Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati: konstitutsiyaviy vakolatlari


Download 0.65 Mb.
bet22/51
Sana08.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1249017
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

23.O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati: konstitutsiyaviy vakolatlari.
Sud hokimiyati - hokimiyatlar boʻlinishi qoidasiga koʻra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmogʻi. U oʻzida: a) odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari, yaʼni jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy va konstitutsiyaviy ish (nizo)larni protsessual, qonun bilan belgilangan tartibda koʻrib chiqish vakolatlari yigʻindisini, baʼzi mamlakatlarda, shuningdek, huquq normalarini izohlash vakolatlarini, qonun ijodkorligi vakolatlari va boshqa 2-darajali vakolatlarni; b) yuqorida qayd etilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimini mujassamlashtiradi (q. Sud tizimi). S.gʻ. vakolatlari asosiy — odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari va yordamchi vakolatlarga boʻlinadi. Hozirgi zamon demokratik davlatlarida Sud hokimiyatining asosiy vakolatlari turli toifadagi sudlar zimmasiga yuklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Sud hokimiyati ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligi, qonun ustuvorligini taʼminlashga, inson huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilgan. Mamlakatimizda Sud hokimiyatining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustahkamlanishicha, "Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi" (106modda).
Oʻzbekiston respublikasining sud hokimiyati — Oʻzbekistonda davlat hokimiyatining alohida mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmogʻi. Uning zimmasiga davlat idoralari, fuqarolarning turli-tuman uyushmalari va alohida shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning huquq (qonun) doirasida kechishini va hal etilishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan. [[Sud hokimiyatiga xos xususiyatlar sudlovning davlat nomidan, maxsus tartibda tashkil etilgan (saylangan yoki tayinlangan) muassasalar (q. Sud tizimi) tomonidan amalga oshirilishi, sudlarning oʻz faoliyatida faqat qonunga boʻysunishi hamda fuqarolik, maʼmuriy, jinoiy va boshqalar ishlarni qonunda belgilangan protsessual tartibda hal etishi, sudlar boshqa hokimiyat tarmoqlaridan mustaqil faoliyat yuritishi, sudning tanholigi (yaʼni davlatning boshqa hech qaysi idorasi sudlov funksiyalarini oʻz zimmasiga ololmasligi), sud hokimiyatining toʻlaqonli va qatʼiyligi (sud hokimiyati chiqargan hujjatlar, hukm va qarori barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiyligi)da namoyon boʻladi. Mamlakatimizdagi sud hokimiyatining huquqiy maqomi, tuzilishi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonuni (2000 yil 14 dek.)da belgilab berilgan (yana q. [[Sud hokimiyati).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipini joriy etdi.
Davlatning Asosiy Qonuni sud hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishini e’lon qildi.
Faqat mustaqil sud hokimiyati har bir fuqaroning vakolatli va xolis sudda ishni oshkora ko‘rish orqali o‘zining buzilgan huquqlarini himoya qilishi mumkinligiga kafolat bo‘lib xizmat qiladi.
Mustaqil va xolis sudni talab qilish har bir insonning huquqidir. Bu huquq Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasida va O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan boshqa xalqaro huquq hujjatlarida mustahkamlangan.
Sud ishlari bilan tanishish sud hokimiyati to‘g‘risidagi qonunlarga, asosan rioya qilinayotganligini, ammo ularning faoliyatida rahbariy tushuntirishlar berishni talab qiluvchi ayrim masalalar vujudga kelganligini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sud hokimiyati — bu sudlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so‘zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha vakolatidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Sud hokimiyati hujjatlarini bajarmaslik yoki tegishlicha bajarmaslik O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikni yuzaga keltiradi.
2. Sudlar Konstitutsiyaning 44-moddasi mazmunidan kelib chiqqan holda huquqiy nizo xususiyatiga ega bo‘lgan har qanday masalalarni, shu jumladan, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyatlarni hal qilish huquqiga egadir.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat uning normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
3. Qonunga muvofiq sud muhokamasini qanday bo‘lmasin cheklashlarga, bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatish, tahdid qilish yoxud sud faoliyatiga mansabdor shaxs yoki fuqaroning qay tarafdan va qanday masalada bo‘lmasin aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida sudyalarga yuksak maqom berildi, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi yoki uning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi yoxud Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling