Demografiya va aholi statistikasi


Download 46.67 Kb.
bet5/6
Sana28.10.2023
Hajmi46.67 Kb.
#1729949
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- мавзу. Aholi

kartografik usul yordamida amalga oshiriladi. Bunda xaritalardan foydalaniladi: hududiy tarqalish bo‘yicha aholi zichligi, yosh-jins tarkibi, shuningdek, aholining tabiiy va mexanik harakati; ijtimoiy-madaniy, jumladan, ijtimoiy-kasbiy, sinfiy, etnomadaniy tarkibi; demografik jamlanmalarning madaniy, maishiy, antropologik va lingvistik xususiyatlari; aholining tarqalish xususiyatlari, jumladan, shahar va qishloq aholisi xususiyatlari, hududlar va aholi manzillarining har xil turlari aniqlanadi.
Aholi xususiyatlari va demografik jarayonlarni tadqiq etishda demografik setka usuli muhim ahamiyat kasb etadi, uning geometrik shakllari yordamida turli-tuman xususiyatlarni, shu jumladan, bevosita ko‘zga tashlanmaydigan va vaqt o‘tishi davomida tahlil qilish murakkab sanalgan avloddagi demografik jarayonlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Demografik prognozlashtirish usullari aholining istiqboldagi tarkibi va miqdoriga ta’sirini qiyoslash orqali aholi o‘zgarishining u yoki bu komponentlari rolini baholash imkonini beradi. Aholini prognozlashtirishda ekstropolyasiya, ekspert baholash, ekonometrik modellashtirish, imitatsion modellashtirish, yoshni siljish va boshqa qator usullardan foydalaniladi.
Masalan, odamlarning demografik xulq-atvorini o‘rganar ekanmiz, biz mavjud ijtimoiy-psixologik me’yorlarni aniqlaymiz va shundan kelib chiqqan holda ularning harakati ushbu masalalar orqali vujudga keladi, deb hisoblaymiz. Shu narsa muhimki, nafaqat oila nechta bola bo‘lishini xohlashini bilish, balki nima uchun ularning bo‘lishini xohlashi (yoki xohlamasligi) va nima uchun bitta yoki ikkita, ko‘p emasligini aniqlash ham kerak; mavjud sharoitlarda oila nechta farzandni (kutilayotgan bolalar miqdori) ta’minlay olishini va mavjud turmush sharoit, shaxsiy imkoniyatlarni e’tiborga olmagan holda qancha xohlashini aniqlash muhim. Bunday tadqiqotlar asosida demografik qadriyatlarning shakllanishi va aholining o‘sish zahiralarini belgilab olish maqsadi yotadi, ularning echilishi esa demografik siyosat tadbirlarini ishlab chiqish uchun zarurdir.
Aholi ko‘pgina fanlar uchun umumiy va universal tadqiqot obyekti hisoblanadi. Lekin, ularning har biri aynan aholida ushbu fanni qiziqtiradigan jihatlar va munosabatlarni ajratadi hamda o‘zining ta’rifini beradi.
«Aholi statistikasi» boshqa ko‘p fanlar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z obyektini o‘rganish uchun ularning usullarini ham statistikaga moslab qo‘llash mumkin.
Demografiya va aholi statistikasining tadqiq etish predmeti jamiyat va turli ijtimoiy hodisalar hisoblangan sotsiologiya fani bilan uzviy bog‘liqlikka ega. Sotsiologiyadagi kabi, Aholi statistikasida ham tadqiqot
yekti inson hisoblanadi, lekin ushbu fanlar ijtimoiy jihatdan insonga o‘zlarining yondashuvi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Sotsiolog insonni shaxs va individ sifatida, umumiy holda jamiyat a’zosi yoki uning alohida guruhlarining a’zosi sifatida ko‘rib chiqadi va jamiyat hamda insonning o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Aholi statistikasida esa inson yashovchi shaxs sifatida, aholi jamlanmasining elementi sifatida ko‘rib chiqib, unda har bir inson umumiylikda o‘zining individual jihatlarini yo‘qotgan holda qorishib ketadi.
Demografiya iqtisodiyot nazariyasining bir qator qonuniyatlaridan foydalanadi, chunki aholi ishchi kuchini takror barpo etadigan muhim unsurlardan biri hisoblanib, jamiyatning tabiiy asosini tashkil qiladi.
Demografiyaning tarix fani bilan bog‘liqligi shundan kelib chiqadiki, bunda barcha demografik jarayonlar tarixiy hodisalar jabhasida o‘rganiladi, ya’ni demografik qonuniyatlar ma’lum bir tarixiy tavsifga ega va tarixiy hodisalar hamda dalillarning oqibatlarini o‘zida aks ettiradi.
Demografiya huquqshunoslik fani bilan ham uzviy aloqadorlikka ega. Qonuniy hujjatlar aholi va davlatning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi hamda demografik jarayonlarning sodir bo‘lishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Demografiya fanining etnografiya bilan aloqadorligi shu bilan belgilanadiki, etnografiya turli xalqlar turmush tarzi va madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini, demografik jarayonlarga ta’sirini ochib berishga yordam beradi.

Download 46.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling