Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


Xalqaro terrorizm va narkobiznesga qarshi


Download 0.65 Mb.
bet30/51
Sana08.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1249017
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

Xalqaro terrorizm va narkobiznesga qarshi.1999 yil 16 fevral va 2001 yil 11 sentabr voqealari xalqaro terrorizmga qarshi kurash dasturi doirasida keng ko‘lamda harbiy harakatlarning boshlanishiga olib keldi. Bu harakatlar aynan Osiyo mamlakatlari, xususan Afg‘oniston hududida olib borildi. Bunga dunyodagi deyarli barcha yetkachi davlatlar o‘z harbiy qismlari bilan, Markaziy Osiyo respublikalari esa o‘z hududidan foydalanishga ruxsat berish bilan ishtirok etishdi. Shuni ta’kidlash kerakki qo‘pchilik davlatlar bu urush harakatlariga ayrim g‘arbdagi davlatlarning nayrangi ostida qo‘shildilar. Urush natijasida g‘olib va mag‘lub tomonlar aniqlanmadi. Afg‘onistonda 25 yildan beri davom etayotgan urush yakun topmadi, tinchlik o‘rnatilmadi, Iroqdan yadro bombasi topilmadi. AQSh qo‘shinlarida hanuzgacha yo‘qotishlar davom etmoqda. “Xalqaro terrorizmga qarshi kurash” nomini olgan o‘ziga xos bu kurashda Al-qoida singari aniq, ammo qarorgohiyu-qo‘shinlarini hech kim hech qachon topa olmaydigan raqibning bo‘lishi bu urushning ortida har ikki tarafning ham rejissyori bitta emasmikan, degan fikrga olib keladi. Bugungi kunda nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki Rossiya hukumati ham xalqaro terrorizmga qarshi kurashning asl maqsadlarini to‘g‘ri anglab yetdi va Rossiya Markaziy Osiyoga nisbatan oqilona siyosat olib borishmoqda.
Yevroosiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun Markaziy Osiyo davlatlari bir yoqadan bosh chiqarishlari, ayniqsa bu hududda Rossiya ishtirokida yagona iqtisodiy tizim barpo etishlari lozim bo‘ladi. Rossiya O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan Ittifoqchilik shartnomasi Markaziy Osiyoda strategik muvozanatni belgilab berdi. Ushbu Ittifoqchilik shartnomasi, Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatining to‘liq faoliyatga kirishi va ShHTning samarali faoliyati barqarorlikni saqlash va taraqqiyotni ta’minlashda samarali siyosiy va iqtisodiy mexanizm bo‘lishi mumkin.
102. Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat va jahon hamjamyatining tinchlik va barqarorlikni ta’ minlashdagi urinishlari. Bugun Afg‘onictonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish hajmining ortib borayotgani nafaqat mintaqa davlatlari, balki butun jahon hamjamiyati tashvishga solmoqda. Biroq mazkur illatga qarshi faqat giyohvand mod­dalar ishlab chiqarilayotgan hudud atrofida «xavfsizlik zona»sini tashkil etish, jazolash va ma’muriy chora-tadbirlarni kuchaytirish bilangina kurashish kifoya qilmaydi. Bu muammoni, birinchi navbatda, Afg‘oniston iqtisodiyotini chuqur tarkibiy o‘zgartirish, aholini tinch va bunyodkorlik mehnati bilan band etish orqaligina hal qilish mumkin.
Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatining eng dolzarb muammolari haqida ham alohida fikr mulohazalarini bayon qildi.
O‘zbekiston rahbari, birinchi navbatda, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash, mintaqani barqaror xavfsiz hududga aylantirish mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligiga ypg‘y berdi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun qo‘shni davlatlar bilan integratsiyalashuv jarayonlarini izchil davom ettirish, bozor islohotlarini rivojlantirishda mintaqaviy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarurligini e’tirof etdi.
Shuningdek, Respublikamiz rahbari Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va qayta tiklash borasida davom etayotgan ijobiy jarayonlar bilan bir qatorda, mintaqada saklanib qolayotgan strategik mavhumlik holati xususida ham to‘xtalib o‘tdi. Buni qanday izohlash mumkin?
Birinchidan, o‘tgan uch yarim yillik muddat mobaynida davlatlar koalitsiyasi yoki ayrim davlatlarning o‘z hududida alohida muntazam ravishda amalga oshirib kelgan harbiy va noharbiy chora-tadbirlariga qaramay tolibonlar va al-qoidachilar rahbarlari Mulla Omar, Usoma Bin Loden va ularning yaqin safdoshlari hamon hibsga olinmaganligi, turli davlatlarda ular tomonidan sodir etilayotgan terrorchilik aktlari oqibatida begunoh kishilarning o‘limiga sabab bo‘layapti. Afg‘o­nistonda hukumat a’zolari, davlat idoralari va ularning xodimlariga qarshi hujumlar uyushtirilayapti. Xamid Karzay hukumati o‘z qarorlarini amalga oshirishda har xil to‘siqlarga duch kelayapti;
Ikkinchidan, Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha siyosiy, etnik va diniy guruhlar rahbarlari o‘rtasida kelishilgan ahdlashuv prinsiplarini buzish hollari ham yuz bermoqda.
Uchinchidan, Afg‘oniston davlat chegaralari to‘liq nazoratga olinmagan, xususan Pokiston bilan chegaradosh tofli hududlarda notinchlik hukm surmoqda va bu muammoni hal qilishda asosiy omil hisoblangan afg‘on milliy armiyasi va politsiyasini shakllantirish jarayoni esa katta qiyinchiliklar bilan amalga oshirilmoqda.
To‘rtinchidan, jahon hamjamiyatining yordami va Afg‘oniston hukumatining olib borayotgan doimiy kurashiga qaramay mamlakatda giyohvand o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash va chet ellarga yetkazishning maxfiy yo‘llari va usullari hamon mavjud.
Beshinchidan, mamlakat adliya tizimi bugungi talab darajasida shakllanmagan.
Lekin shunga qaramasdan, o‘tgan uch yarim yil davomida Afg‘onstonda tiklanish va yangi hayot uchun kurash jarayoni izchil davom etayotganligi quvonarlidir.
Bunday xulosaga kelishni asoslovchi dalillar yetarli. Bular: a)Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan siyosiy reforma, qayta tiklash va milliy birdamlik dasturlari; b) mazkur dasturlarni amalga oshirish uchun donor davlatlarning Tokio konferensiyasida 4,8 mlrd AQSh dollari hajmidagi mablag‘ning ajratilishi; v) BMT bayrog‘i ostida AQSh boshliq aksariyat davlatlar koalitsiyasi kuchlarining Afg‘oniston hududida tartib o‘rnatish uchun olib borayotgan harakatlari; g) turli davlatlarning Afg‘oniston hukumati bilan birgalikda tiklanish jarayonida faol qatnashuvining hajmi va hokazo.
Qayd qilish lozimki, tolibonlar rejimi qulatilgach, kun tartibida mamlakat ichida tartibni saqlash, chegaralar xavfsizligini ta’minlash, davlat boshqaruvi, aloqa, trans­port, energetika, ta’lim, tibbiy yordam tizimlarini tiklash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kabi dolzarb masalalar turar edi.
Xonavayron bo‘lgan shahar va qishloqlarni, iqtisod va xo‘jalikni afg‘on xalqi o‘z kuchi bilan tiklashi ehtimoldan uzoq edi. Shu sababli jahon hamjamiyati, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar afg‘on xalqiga, Prezident Xamid Karzay boshliq hukumatga o‘z yordam qo‘llarini cho‘zdilar.
Ushbu o‘rinda qayd qilish lozimki, donor davlatlarning Tokioda tashkil etgan Afg‘onistonga yordam jamg‘armasini Jahon Banki tomonidan boshqarish yo‘lga qo‘yildi.
Terrorizmga qarshi kurashda asosiy rolni o‘ynagan AQSh ma’muriyati quyidagi vazifalarni o‘z zimmasiga oldi: a) poytaxt Qobul shahri, unda joylashgan hukumat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, davlatning muhim viloyatlarida tar­tib saqlashni tashkil etish; b) Afg‘oniston davlatchiligi ramzlaridan biri bo‘lmish milliy armiyani tuzish, tarbiyalash va o‘qitish; v) viloyatlarning aksariyatida saqlanib qolgan ekstremist guruhlarni tugatish va bir vaqtning o‘zida Afg‘oniston mahalliy davlat organlari bilan hamkorlik qilish maqsadida Muvaqqat tiklanish guruhlarini (Provincial Reconstruction Teams-PRT) joylashtirish. Bu guruhlarning har biri AQSh harbiy kuchlari, Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID), Davlat departamenti va koalitsiyaga kirgan dav­latlar namoyandalaridan tarkib topgan.
Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, ayrim amerikalik siyosatshunos olimlarning tasdiqlashicha, AQSh ma’muriyati Afg‘onistonni qayta tiklash jarayonida II jahon urushidan so‘ng Yevropada, xususan, mag‘lubiyatga uchragan Germaniya va Yaponiyada qo‘llangan, tajribadan o‘tgan taktikani qo‘llamoqda. Bu taktika asosida bir maqsad yo‘lida birlashib hamkorlik qilish va davlatlarni demokratiya prinsiplari asosida yangitdan qurish evaziga mablag‘ bilan ta’minlash yotadi. Prezident Jorj Bush o‘zining saylovoldi chiqishlari va keyingi bayonotlarida Usoma Bin Loden va uning hamrohlarini qidirib topish va Afg‘onistonda tiklash ishlarini oxiriga yetkazishni ta’kidlab o‘tdi.
Hamisha afg‘on xalqiga do‘st bo‘lib kelgan Hindiston xalqi ham sezilarli yordam beryapti: 170 million. AQSh dollari hajmida mablag‘, 300 ta avtobus, 3 ta samolyot, 1 million tonna g‘alla ajratdi, Qobul shahrida I.Gandi nomida shifoxona ochdi, yuzlab afg‘on yoshlarining Hindistonning yetakchi o‘quv yurtlarida o‘qishlari uchun stipendiyalar belgiladi va ayni paytda davlat boshqaruv xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirishda hamkorlik qilmoqda. Afg‘oniston tashqi savdosini rivojlantirish maqsadida Eron bilan birgalikda Eron porti Chaxbaxarni Afg‘oniston chegarasi bilan bog‘lovchi yo‘lni qurishda faol ish olib bormoqda.
Qo‘shni Eron davlati ham Afg‘onistonga har tomonlama ko‘mak bermoqda: Tokio donor davlatlar konferensiyasida Afg‘onistonni tiklash fondiga 560 mln. AQSh dollari hajmida mablag‘ qo‘shdi, chegaradosh viloyatlariga elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib bermoqda, 2000 afg‘on yoshlarining Eron oliy o‘quv yurtlarida o‘qishi uchun stipendiya ajratdi. Afg‘onistonning dengiz orqali savdo aloqalarini rivojlantirishni ko‘zda tutgan holda o‘zining Chahbahar dengiz portini zamonaviylashtirmoqda, unga keladigan yo‘llarni yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Hindiston va Afg‘oniston bilan birgalikda qurmoqda.
Germaniya ichki tartib va xavfsizlikni ta’minlashda asosiy rol o‘ynovchi yangi politsiya qismlarini tayyorlashni o‘z zimmasiga olgan.
Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Turkiya, arab davlatlari va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari esa Afg‘onistonga ham moliyaviy, ham texnikaviy, ham gumanitar yordam ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlariga to‘xtalar ekanmiz, shuni qayd qilish lozimki, ikki davlat qadimdan bir-biriga qo‘shni, yerlari bir-biriga tutashgan, bir daryodan suv ichib kelgan. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bir necha bor uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Do‘stona va amaliy munosabatlar o‘rnatildi. Bir qator muhim hujjatlar imzolandi. Qobul va Toshkentda diplomatik vakolatxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston ham Tolibonlar rejimi va Al-Qoida terroristik tashkilotiga qarshi davlatlar koalitsiyasi tarafida turib kurashda qatnashdi. Endi esa Afg‘onistonni qayta tiklash jarayonida faol qatnashmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislar vayron bo‘lgan o‘ndan ortiq ko‘priklarni ta’mirlab, yo‘llarni ekspluatatsiya qilishga loyiq holatga keltirmoqdalar. Afg‘onistonning shimoliy viloyatlariga elektr energiyasi yetkazib bermoqda. O‘zbekis­ton avtomobillari, qurilish materiallari va boshqa tovarlari Afg‘oniston bozoridan mustahkam o‘rin egallamoqda. Ko‘p afg‘on yoshlari O‘zbekistonning turli oliy o‘quv yurtlarida o‘qimoqdalar. Eron, Afg‘oniston bilan tuzilgan shartnomaga binoan, o‘zbekistonlik mutaxassislar Termiz shahrini Eronning Chaxbaxar porti bilan Hirot shahri orqali bog‘lovchi yangi avtomobil yo‘lini qurishda qatn ashadilar. Kelajakda shu yo‘lga parallel ravishda temir yo‘l qurilishi ham mo‘ljallangan.
Yuqorida keltirilgan mulohazalarga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, aksariyat davlatlar ko‘p azob-uqubat chekkan, lekin mag‘rur afg‘on xalqiga o‘z hayotini yangilash, barqaror taraqqiyot yo‘liga tushib olishi va tinchliksevar dav­latlar qatoridan o‘rin egallashida baholi qudrat ko‘maklashishga tayyor ekanligini izhor etmoqda va o‘zlarining amaliy harakatlari bilan bu xohishlarini tasdiqlamoqda

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling