Demografiya va aholi statistikasi


Download 46.67 Kb.
bet6/6
Sana28.10.2023
Hajmi46.67 Kb.
#1729949
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- мавзу. Aholi

Ijtimoiy psixologiya demografiya bilan demografik xulq-atvorni o‘rganishda, uning demografik jarayonlarni ijtimoiy boshqarish mexanizmlaridagi rolini va h.k.larni o‘rganishda yaqinlashadi. Gerontologiya insonning keksayish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Demografiyaning ijtimoiy gigiyena bilan bog‘liqligi o‘lim darajasiga, aholi salomatligiga, ijtimoiy shart-sharoitlarning ta’sirini o‘rganish zaruratidan kelib chiqadi.
Demografiya tibbiyot bilan ham uzviy aloqadorlikka ega. O‘z navbatida, bu aloqadorlik o‘limning ayrim sabablarini o‘rganishni amalga oshirishda yordam beradi.
Demografiyada statistika nazariyasining tamoyillari juda ham keng qo‘llaniladi. Demografiya juda ko‘p miqdordagi kuzatuvlar bilan, ijtimoiy hayotdagi ommaviy hodisalar bilan bog‘liq, ularning qonuniyatlari esa katta sonlar qonunida o‘z aksini topadi.
Shunday qilib, demografiya fani tarkibiy jihatdan qator tarmoqlarga bo‘linadi hamda iqtisodiyot nazariyasi, tarix, huquqshunoslik, etnografiya, tibbiyot, statistika va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadorlikka ega.
Qisqacha xulosalar

Ushbu mavzuni o‘rganish talabalarga «Aholi statistikasi»ning predmeti, kuzatish obyekti va birligini aniqlash, statistikaning keng uslubini o‘rganish imkonini beradi, «Aholi statistikasi» bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni to‘plashda foydalaniladigan kuzatish usullari mohiyatini ochish va ularni anglash imkonini yaratadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. «Aholi statistikasi»ning predmeti va uslubiyati nima?

    2. «Aholi statistikasi»ning vazifalari?

    3. «Aholi statistikasi»ning boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqasi.

    4. Aholi yashash qonuniyatlari qanday?

    5. Demografiya atamasi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?

    6. Aholi qaysi fanlarning tadqiqot obyekti hisoblanadi?

    7. Demografiya fan sifatida qachon shakllangan?

    8. Fanning asosiy vazifalarini sanab bering.

    9. Demografiya fanining predmetini aytib bering.

    10. Aholi statistikasi fanini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?

    11. Demografiya fanining asoschisi kim?

    12. Demografiya fanining rivojlanish tarixini aytib bering.





Download 46.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling