Demografiya va aholi statistikasi
Download 46.67 Kb.
|
1- мавзу. Aholi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Real va shartli avlod usullari
kogort usuli, bu usul avlod davomida u yoki bu jarayonni o‘rganishda qo‘llaniladi. Shuningdek, uni real (mavjud) avlod usuli yoki tik (bo‘ylama) tahlil usuli deb ham atashadi. Unda demografik jarayonlar, masalan, tug‘ilish va o‘lim darajasi, nikoh va ajralishlar bir vaqtning o‘zida demografik holatga kirgan insonlar jamlanmasida tahlil qilinadi, ushbu usulning vazifasi aholining ushbu kogorti uchun kogorni vujudga kelish vaqti oralig‘iga bog‘liq bo‘lgan va demografik hodisaning u yoki bu jarayonga kirishini aks ettirgan demografik jarayonlar xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
ko‘ndalang tahlil usuli, ya’ni shartli yoki gipotetik avlod usuli, uning yordamida demografik hodisalar chastotasi ko‘rsatkichlarini tasavvur etish asosida demografik jarayonlarni o‘rganish yotadi, ular avlodlar hayoti davomida ushbu holatlar chastotalari ketma-ketligining yig‘indisi sifatida nisbatan qisqa davr oralig‘ida qiyosiy demografik holatlarning tegishli uzunligi oraliqlarini o‘rganish orqali olinadi. Bu ham kogort usuli bo‘lib, avlodlar hayotiy chizig‘ini ko‘ndalang kesuvchi hodisalarning grafik tasvirini ko‘rishga yordam beradi. Tik (bo‘ylama) va ko‘ndalang tahlillar bir qator avlodlar takror barpo bo‘lish xususiyatlarini solishtirish imkonini beradi, bu ayniqsa tarixiy demografiya uchun juda zarurdir, chunki bu ham ijtimoiy, ham demografik prognozlarni amalga oshirish va ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish uchun foydalaniladi. Real va shartli avlod usullari odamlarning yoshini va ularning hayoti davomida sodir bo‘layotgan u yoki bu demografik hodisalarni bilish bizga aholining yosh tarkibi haqida tasavvurga ega bo‘lish, shuningdek, qaysi yoshlarda u yoki bu hodisalar bo‘lishini bilishga yordam beradi. Yosh tarkibida aholi bir yillik, besh yillik va nisbatan katta yoshlar guruhlari bo‘yicha taqsimlanadi. Demografik tahlilda “avlod” tushunchasi muhim rol o‘ynaydi, chunki u ma’lum bir davrda tug‘ilgan (ko‘p hollarda taqvim yiliga teng) odamlar jamlanmasi xususiyatlarini ko‘rsatib beradi. Odatda, real avlodni tarkib toptiruvchi tengdoshlar jamlanmasi va gipotetik avlod deb nomlanuvchi avlodni tarkib toptiruvchi turli yoshdagi zamondoshlar jamlanmasi farqlanadi. Avlodlar uzunligi (davomiyligi) ota-onalar tug‘ilishi bilan ularning bolalari tug‘ilishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i bilan ifodalanadi. Insoniyat rivojlanishining turli tarixiy davrlarida avlodning umr ko‘rish davomiyligi doimo bir xil bo‘lmagan. Hozirgi davrda ma’lum bir shartlilik asosida u 32-35 yilga to‘g‘ri keladi, deb olinadi. Sof demografiya nazariyasida takror barpo bo‘lish jarayoni aholining tabiiy harakati natijasida avlodning doimiy yangilanishini aks ettiradi. Download 46.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling