Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya
O‘zbekistonning osiyo mintaqasi mamlakatlari(Xitoy, Yaponiya , Janubiy koreya) bilan hamkorligi
Download 0.65 Mb.
|
1-30 gumanitar javoblar
75. O‘zbekistonning osiyo mintaqasi mamlakatlari(Xitoy, Yaponiya , Janubiy koreya) bilan hamkorligi.O‘zbekiston tashqi siyosatida Xitoy bilan o‘zaro munosabat alohida o‘rin tutadi. Xitoy bilan hamkorlik qilish iqtisodiy rivojlanishda, milliy va mintakaviy xavfsizlikni mustahkamlashda, globallashuv jarayoni chuqurlashayotgan va turli siyosiy o‘zgarishlar davri bo‘lgan hozirgi sharoitda xalqaro siyosat maydonidan munosib o‘rin egallashda katta ahamiyat kasb etadi. Xitoy xalqaro muammolarni yechishda tobora faol qatnashayotgan, dunyoda e’tirof etilgan «Xitoy modeli» tufayli yalpi ichki mahsuloti bir necha yildan buyon 78 foiz miqdorda barqaror o‘sib kelayotgan yetakchi mamlakatlar qatorida turadi.
O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Zero tashqi dunyo bilan aloqalarni keng ko‘lamda rivojlantirish yo‘lidan borayotgan mamlakatimiz o‘z mintaqasida xavfsizlikning asosiy tayanchi vazifasini o‘tayotgani, uning siyosiy nufuzi va iqtisodiy salohiyati xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Xalqlarimiz qadimdan Buyuk Ipak yo‘li orqali bir-biri bilan aloqa qilib, fan va madaniyatini boyitib, tajriba almashib kelgan. Xitoyliklar ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlari, xususan, uzum va beda yetishtirishni O‘rta Osiyo xalqlaridan o‘rgangan. Bu yerda esa Chin yurtining ipakchiligi va eritish texnikasi o‘zlashtirilgan. O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini rivojlantirish Buyuk Ipak yo‘li orqali o‘rnatilgan va ravnaq topgan tarixiy aloqalarni tiklash va hozirgi zamonaviy hamkorlikni kengaytirish nuqtai nazaridan ham dolzarbdir. Ikki mamlakat davlat rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, munosabatlarimizning huquqiy poydevori mustahkamligi buning uchun qulay zamin yaratadi. Shiddat bilan o‘zgarayotgan bugunga siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy vaziyat nafaqat O‘zbekiston va Xitoy kabi yaqin qo‘shni davlatlar, balki butun dunyo mamlakatlarining hamjihatlikda ish olti borishini taqozo etmoqda. Globallashuv jarayoni ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni hamda transport va kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirishni, terrorchilik, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasining, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishining oldini olishni, siyosiy aloqalarini yanada rivojlantirishni talab qilmokda. Mana shu masalalarning o‘ziyoq O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarida hamkorlik uchun keng faoliyat maydoni mavjudligini ko‘rsatadi. Eng muhimi, aloqalarni rivojlantirishdan, bir-birini qo‘llab-quvvatlashdan ikki mamlakat ham birdek manfaatdordir. Xalqaro munosabatlarning ushbu shakli davlatimiz tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. U uchinchi tomonning ishtirokisiz, ikki tomonlama teng xuquqli va o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatish, saqlash, chuqurlashtirish hamda rivojlantirish imkonini beradi. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tarixi va rivoji o‘zaro hamkorlikka yetarli darajada poydevor qo‘yilganidan guvohlik beradi. Buni quyidagi omillar misolida ko‘rib chiqish mumkin. Xitoyning xalqaro va mintakaviy muammolarini hal etishdagi ta’siri kuchayib bormoqda. Bu ayniqsa Markaziy va Janubiy Osiyo mintakasida tinchlik va barqarorlikni saqlash masalalarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari bilan jug‘rofiy yaqinligini qisobga olgan xolda, Xitoy bilan qamkorlik diniy ekstremizm, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, narkobiznes va noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi muammolarini hal etishda katta ahamiyatga ega. Bularni bartaraf qilishda dadil qadamlar tashlash va birgalikda konsepsiyalar yaratish ikki davlat hamkorligini yanada yaqinlashtiradi. Ko‘p davlatlar qatori Xitoy ham O‘zbekiston rahbariyatining Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi zonani barpo etish haqidagi siyosiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish g‘oyasi mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarga to‘la mos keladi. Bunday zonani tashkil etish va bu masalada yadro quroliga ega bo‘lgan qo‘shni Xitoy bilan hamkorlikda rejalarni amalga oshirish va rivojlantirish mintaqada o‘zaro ishonch va barqarorlikka asoslangan tinchlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Afg‘oniston muammosi – unga chegaradosh bo‘lgan O‘zbekiston va Xitoyni bezovta qiluvchi masala. Bunday vaziyat ikki davlatga ham tahdid tug‘dirmoqda. Muammoni «6+2» guruhi doirasida hal etishga chaqiruvchi O‘zbekistonning siyosiy tashabbusi, Pokiston bilan an’anaviy aloqalarga ega bo‘lgan XXR tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi e’tiborga molik. Xususan, Xitoyning bu muammoni ijobiy hal etishga faolroq yondashishi uning yechimini tezlashtirgan bo‘lar edi. Ma’lumki BMT xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari tarkibiga kiruvchi Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa davlatlar, o‘zlarining atroflarida joylashgan hududlarning barqarorligi uchun mas’uldirlar. Ushbu davlatlar elchixonalari Toshkentda ham joylashg‘an. Shu tufayli, ular orqali O‘zbekiston rahbariyati dunyoda tinchlikni saqlovchi asosiy mexanizm bo‘lgan Xavfsizlik kengashiga jahonda ro‘y berayotgan turli xil siyosiy, harbiy, iqtisodiy va boshqa voqealarga o‘zining munosabatini o‘z vaqtida bildirib turadi. Keyingi yillarda dunyo siyosatida Xitoy Xalq Respublikasining faolligi oshib bormoqda. Xitoy jahondagi geostrategik mavqeini mustahkamlashi natijasida aksariyat davlatlar Xitoy bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantira boshlashdi. Xitoy tobora yetakchi davlatlarning tashqi siyosatida ustuvor o‘rin egallab kelmoqda. O‘zbekistonning Xitoy bilan diplomatik aloqa o‘rnatganligi o‘z natijalarini ijobiy tomondan ko‘rsatmoqda. O‘zaro aloqalar hukumatlararo muzokaralarning izchilligi orqali davlatlar rahbarlarining rasmiy tashriflari, rasmiy delegatsiyalar va jamoat tashkilotlarining uchrashuvlari ruknida davom etmoqda. O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi mezonlar asosida amalga oshirilmoqda: milliy davlatlar manfaatlarining ustuvorligi, ya’ni o‘zaro manfaatdorlikni inobatga olish; o‘zaro teng foyda ko‘rish; bir-birining ichki siyosatiga aralashmaslik; umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor, tinchlik va barqarorlikni saqlash; xalqaro huquq normalariga rioya qilish va uning davlat ichki huquq normalaridan ko‘ra ustuvorligi. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar ham rivojlanib bormoqda. Bizningcha, O‘zbekiston Xitoy bilan munosabatlarida uzoq muddatli aloqa qilish strategiyasi va bu aloqalarni do‘stona hamkorlik ruhida rivojlantirib borishlari maqsadga muvofiqsir. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni farqi va ba’zi sohalarda o‘xshashligi davlatlararo aloqalarni rivojlantirishga hech qanday to‘sqinlik qilmaydi. Xitoyning rivojlangan davlatlar, ya’ni AQSh, Yaponiya, Osiyo, Uzoq Sharq davlatlari va Yevropa Ittifoqi bilan aloqa qilishdagi tajribasi shundan dalolat beradiki, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi farqlar o‘zaro manfaatli va keng miqyosdagi hamkorlikka hech ham to‘sqinlik qilmas ekan. Xitoy erishgan tajriba ayrim hollarda nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun foydali bo‘lishi mumkin. XXR tomonidan sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha malakalarni o‘rganish dunyoda sarmoyalarni qo‘yish bo‘yicha yo‘nalishlarni, ularni jalb qilish uslub va yo‘llarini hamda oqibatda yuzaga keladigan muammolarni yana ham yaxshiroq bilishimizga kafolat bera oladi. O‘zbekiston bilan XXR aloqalarini istiqbolli yo‘nalishlaridan yana biri, mintaqa davlatlarining o‘z hududi va uni qurshab turgan mamlakatlarda barqarorlikni saqlab turishidir. O‘zaro aloqalarning ko‘p qirrali bo‘lishi Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash; xalqaro tashkilotlar tomonidan tinchlikni saqlash uchun olib borilayotgan tadbirlarda ishtirok etish va bu sohada hamkorlikni chuqurlashtirish; ijtimoiy-iqtisodiy, energetika va atom energiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, o‘zaro istiqbolli hisoblangan transport loyihalarini amalga oshirish; telekommunikatsiya, turizm, fan, texnika va madaniyat sohasida ayirboshlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va Shanxay Xamkorlik Tashkiloti orqali Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarrrlikni ta’minlash masalalarida ishonchli tizimni yaratishdan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki paytlardayoq O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 1992 yil 2-3 yanvar kunlari XXR tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri Li Lanzin Toshkentda bo‘ldi, shu kunlari ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi, elchixonalar ochishga qaror qilindi. 1992 yil 12-14 mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov XXRga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Dastlabki tashrif chog‘ida hamkorlikning turli sohalari bo‘yicha 20 ga yaqin hujjatlar imzolangan bo‘lsa, 1994 yil 18-20 aprel kunlari XXR Davlat Kengashining raisi Li Penning O‘zbekistonga davlat tashrifi paytida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida kredit, xalqaro - iqtisodiy hamkorlik, havo transporti aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hukumatlararo bitimlar imzolandi. Unga ko‘ra, Xitoy O‘zbekistonda tayyorlanayotgan IL-76 va IL-114 samolyotlarini xarid qilishga qaror qildi. 1994 yil 24-25 oktabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga ikkinchi marta safar qildi va muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hujjat – "O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyillari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma", shuningdek, ikki davlat o‘rtasida konsullik shartnomasi imzolandi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling