Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


Download 0.65 Mb.
bet15/51
Sana08.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1249017
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

fuqarolarning majburiyatlari
-barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar.
-fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
-fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar
-fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
-o‘zbekiston Respublikasini himoya qilish - O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
13. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyat.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat — hokimiyat boʻlinishi prinsipi va nazariyasiga muvofiq davlatning uch hokimiyat tarmogʻidan biri. Qonun chiqaruvchi hokimiyath. Konstitutsiya va qonunlarni qabul qilish, ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda bekor qilish vakolatlariga ega boʻladi. Federativ davlat tuzilishi shakliga ega mamla-katlarda qonun chiqarish vakolati federatsiya subʼyektlariga ham berilishi mumkin. Mas, AQShda shtatlar, Rossiyada federatsiya subʼyektlari qonun chiqarish vakolatiga ega. Federatsiya subʼyektlari tomonidan qabul qilingan qonunlar federatsiya Konstitutsiyasi va federal qonunlarga zid kelmasligi kerak. Oʻzbekistonda Qonun chiqaruvchi hokimiyath. yaxlit davlat hokimiyatining mustaqil bir tarmogʻi boʻlib, u qonun yaratish jarayonini Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisi faoliyati orqali amalga oshiradi (q. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng , toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1-chaqiriq Oliy Majlis qoʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994 yil 25 dek., 1995 yil 8 va 22 yanvarda boʻlib oʻtgan saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2-chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999 yil 5 va 19 dek.da boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004 ylarda faoliyat koʻrsatgan. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. 2002 y: 27 yanvarda oʻtkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllabquvvatlandi. 2004 yil 26 dek. va 2005 yil 9 yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, 2005 yil 17—20 yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib shakllantirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisida" (2002 yil 4 aprel), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida" (2002 yil 12 dek.), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida" (2002 yil 12 dek.)gi Konstitutsiyaviy qonunlar, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003 yil 29 avg.), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003 yil 29 avg .) kabi qonunlar tashkil etadi.
Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan saylanadi. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling