Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


O‘zbekstonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari bilan hamkorligining asosiy yo‘nalishlari


Download 0.65 Mb.
bet31/51
Sana08.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1249017
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

79. O‘zbekstonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari bilan hamkorligining asosiy yo‘nalishlari.
Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi mintaqaviy tashkilot bo‘lib u sobiq SSSRning ayrim respublikalari tomonidan tuzilgan edi. Uni ta’sis etuvchi hujjatlar 1991 yil 8 dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya va Ukraina tomonidan imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini tuzish to‘g‘risidagi bitim, 1991 yil 21 dekabrda (Boltiqbo‘yi respublikalari va Gruziyadan tashqari) 11 ta sobiq Ittifoq respublikalari tomonidan Olmaotada imzolangan Bitimga Bayon va 1991 yil 21 dekabrda imzolangan Olmaota Deklaratsiyalari hisoblanadi. 1993 yil 22 yanvarda Minskda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat boshliqlari Kengashida (Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston nomidan) Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligining Nizomi qabul qilindi. Hamdo‘stlikning maqsadlari quyidagilardan iborat:
Siyosiy, iqtisodiy, ekologik, insonparvarlik, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni amalga oshirish;
Umumiy iqtisodiy makonni yaratish;
Umuminsoniy tamoyillar, Yevropada Xavfsizlik va Xamkorlik Tashkilotining me’yorlari asosida insonning asosiy hukuq hamda erkinliklarini ta’minlash;
A’zo davlatlarning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash hamda qurolsizlanishga yo‘naltirilgan hamkorliklarini amalga oshirish;
A’zo davlatlarning hamdo‘stlik hududida erkin yurishlari va muloqotlarini ta’minlash;
Huquqiy munosabatlarning boshqa sohalarida o‘zaro yordam va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Har qanday nizo va tortishuvlarni tinch yo‘llar bilan hal etish.
O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligidagi ishtirokini belgilovchi geosiyosiy va geostrategik holatlar:
1. MDHga a’zo mustaqil respublikalar ilgari ham hududiy, ham siyosiy, ham tashkiliy jihatdan bir butun yagona davlatning tarkibiy qismlari edi. Ko‘p yillar mobaynida ular o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar va aloqalarning keskin uzilishi respublikaning o‘zidagina emas, shu bilan birga, xalqaro maydonda ham vaziyatning chigallashishiga olib kelgan bo‘lur edi.
2. Respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bo‘lgan sobiq umumittifoq iqtisodiy makon doirasida shakllandi va rivojlandi. U boshqa mintaqalar bilan xo‘jalik aloqalarining chambarchas tuguni orqali bog‘langan bo‘lib, ular yuzasidan o‘zaro hisob-kitoblar rubl makonida amalga oshirilmoqsa. Bu munosabatlarni jahon xo‘jalik aloqalari bilan bog‘lamay, uzib qo‘yish (shunday aloqalarni o‘rnatish uchun uzoq vaqt talab etiladi) ishlab chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga, iqtisodiy ahvolning yomonlashuviga, ijtimoiy muammolarning keskinlashuviga olib kelishi mumkin va hozirdayoq shu holatga olib kelmoqda.
3. Barcha mustaqil respublikalarda, xususan, O‘zbekistonda ham sobiq Ittifoq ko‘lamida yaqin qarindosh-urug‘chilik aloqalariga ega bo‘lgan ko‘p millatli aholi yashaydi. Xamdo‘stlik doirasida chegaralarning ochiqligini, aholining bir joydan ikkinchi joyga borishi va axborot uzatish erkinligani saqlab qolish respublikada fuqarolar hamda millatlararo totuvlikni ta’minlash sharti, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun ularning o‘zaro aloqalar va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi manfaatlariga monand mintaqaviy xavfsizlik tizimini tashkil etish ehtiyoji mavjud. Shu ma’noda kollektiv, avvalo, mavjud bo‘lish va amal qilish tajribasiga MDH doirasida kollektiv xavfsizlik tizimi masalasi kun tartibiga chiqadi.
O‘zbekiston MDH doirasida o‘zining hayotiy muhim manfaatlariga ega. Shu ma’noda hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik asosida nafaqat hududiy yaqinlik va iqtisodiy bog‘liqlik, balki xalqlar o‘rtasida uzoq tarixiy davr davomida shakllangan hamdo‘stlik madaniy va ma’naviy aloqalar ham yotadi. Aslida, uzoq davr (70 yil) davomida xalqlarning umumiy yashashi natijasida o‘ziga xos milliylik ustun turuvchi xalq madaniyati – yevroosiyocha sivilizatsiya qaror topgan. Jug‘rofiy va geosiyosiy yaqinlik, tarixiy taqdirlarning umumiyligi, do‘stona va madaniy aloqalar, chegaralar bo‘ylab erkin ko‘chib yurish odati – bularning barchasi MDH davlatlarini birlashtirish va integratsiyani kuchaytirish uchun ob’ektiv sabab bo‘lib xizmat qiladi. Bunday sharoitda bir-biridan uzoqlashish, hatto chegaralarni yopish, fuqarolarning yurishini cheklash, yaxlit gumanitar, madaniy va axborot makonining buzilishi hamdo‘stlikka a’zo har bir davlat uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Zero, O‘zbekiston MDH doirasida ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishni doim o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qarab keladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, O‘zbekistonning MDH doirasida boshqa suveren davlatlar bilan milliy xavfsizlikni va mamlakat hududiy yaxlitligini ta’minlash masalalaridagi muvofiqlashtirish ishlari ilmiy-texnikaviy yutuqlar, texnik taraqqiyot, telekommunikatsiya, kosmik aloqa vositalari, zaruriy xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni sotib olish, shuningdek, jahon bozoriga chiqish uchun transport kommunikatsiyalaridan foydalanish kabilar. O‘zbekiston MDH davlatlari bilan ham ko‘ptomonlama xalqaro shartnomalar, hamda ikki tomonlama munosabatlar asosida olib boradi. Bularning barchasi O‘zbekistonning istiqbolda kollektiv mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratish borasidagi milliy manfaatlariga mos keladi. Tabiiyki, bunday tizimni yaratish yo‘lida katta muammolar turibdi.
Integratsiya uchun markazlashtirish kuchiga nisbatan nomarkazlashtirish tendensiyasi qarshi turadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, MDH doirasida kollektiv xavfsizlik tizimi uzoq davom etuvchi jarayonni talab etadi, zero o‘n yildan ortiq o‘tgan davr ichida hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida ham ob’ektiv, ham sub’ektiv aloqalar yuzaga qalqib chiqqan.
Bizningcha, MDH doirasida kollektiv xavfsizlik tizimiga nisbatan sust munosabatga, a’zo mamlakatlarning (Tojikistondan tashqari), real tahdidga duch kelmaganligi sabab bo‘ladi. Bunday holat ro‘y bergan taqdirda, boshqa omillar harakatga tushishi va eng avvalo, hayot qolish masalasi birinchi darajaga chiqishi, kelishmovchiliklar esa orqaga surib qo‘yilishi shubhasizdir Bu faqat MDH davlatlarigina emas, balki xavfsizligi to‘g‘risida qayg‘uruvchi barcha davlatlarga xosdir

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling