Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


O‘zbekistoning Yevropa mamlakatlari bilan aloqalari(ma’lumot uchun)


Download 0.65 Mb.
bet29/51
Sana08.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1249017
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

O‘zbekistoning Yevropa mamlakatlari bilan aloqalari(ma’lumot uchun)
O‘zbekiston tashqi siyosatining Yevropa yo‘nalishi qat’iyatlik bilan rivojlantirilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining Germaniyada 1993 yil 28 aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga egadir. Ayni paytda bu safar natijasida respublikamiz uchun Yevropa sari katta yo‘l ochildi.
I. Karimov GFR Federal kansleri Gelmug Kol bilan samimiy, o‘zaro tenglik asosida, ishonch va qat’iyat bilan suhbatlashdi. Ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalar qo‘yishni amalga oshirish va o‘zaro himoya qilishga ko‘maklashish to‘g‘risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya sanoatini o‘rganishga katta e’tibor berdi. "Doyche bank", "Mersedes-Bens" va "Simens" kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. Jumladan, Xorazmda "Mersedes-Bens" kompaniyasi ishtirokida yuk mashinalari yig‘adigan za­vod qurish haqida ahdlashildi. Safar natijalariga ko‘ra o‘zbek-nemis hamkorligi masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki-tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. "Toshkent-Frankfurt" havo yo‘lida samolyotlar qatnay boshladi. "Doyche bank"ning bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda.
1994 yil 9-12 iyun kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Niderlandiya (Gollandiya)da bo‘ldi, qirolicha Veatriks va hukumat boshlig‘i - Bosh vazir Rudolf Lyubbers bilan ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida suhbat bo‘ldi. Safar natajasida O‘zbekiston va Gollandiya o‘rtasida davlatlararo munosabatlar prinsiplari haqida bayonot va savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida protokol imzolandi. Gollandiya agrar xo‘jaligining texnologiyasi, urug‘ va nasllari, mehnat usullaridan O‘zbekistonda foydalanishga kelishildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Gollandiya kartoshka urug‘lari ekilib mo‘l hosil yetishtirilmoqda.
O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993 yil 28-30 oktabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I.Karimov Fransiya Prezidenti F.Mitteran, Fransiyanint boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vaqillari bilan do‘stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi. Safar natijasida Parijda O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim imzolandi.
O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.
O‘zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993 yil 17-19 iyun kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatimiz bilan, xalqimizning turmush tarzi bilan tanishib, Samarqand shahrining o‘lmas tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketdi. 1993 yil 15 oktabr kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Daglas Xognint O‘zbekistonga safari chog‘ida ikki davlat o‘rtasida madaniyat va ta’lim sohasidagi hamkorlik bitimi, ikki yoqlama soliq solmaslik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shveysa­riya, Italiya, Ispaniya, Gresiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatdi va kengayib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida bir necha o‘n yilliklarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Yuqori keltirilgan ma’lumotlar bir tarafdan albatta yangi respublika uchun qisqa vaqtda erishgan katta yutuqlardir. Lekin, masalaning ikkinchi tomoni o‘rnatilgan bu hamkorliklarning hozirda rivoji va yurtimiz uchun foydasi qanday darajada ekanligidir. Asosan tuzilgan shartnomalar o‘z faoliyatini yaxshi olib bormoqda, lekin, shu bilan bir qatorda muammolar ham yo‘q emas. Muammolar albatta asosan tashqi iqtisod bilan, xususan mamlakat eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, tashqi iqtisodiy aloqalarimizda import ulushini kamaytirish va eksportni kengaytirish tomon burilish yasalishi muhim ahamiyatga ega.
Prezident I.Karimov o‘zining "O‘zbekistonning yetti zafarli yili" asarida «O‘zbekiston tarixdan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo‘shildi, uning teng huquqli sub’ektiga aylandi. Nufuzli xorijiy davlatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Bu jonajon Vatanimiz xavfsizligining muhim sharti va taraqqiyotimizning kafolatidir", - deb yozadi. Darhaqiqat, O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ektiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga egadir. Shu bilan birga dunyo xo‘jalik va siyosiy tizimida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lish uchun xalqaro jarayonlarda faol ishtirok etish va Osiyo, Yevropa va Amerikaning yetakchi davlatlari bilan hushyorlik bilan munosabatlar olib borish talab etiladi. Buning uchun esa uzoqni ko‘ra biladigan, bilimli kadrlarni tarbiyalash zaruriyati hamisha saqlanib qoladi.
2001 yil 11 sentabr voqealaridan keyin Yevropa Ittifoqi davlatlari ham xalqaro terrorizmga qarshi tuzilgan xalqaro koalitsiyaga qo‘shilgan holda o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistonga yuborishdi. Ayrim davlatlar, shu jumladan, Germaniya o‘z harbiy kontingentini Afg‘onistonning shimolida, bir qismini esa O‘zbekiston janubida Termez shahrida joylashtirdi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari iqtisodiyot sohasida ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Yevropa Ittifoqining faol a’zolaridan bo‘lgan Germaniya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi eng yaqin hamkori hisoblanadi. Germaniya Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga doimo nemislarga xos xolislik bilan yondoshgan va doimo qo‘llab-quvvatlagan. 2005 yil Andijonda ro‘y bergan may voqealaridan keyin O‘zbekistonga qarshi olib borilgan axborot xuruji davrida, Yevropa Ittifoqi tarafidan qo‘llanilgan jazo choralari davrida Germaniya bizni doimo qo‘llab-quvvatlab keldi. 2006 yilda Germaniya rasmiy doiralari O‘zbekiston vakillari bilan bir necha marta uchrashdilar va YeIning bugungi kundagi raisi Germaniya 2007 yilda ushbu jazo choralarini bekor qilishga alohida ahamiyat bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida xalqaro munosabatlarda muhim rol o‘ynovchi Rossiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik munosabatlari alohida e’tibor talab etadi. Aynan ana shu siyosiy birliklar jahon siyosatini belgilashda ham muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Rossiya bilan Ittifoqchilik shartnomasi imzolagan bo‘lgsa, AQSh bilan strategik sheriklik va hamkorlik shartnomasini imzolagan. Yevropa Ittifoqi bilan esa 1996 yilda keng miqyosdagi hamkorlikni ko‘zda tutuvchi Sheriklik va hamkorlik bitimini tuzgan. Bundan tashqari Yevropa Ittifoqi va mamlakatimiz o‘rtasida 20 ga yaqin boshqa turdagi shartnomalar mavjud. Ikki tomonlama munosabatlar ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham madaniy sohalarda rivojlanib bormoqda. Chunonchi 2001 yilga kelib, Yevropa Ittifoqi va respublikamiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1 mlrd. 57 mln. AQSh dollarini tashkil etdi1. Bularning barchasi Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida alohida o‘rin tutishidan darak beradi.
76. O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya federatsyasi o’rtasidagi davlatlaaro munosabatlar. Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi strategic hamkorlik to‘grisidagi bitim. Xalqaro terrorizm va narkobiznesga qarshi kurash.‘O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya o‘rtasidagi ik­ki tomonlama hamkorlik xususida gapirganda, avvalo, 2005 yilning kuzida imzolangan Ittifoqchilik shartnomasini qayd etish lozim. Bu hujjat har ikki mamlakat uchun keng siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlar ochib beradi. Ittifoqchilik shartnomasi deganda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning eng yaqinlashgan shakli tushuniladi. Xalqaro munosabatlarning bu shakli strategik sherikchilikdan ham yaqin hamkorlik munosabatlaridir.
Keyingi 15 yildagi o‘zaro munosabatlar tarixiga nazar tashlasak O‘zbekiston Respublikasi Rossiya Federatsiyasi bi­lan davlatlararo teng huquqli munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda. 1991 yildan 2006 yilga qadar ikki davlat rahbarlari muntazam uchrashib, muzokaralar olib borishmoqda va Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori bo‘lib qolmoqda.
Markaziy Osiyodagi strategik vaziyat Yevroosiyoda muvozanatni ta’minlash borasida muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda O‘zbekistonning oltin, uran, energiya xom ashyolariga boyligi; Xitoy, xristian (rus pravoslav va g‘arb katolik) va islom madaniyatlari kesishgan joydaligi; Rossiya, Eron, Xitoy, Pokiston va Hindiston kabi mamlakatlarga ham salbiy, ham ijobiy ma’noda qo‘shni ekanligi; mintaqa siyosatiga hamda shundan kelib chiqqan holda, jahon siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir.
Tashqi omillar mohiyatini anglash uchun "Sovuq urush" davrini o‘rganish joiz. Zero, bu hol O‘zbekiston Respublikasining bugungi kundagi geosiyosiy xolatiga to‘liq baho berishda, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasiga jahon va mintaqaga tutash davlatlar siyosatining tub mohiyatini yanada chuqurroq tushunishga ko‘mak beradi. "Sovuq urush" davrida geosiyosiy dualizm o‘zining yuqori cho‘qqisiga yetdi. Bu davrda AQSh va sobiq Sovetlar davlati talassokratiya va tellurokratiyani ifoda etgan holda o‘zaro geosiyosiy kurash olib bordilar.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi ikkala mamlakat uchun ham hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli imkoniyatlarini beradi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, ushbu hamkorlik hozirgi kunda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Avvalam bor, ikkala mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy jihatdan hamkorlik ehtiyoji paydo bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ikki davlat manfaatlarini xalqaro terrorizmga qarshi kurash yaqinlashtirdi.
O‘zbekistonda Rossiya azaldan yirik iqtisodiy hamkorlardan biri ekanligi hech qachon unutilmagan. Rossiyaning iqtisodiy inqirozdan chiqish darajasiga ko‘ra, uning O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 1999 yildagi 13 foizdan 2003 yilda 17 foizga o‘sdi. Faqat 2003 yilning o‘zida ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 26 foiz, 2004 yilning birinchi choragida esa 43 foizga o‘sdi va yanada jadal yuksalishi uchun katta imkoniyatlar mavjudligi kuzatilmoqda.
Savdo aylanmasi tarkibi yanada ratsionallashib, ikki mamlakat iqtisodiyotidagi tuzilmaviy o‘zgarishlar unda o‘z aksini topa boshladi. Masalan, 2003 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga eksport hajmida asosiy ulushni mashina va uskunalar (23 foiz), paxta tolasi (7 foiz) tashkil qildi, vaholanki 1994 yilda bu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 11 va 64 foizdan iborat edi.
Rossiyadan O‘zbekistonga eksport hajmida ham asosiy ulush mashina va uskunalar (38 foiz), kimyo mahsulotlari (20 fomz), qog‘oz, karton, mebel (24 foiz)dan iborat. 1994 yilda esa Rossiyadan O‘zbekistonga asosan energiya manbalari (39 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari (15 foiz), qora metall (14 foiz) eksport qilingan edi.
O‘zbekistonning Rossiya bilan aviasozlik sohasidagi hamkorligi ham sezilarli darajada faollashdi. «V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» davlat aksionerlik jamiyati bazasida yuk va yo‘lovchi tashuvchi zamonaviy havo kemalarini hamkorlikda ishlab chiqarish rivojlanmoqda. E’tiborli tomoni shundaki, Toshkent aviazavodi tomonidan tuzilgan shartnomalarga muvofiq 2004 yilda Rossiya va boshqa mamlakatlarga 15 ta samolyot yetkazib berdi va bu islohotlar boshlangan davrdagidan ancha ko‘p demakdir.
«O‘zDEUavto» qo‘shma korxonasining ham rossiyalik sheriklar bilan hamkorligi yanada faollashmoqda. Bir tomondan uning Rossiyaga eksport salmog‘i ortmoqsa. Taxminlarga ko‘ra, eksport hajmi 2004 yilda 25 ming avtomobilni tashkil etgan. Ikkinchi tomondan, rossiyalik po‘lat quyuvchilar mahsuloti sifatining ortib borayotganligi O‘zbekiston avtomobillari uchun xarid qilinadigan issiq va sovuq usulda quyilgan po‘latning 90 foizini Rossiyadan olish imkonini beradi. Shunisi ahamiyatga molikki, O‘zbekistonning aviatsiya va avtomobil zavodlari Rossiya Federatsiyasining 957 korxonasiga ehtiyot qismlar uchun buyurtma bergan.
Iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur’ati, u bilan bog‘liq savdo va to‘lov balansining ijobiy saldosi, aholi real daromadlarining muttasil o‘sayotgani shundan dalolat beradiki, Rossiya tobora qulay, hududiy jihatdan yaqin, to‘lovga layoqatli bozorga aylanmoqda. Bu bozorga o‘zbek tovar ishlab chikaruvchilari o‘zlarining xilma-xil mahsulotlarini yetkazib berishlari mumkin.
Rossiya sarmoyadorlarining O‘zbekiston iqgisodiyotiga keng miqyosda investitsiya kiritishga qiziqishi tobora ortib bormoqda Bu avvalo, neft va gaz kazib olish, ularni kayta ishlash, telekommunikatsiya, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, mashinasozlik, aniq asbobsozlik, elektrotexnik mahsulotlar ishlab chiqarish, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash kabi eksportga yo‘naltirilgan sohalar va boshqa istiqbolli tarmoqlarda o‘z ifodasini topmoqda.
Jumladan, 2004 yilning aprelida Rossiyaning Gazprom» kompaniyasi bilan «Shoxpaxta» gaz konida gaz qazib olish va undan foydalanishdagi ishtiroki bo‘yicha mahsulot taqsimoti to‘g‘risida bitim imzolandi. Ayni paytda «Gazprom» bilan Ustyurt nefggaz konlarida tabiiy gaz geologorazvedkasi, qazib olish va yiliga 10 mlrd. kub metr hajmida sotish mo‘ljallangan loyihaga 1,4 mlrd. AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritilishini ko‘zda tutuvchi bitim ishlab chiqilmoqda.
«Lukoyl» kompaniyasi bilan mahsulot taqsimoti asosida, Shodi gaz konlarida tabiiy gaz qazib olish va birgalikda sotish bo‘yicha yirik bitim loyihasi tayyorlanmoqda. Bunda «Lukoyl» kompaniyasi 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritadi va loyihaninng amalga oshirilishi 200 mlrd.kub metrga yaqin tabiiy gaz qazib olish imkonini beradi.
Shuningdek, mashinasozlik, asbobsozlik, elektrotexnika sanoatidagi texnologik kooperatsiyaga asoslangan samarali aloqalar tiklanmoqda. Kabel mahsulotlari, elektrotexnik mashinalar, jihozlar va apparatura ishlab chiqarish sohalarida 19 ta O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi faoliyat yuritmoqsa. 33 ta qo‘shma korxona sanoat va maishiy turdagi asbob-uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mashinasozlik, mashina va jihozlarni ta’mirlaydigan 68 ta ko‘shma korxona tuzilgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasi bo‘yicha integratsiya chuqurlashmoqda. Bu sohada to‘qqizta O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi faoliyat yuritmoqda.
«Vimm Bill Dan» kompaniyasi Toshkentning yirik «Toshkentsut» birlashmasi aksiyalarining 77 foizini xarid qilish haqidagi shartnomani imzoladi. Ushbu hujjatda sut mahsulotlarini qayta ishlash va meva sharbatlari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tuzish uchun 20 mln. dollar sarmoya kiritish ko‘zda tutilgan.
So‘nggi paytlarda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning kengayishi o‘zaro manafaatlarni ifodalovchi tabiiy jarayonga aylandi.
Bunday hamkorlikning asosini iqtisodiyotning oyoqqa turishi, har ikki mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va bir-birini to‘ldirishi, hududiy yaqinlik, transport infratuzilmasi hamkorligining yo‘lga qo‘yilganligi, sheriklarning bir-birini yaxshi bilishi, ularning xalqlarimiz umumiy madaniyatidan, fe’l-atvoridan xabardorligi tashkil etadi.
Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning kengayishi Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ilgari surayotgan Markaziy Osiyoda umumiy bozorni yaratish tashabbusi va bunyodkorlik yo‘lidagi jiddiy qadam bo‘lib, u o‘z navbatida jahon iqtisodiyotida mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshiradi.
Rossiyaning Markaziy Osiyodagi manfaatlari haqida gapirganda shuni e’tirof etish kerakki, u nafaqat geosiyosiy, balki jiddiy iqtisodiy asosga ham ega. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga kelganda shuni alohida ta’kidlash joizki, munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi ikkala mamlakat uchun ham hamkorlikni rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. Hozirgi kunda Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik (2004) darajasidan Ittifoqchilik (2005) darajasiga ko‘tarildi.
So‘nggi paytlarda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning kengayishi iqtisodiy sharoit va o‘zaro manafaatlarni ifodalovchi tabiiy jarayonga aylandi.
Ammo bu O‘zbekistonning Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirishi istiqlol yillaridagi hamkorlar, birinchi galda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevroittifoq mamlakatlari va Yaponiya bilan an’anaga aylangan iqtisodiy hamkorlikni susaytirish yoki qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi, degani emas albatta.
Biroq, Rossiyaning oxirgi tashqi siyosiy faoliyati, jumladan, Qirg‘izistonda o‘z harbiy bazasini tashkil qilishi, Markaziy Osiyoni o‘z ta’sir doirasiga tortish uchun kurash davom etib kelayotganligini, bu kurashda Markaziy Osiyo mintaqasi ham o‘z o‘rniga egaligini to‘la isbotlaydi.
Uzbekiston uchun, Rossiyaning munosabati alohida o‘rin tutadi. 2000 yilgacha, ya’ni V.Putin prezidentligiga qadar Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan munosabati mavhum va noaniqlikdan iborat edi. Rossiyalik tadqiqotchilarning fikrlari turlicha, ko‘p hollarda qarama-qarshiliklarga boy edi. Buning sabablaridan biri Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro iqtisodiy yaqinlashuvi va Rossiya ta’sirining kamayishi yoki Markaziy Osiyo davlatlarini ularning fikricha, boshqa davlatlarning ta’siriga tushib qolishdan xavfsirash edi. Ayrim rossiyalik ekspertlarning fikricha Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiya geosiyosiy ta’sir hududidan chiqishi, Rossiya xavfsizligi uchun tahdid hisoblanadi.
Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi muxbir a’zosi L.I.Medvedko shunday fikrga kelgan edi: «Tojikistondagi dramatik hodisalar, O‘rta Osiyoda islom fundamentalizmi yoyilishiga shart-sharoitlar yaratib berishi mumkinligini eslatdi. Bunga ko‘p holda Erondagi islom revolyusiyasini va Afg‘onistonda mujohidlarning g‘alaba qozonishiga turtki bo‘ldi.... O‘rta Osiyoning ayrim respublikalari va viloyatlarida, Kavkaz va Volga bo‘yida islomiy harakat uchun qulay zamin yaratilishi, bu yerdagi usiz ham hozirdagi omonat hokimiyatni o‘rniga avtoritar-teokratik tuzumni o‘rnatilishiga olib kelish mumkin. Ular kelajakda ehtimol Eron, Pokiston va Afg‘oniston bilan Rossiya uchun xavfli bo‘lgan dushmanlik ruhidagi harbiy-siyosiy alyans tuzishlari mumkin».
Yuqoridagi fikrlarga nisbatan esa Prezidentimiz o‘z vaqtida shunday degan edi: «Keyingi vaqtlarda Rossiyaning ochiq matbuotida bu mavzuda uzundan uzoq tahliliy materiallar va boshqa maqolalar qayta-qayta bosilib chiqmoqda. Ularning ohangi va mazmuniga qarasangiz, jurnalistlarning qalamini emas, balki maxsus tazyiqlar va ayrim siyosatchilarning tajribali qo‘lini ko‘rasiz. Bu maqolalar shovinizm xavfi va uning sobiq sovet makonida paydo bo‘lib, «yaqin xorij» deb atalayotgan yangi mustaqil davlatlarga nisbatan ko‘rinishlari o‘ylab chiqarilgan muammo emas, balki Rossiyaning o‘zi uchun ham birday xavfli tahdiddir, degan xulosani juda yaxshi ko‘rsatib va asoslab beradi».

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling