiyotining tez rivojlanishi bilan tavsiflanadi, jumladan, ijtimoiy boshqarish amaliyotida ushbu bilimlardan foydalanish imkoniyatlari rivojlanib bormoqda. Ushbu usullarning barcha ma’lum bir demografik hodisalarning umumiylaridagi ta’siriga asoslanadi. Shuning uchun demografiya uslubiyotida demografik hodisalarning miqdoriy o‘lchovlariga nisbatan tahlil va o‘rganish usullari, stastik va matematik usullar muhim ahamiyat kasb etadi. Aholining yosh-jins tarkibini yaqqol namoyon etish uchun yosh-jins piramidasi qo‘llaniladi. Uni tuzish uchun vertikal o‘qda yosh, chapda erkak aholi yoshlari bo‘yicha taqsimlanadi, o‘ngda esa ayol aholi taqsimlanadi (bir xil miqyoslarda). O‘lchov birligi sifatida besh yil olinadi. Demografik holatlar va jarayonlarni hududlar bo‘yicha qiyoslash Download 46.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling