Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya
Maxalla – mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi va fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy elementi
Download 0.65 Mb.
|
1-30 gumanitar javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29. O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimi: uning jahon saylov qonunchiligi me’yorlariga mosligi.
- Zamon talabi - takomillashuv
- Parlamentda 15 o‘rin beriladi
- Ekolog-deputatlar qanday saylanadi
- Yana qanday o‘zgarishlar bor
- Qirq ming imzo kifoya
27. Maxalla – mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi va fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy elementi.
28. Uzini o‘zi boshqarish organlari: konstitutsiyaviy vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida”gi qonuni. 29. O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimi: uning jahon saylov qonunchiligi me’yorlariga mosligi. Demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda saylovning ahamiyati beqiyos. O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligi xalqimizning boy milliy qadriyatlari va tarixiy davlatchilik an’analari asosida saylovga oid xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda yaratilgan bo‘lib, fuqarolar va jamoat tashkilotlarining davlat hokimiyatini shakllantirish hamda davlat boshqaruvidagi erkin ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga asosan fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok o‘zini o‘zi boshqarish, davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bosh qomusimizning 34-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqining mustahkamlanishi fuqarolarning davlat hokimiyatini shakllantirishdagi siyosiy huquqlarini kafolatlashga xizmat qiladi. Ularga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi hamda davlat boshqaruvini amalga oshirishda ishtirok etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda davlat hokimiyati vakillik organlari demokratik saylov o‘tkazish bo‘yicha umume’tirof etilgan prinsiplar va huquqiy normalarga to‘liq mos keladigan saylov qonunchiligimiz asosida shakllantirilmoqda. Zamon talabi - takomillashuv Fuqarolarning saylov huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilishni ta’minlash, saylovlarni jamoatchilik va xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida o‘tkazish mexanizmlari O‘zbekiston saylov tizimi demokratiyaga asoslanganidan dalolat beradi. Mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashga qaratilgan bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan tub islohotlar milliy qonunchilikni, jumladan, saylov qonunchiligini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan parlamentga kiritilgan va Senatning 2008 yil 4-5 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan o‘n oltinchi yalpi majlisida ma’qullangan «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni muhim amaliy ahamiyatga egadir. 2009 yil 1 iyuldan e’tiboran kuchga kiradigan mazkur qonun parlament quyi palatasi faoliyatida siyosiy partiyalarning roli va ta’sirini yanada kuchaytirish, ommaviy jamoat birlashmasi - O‘zbekiston Ekologik harakatining Oliy Majlis qonunchilik palatasida vakilligini ta’minlash orqali hozirgi va kelajak avlodning atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanish, aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash borasidagi huquqlarini ro‘yobga chiqarish va ularga so‘zsiz rioya qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish, ayni paytda, saylov tizimi, qonunchiligini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish, siyosiy partiyalarning saylov jarayoni, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishdagi vakolatlarini kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Parlamentda 15 o‘rin beriladi Yuqorida tilga olingan qonun, ta’bir joiz bo‘lsa, qator o‘zgarishlarning huquqiy asosi bo‘ldi. Jumladan, siyosiy partiyalarning parlament quyi palatasidagi vakilligini kengaytirish maqsadida Konstitutsiyaning 77-moddasiga o‘zgartish kiritilib, qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlarining soni 120 tadan 150 taga oshirildi. Bunda 135 nafar deputat ko‘ppartiyaviylik asosida bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik ahvolni yaxshilash, salomatlik uchun kurashish, boshqacha aytganda, siyosiy maslagidan qat’i nazar, jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlariga birdek daxldor muammolarni hal etish masalalarining naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini e’tiborga olgan holda, mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishidan kelib chiqib, 15 ta deputatlik o‘rni O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylanadigan deputatlarga ajratildi. qonunda O‘zbekiston Ekologik harakatidan qonunchilik palatasiga deputatlarni saylash tartibi, deputatlikka saylanadigan shaxslarga qo‘yiladigan talablar, deputatlarning takroriy saylovini o‘tkazish mezonlari, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish, harakatdan saylangan deputatlarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar belgilab qo‘yilgan.Ekolog-deputatlar qanday saylanadi? Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, O‘zbekiston Ekologik harakatidan qonunchilik palatasiga deputatlar harakatning Respublika konferensiyasida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Deputatlar saylovini o‘tkazish muddatlari va tartibini belgilash Markaziy saylov komissiyasi zimmasiga yuklatilgan. Harakatdan saylangan deputatlarni ro‘yxatga olishni ham ushbu komissiya amalga oshiradi. Bunda saylov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiq hamda oshkoralik ruhida amalga oshirilishi ko‘zda tutildi. Qonunda, shuningdek, O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar qonunchilik palatasida deputatlar guruhini tuzishi, o‘z dasturiy maqsad-vazifalarining yaqinligi yoki mushtarakligidan kelib chiqib, parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etish uchun bloklar tuzishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishi nazarda tutildi. Yana qanday o‘zgarishlar bor? Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, qonunchilik palatasi deputatlari, shuningdek, joylarda mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari saylovlarida saylovchilarning tashabbuskor guruhlari institutining ishtiroki bekor qilindi. Saylov tizimi va qonunchiligini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan normalar ko‘zda tutildi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunga alohida - «Siyosiy partiyaning vakolatli vakili» degan modda kiritildi. Unga ko‘ra, deputatlikka o‘z nomzodlarini ko‘rsatgan siyosiy partiya Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘z a’zolari safidan saylov uchastkalarida ovozlarni sanashda ishtirok etish uchun vakolatli vakilini tayinlash huquqi mustahkamlandi. Xuddi shunday norma O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi qonuniga ham kiritildi. Bundan tashqari, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirilishi jarayonida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Ushbu qoida imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirishda xolislikka erishish, saylovlarning ochiq va oshkoraligini qo‘shimcha kafolatlashni va ularni o‘tkazishda siyosiy partiyalar huquqlarini amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradi. Qonunda ovozlarni sanash natijalari uchastka saylov komissiyasi majlisida ko‘rib chiqilishi va saylov komissiyasining raisi, uning o‘rinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnomada qayd etilishi belgilangan. Yana bir yangilik shuki, qonunga asosan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi va «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi qonunlariga yangi normalar kiritilmoqda. Bunda saylov komissiyalarining qarorlari ustidan shikoyat qilgan shaxs o‘z arizasini ko‘rib chiqish jarayonida bevosita ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu yangi o‘zgartishlar saylovlarning transparentligi va ochiqligini ta’minlash imkonini beradi, shuningdek, uchastka saylov komissiyalari faoliyati ustidan siyosiy partiyalarning jamoatchilik nazoratini amalga oshirishini yanada kuchaytiradi. Qirq ming imzo kifoya Bundan tashqari, qonunda siyosiy partiyalarning saylovlarda faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida, saylovda qatnashish istagida bo‘lgan siyosiy partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida kechi bilan olti oy oldin ro‘yxatdan o‘tishi bilan bog‘liq qoidadagi muddat to‘rt oyga qadar qisqartirildi. Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida ellik ming saylovchining imzosini to‘plashiga oid qoidadagi mazkur raqam o‘n mingga qisqartirildi. Endilikda siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etish uchun qirq ming saylovchining imzosini to‘plashi kifoya. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 27-moddasidagi «Saylovchilar yig‘ilishi uchastka saylov komissiyalari tomonidan tashkil etiladi» degan qoida ham o‘zgartirildi. Ya’ni endilikda saylovchilar yig‘ilishi siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil holda tashkil etiladi. Saylovchilar yig‘ilishini o‘tkazish joyi va muddati, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi. Shu bilan birga qonunga binoan siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarning o‘z saylovoldi kampaniyasini yanada faol o‘tkazishi uchun sharoit yaratish maqsadida qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafargacha oshirilishi ko‘zda 30. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish (2010 yil 12 noyabrdagi Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma yig‘ilishidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli nutqi asosida). Yangi davrda jahondagi ilg‘or mamlakatlarda shakllangan demokratiya va fuqarolik jamiyati asosiy qadriyatlari – halq hokimiyati, fuqarolar manfaatlarini himoyalashga qaratilgan siѐsat, siѐsiy qarorlarni qabul qilishda ko‘pchilikning irodasiga tayanish, ozchilikning huquqlarini hurmat qilish, inson huquqlariga rioya etishning kafolatlanishi, erkin va adolatli saylovlar tizimining joriy etilishi, barchaning qonun oldida tengligi, hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati kabi qadriyatlar halqning, har bir fuqaroning turmush tarzi, ma’naviyati va madaniyatining uzviy va ajralmas qismiga aylanganidagina, demokratik jamiyatni qurish real voqelikka aylanadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling