Demografiya va aholi statistikasi
Download 46.67 Kb.
|
1- мавзу. Aholi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi masala
Birinchi masala, tug‘ilganlar soni, vafot etganlar, nikohdan o‘tgan va undan o‘chganlar soni, ko‘chib kelgan va ko‘chib ketganlar soni statistik tomondan aniqlanadi, binobarin, to‘plam hajmi aniqlanadi.
Ikkinchi masala – aholi tarkibini, demografik jarayonlarini o‘rganishdan iborat. Bunda asosiy e’tibor aholining jinsi, yoshi, ma’lumotlilik darajasi, kasbiy belgisi bo‘yicha, shahar va qishloq aholisiga bo‘lib o‘rganishga qaratiladi. Uchinchi masala – aholining har xil guruhlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, aholi tarkibida yuz berayotgan jarayonlarni va bu jarayonlar amalga oshayotgan sharoitlarni o‘rganishga qaratiladi. To‘rtinchi masala – demografik jarayonlar dinamikasini o‘rganishdan iborat bo‘lib, bunda aholi sonining o‘zgarishi va jarayonning intensivligini aniqlash ma’lum vaqt va hududlar bo‘yicha amalga oshiriladi. “ Demografiya va aholi statistikasi” fanining o‘rganish uslubiyatlariHar qanday fanda o‘rganish uslubiyatlari yig‘indisi shu fanning metadologiyasini tashkil etadi. «Aholi statistikasi» tarmoq statistikasi bo‘lgani uchun, uning asosiy uslubiyati «Statistika»ning umumiy uslubiyatlari bilan mos keladi. Statistika uslubiyatining asosiy usullaridan biri – statistik kuzatish bo‘lib, u o‘rganayotgan hodisa-voqealar ko‘rinishida ma’lumotlar to‘playdi. Bu usul ham joriy statistikada, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishda, monografik va tanlama o‘rganishida asos hisoblanadi. Bunda “Statistika”ning umumiy nazariyasi tomonidan ishlab chiqilgan kursning obyekt va birligi, ro‘yxatdan o‘tkazish kuni va vaqti, davri, kuzatishning tashkiliy masalalari, tanlangan me’yorlarni iziga tushirish va ularni ta’minlovchi ma’lumotlarni chop etish uslubiyatlaridan to‘liq foydalaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni statistik o‘rganishning keyingi bosqichi, ularning turlarini aniqlashdan iborat. Bunda gap guruhlash va tasniflash (klassifikatsiyalash) haqida boradi. Aholi tarkibini bilish uchun avvalo uni guruhlash belgisini aniq belgilab olish lozim. Kuzatishga jalb etilgan har qanday belgi guruhlash belgisi ham bo‘lishi mumkin. Masalan, so‘rov varaqasida birinchi bo‘lib yozilgan shaxsga munosabati bo‘lgan aholini bir necha guruhga ajratish mumkin. Bu aniqlovchi (atributiv) belgi bo‘lib, so‘roq varaqalarini guruhlashda, avvalo tasnif tahlili uchun zarur belgilarni aniq ajratib olishda lozim bo‘ladi. To‘lgan yoshiga qarab aholini taqsimlash, aholining miqdoriy belgi bo‘yicha guruhlarga ajratish imkonini beradi. Bunda guruhlar soni, ularning oralig‘ini aniqlashi lozim. Masalan, mehnat tarkibini o‘rganish uchun aholi uch guruhga ajratiladi. Bunda har bir guruh chegarasini aniqlash va ma’lumotlarni tanlash zarur. Kombinatsion va ko‘p o‘lchovli guruhlashni amalga oshirishda, ya’ni bir belgi bo‘yicha emas, balki ko‘p belgilar bo‘yicha guruhlashda muhim muammolar kelib chiqadi. Bunda umumiy to‘plamni guruhlarga ajratishda guruhlar soni tez o‘sib ketadi. Masalan, ikki belgi bo‘yicha uchta guruhga ajratilsa, 238 ta guruh va guruhlar hosil bo‘ladi, uch belgi bo‘yicha esa, guruhlar soni 3327 taga etadi va bu holda guruhlash asosida tuzilgan jadvallarning analik xususiyatlarini o‘rganish umumiylashtiriladi. Miqdoriy belgilar bo‘yicha guruhlab, tarkibini o‘rganishda o‘rtacha, moda, mediana, yoyilish o‘lchovlari yoki variatsiya ko‘rsatkichlari kabi statistik jamlovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash aholi tavsifini har tomonlama belgilash imkoniyatini beradi. Hodisalar tarkibini o‘rganish ular orasidagi bog‘lanishni aniqlashga imkoniyat yaratadi. Statistika nazariyasidan ma’lumki, aloqalar funksional va statistik bo‘lishi mumkin. Statistik bog‘lanishlarni qo‘llashni guruhlarga ajratmasdan turib o‘rganib bo‘lmaydi. Undan keyin natijaviy belgini solishtirish mumkin bo‘ladi. Omilli belgi bo‘yicha guruhlash va natijaviy belgi o‘zgarishi bilan solishtirish bog‘lanish yo‘nalishini aniqlash imkoniyatini beradi: to‘g‘ri yoki teskari bog‘lanish, shuningdek, sinash regressiyasini tuzish, bog‘lanish shakli haqida fikr yuritish imkoni tug‘iladi. Guruhlash ma’lumotlari tenglamalar tizimini tuzish, regressiya tenglamasi parametirlarini aniqlash va korrelyaatsiya koeffitsientlarini hisoblab, uning tezligini aniqlash imkonini beradi. Tasniflash va guruhlashlar dinamik tahlilning asosi hisoblanib, ular aholining harakati va unga ta’sir etuvchi omillar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash imkoniyatini yaratadi. Aholini har tomonlama o‘rganishda dinamika qatorlari, grafik usuli, indeks usuli, tanlama va balans usullaridan keng foydalaniladi. Aytish mumkinki, aholi statistikasini o‘rganishda statistikaning boy hazinasidagi hamma usullardan keng foydalaniladi. Bundan tashqari, faqat aholi statistikasini o‘rganishda qo‘llaniladigan usullar ham mavjud. Bu aniq avlod (kogort) va shartli avlod usulidir. Birinchi usul aholining tengdosh qismi bir yilda tug‘ilgan tabiiy harakatdagi o‘zgarishlarni – kesma tahlilni amalga oshirish; ikkinchisi – tengdoshlarning tabiiy harakatini (bir vaqtda yashayotganlarni) – tepadan pastga tahlilini amalga oshirish imkonini beradi. Demografiya fani doirasidagi usullar umumilmiy va demografik usullarga bo‘linadi, ular takror barpo bo‘luvchi odamlar jamlanmasini, aholining ko‘payish xususiyatini o‘zida aks ettiradi. Demografik va migratsion o‘tish konsepsiyalari fanning nazariy asosi hisoblanadi. Aytish joizki, inson rivoji va mavjudligining u yoki bu shartlari o‘zgaruvchandir, chunki bu aholining bir turini ikkinchisi tomonidan takror barpo bo‘lishini taqozo qiladi, shuning uchun demografik tadqiqot uslubiyotida tarixiylik tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda tarixiy yondashuv nafaqat demografiya fanining predmetini o‘rganishda, balki demografik bilimlar evolyasiyasini ham o‘rganishda juda zarur. Demografiyada tadqiqotning umumilmiy uslublari keng qo‘llaniladi, ularga ilmiy abstratsiya va abstratsiyadan konkretlikka ko‘tarilish, qiyoslash, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, gipotezalarni ilgari surish va ularni tekshirish, ekstropolyasiya va modellashtirish usullari kiradi. Demografiyaning xususiy usullari demografik tafakkur etish predmetiga mos keladi, jumladan, aholining jins-yosh va nikoh tarkibi hamda yosh va jins xususiyatlariga bog‘liq demografik jarayonlardir. Ular quyidagilar: Download 46.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling