Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya
O’zbekiston va AQSH munosabatlari (Ma’lumot uchun)
Download 0.65 Mb.
|
1-30 gumanitar javoblar
O’zbekiston va AQSH munosabatlari (Ma’lumot uchun)
AQSh bilan aloqalarini o‘rnatish ko‘pgina davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekiston uchun ham alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston - AQSh munosabatlari bosqichma-bosqich rivojlanib kelmoqsa. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil yozida AQShga qilgan birinchi va muhim safari davomida iqtisodiy hamkorlikdan tortib xavfsizlikkacha bo‘lgan turli sohalarni qamrab olgan muzokaralar, O‘zbekiston va AQSh rahbarlarining keyingi uchrashuvlari, Amerika parlameni yuqori martabali vakillarining tashriflari O‘zbekiston – AQSh munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqsi. Ikki davlat hukumatlari o‘rtasida 2001 yil oktabrda xalqaro terrorchilikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolanishi, hukumatlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zaro anglashuv haqida memorandum qabul qilindi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil mart oyida AQShga ikkinchi rasmiy tashrifi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risida deklaratsiya, shuningdek, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar, yadro tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida hamkorlik qilish to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat banki bilan AQSh Eksport-import banki o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolanishi O‘zbekiston - AQSh munosabatlarida qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich mustaqillikka erishgunimizgacha bo‘lgan davr va mustaqillikning dastlabki uch yilini o‘z ichiga oladi. Bu davr O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarning hali rivojlanmaganligi va hamkorlikning dastlabki kurtaklari paydo bo‘la boshlaganligi bilan xarakterlanadi. Ushbu bosqich Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston Respublikasini mustaqilligini tan olganligi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligi bilan muhimdir. Ikkinchi bosqich 1993 yilga to‘g‘ri keladi va 2001 yil sentabrida AQShda terroristik akt sodir etilgan davrga qadar davom etadi. Bu davr mobaynida O‘zbekiston bilan AQSh munosabatlari eng muhim yo‘nalishlar bo‘yicha faol rivojlanganligi, umumbashariy va mintaqaviy xavfsizlikning eng dolzarb muammolarini hal etishga bo‘lgan yondashuvlarning o‘xshash jihatlarini namoyon qilganligining guvoxi bo‘lish mumkin. Boshqacha aytganda, bu davrda AQSh O‘zbekistonni qaytadan kashf etgan bo‘lsa, O‘zbekiston ham AQShni kashf etdi. Hamkorlikning yangi sifatdagi strategik sheriklikka asoslangan uchinchi bosqichi 11 sentabr voqealaridan keyin boshlandi. Bu bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning AQShga qilgan safari chog‘ida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanganligi bilan ahamiyatlidir. Bu bosqichning eng rivojlangan davri Afg‘onistonda xalqaro terrorizmga qarshi kurashning dastlabki bosqichida xalqaro koalitsiyaga qo‘shilgan O‘zbekiston AQSh mudofaa vazirligiga Qarshi-Xonobod harbiy bazasini berganligida namoyon bo‘ldi. Ushbu bazani O‘zbekiston tinchlik maqsadlarida foydalanish uchun berganligini ham alohida qayd etish lozim. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning to‘rtinchi bosqichi 2005 yil 13 may Andijon voqealaridan keyin boshlandi. Fikrimizcha bu davrni ayrim xorijiy mutaxassislar tomonidan e’tirof qilingan sovuqlashish davri emas, balki munosabatlarni sarhisob qilish davri, deyilsa to‘g‘ri bo‘ladi. O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida, shu jumladan AQSh bilan munosabatlarda ham hech qachon o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarmasdan qolmagan, ammo Ayni vaqtda biror bir davlatning siyosiy ta’siriga tobe ham bo‘lib qolmagan. Prezident I.Karimov bu haqda shunday yozadi: «…O‘zbekiston hamma vaqt -AQShga Qarshi shahri yaqinidagi Xonobod aerodromidan foydalanishga ruxsat etilgan 2001 yilda ham, bugun ham o‘zining mustaqil siyosatini olib bormoqda. Biz hech qachon, takror aytaman, hech qachon, qanchalik buyuk bo‘lmasin, biror-bir mamlakatning siyosiy ta’siriga berilmaganmiz». Andijon voqealariga kelganda, albatta O‘zbekiston rahbariyati AQShning Andijon voqealariga nisbatan bildirgan munosabati va xalqaro komissiya kiritish to‘g‘risidagi tashabbusini milliy manfaatlarimizga zid ekanligini ta’kidladi. Shu nuqtai-nazardan ikki davlat o‘rtasidagi rasmiy munosabatlarda tanaffus davri boshlandi. Buning ikkinchi tarafi O‘zbekistonning bu voqealar ortida g‘arbiy kuchlar borligini tez orada payqaganligi va isbotlaganligiga borib taqaladi. Mazkur tanaffus bosqichning eng yuqori nuqtasi Amerika harbiylarining Qarshi-Xonobod bazasidan chiqib ketish davriga to‘g‘ri keladi. Bu jarayon ko‘pchilik tomonidan O‘zbekistonning Andijon voqealari uchun AQShga bildirgan javobi tarzida baholangan bo‘lsa-da, aslida bu to‘g‘ri emas. Afg‘onistondagi harbiy harakatlarning eng jadal pallasi yakunlangan 2002 yildan boshlab O‘zbekiston AQShdan Xonobod bazasini bo‘shatishni talab etayotgan edi. 2006 yil har ikki davlat uchun munosabatlarning yangi bosqichini boshlash oldidan sokinlik yoki tanaffus davri bo‘lganligini ta’kidlash mumkin. Ammo bu davrda AQSh davlat departamentining yuqori lavozimli vakillaridan R.Baucher va E.Feygenbaumlarning O‘zbekistonga qilgan tashrifi AQSh o‘zining Markaziy Osiyoda olib borgan siyosatida yo‘l qo‘ygan xatolarini tan olganligini namoyon etdi. Ayniqsa, 2007 yilning mart oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSh davlat kotibining Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari E.Feygenbaum, bu xatoni ochiqdan ochiq tan olgan holda shunday o‘zadi: «…Turli ko‘rinishlarda tashqaridan amalga oshirilgan kuchli tazyiqlarga qaramasdan, Markaziy Osiyo davlatlari o‘z suverenitetini saqlab qolishda misli ko‘rilmagan jasorat ko‘rsatdilar. Biz Markaziy Osiyo davlatlarini kimningdir shaxmat taxtasidagi donalar sifatida aslo qabul qilmaymiz. Aksincha, ular bizning eng ishonchli hamkorlarimizdir. Biz bundan keyin iqtisodiy hamkorlikkka urg‘u berishimiz va kuchaytirishimiz lozim…». AQSh tashqi ishlar vazirligining yuqori lavozimdagi bu xodimi O‘zbekistonga qilgan tashrifi chog‘ida AQShning Toshkentdagi elchixonasida bergan matbuot anjumanida ham, keyin Vashingtonda AQSh-Qozog‘iston Tadbirkorlar Assotsiassiyasi va «O‘zbekiston AQSh savdo palatasi»ga yo‘llagan ma’ruzasida ham bu fikrini takrorladi. 2007 yildan boshlab O‘zbekiston - AQSh munosabatlarida yangi davr boshlanishi ehtimoli mavjud. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling