Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya
Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikni shakllantirish jamiyatning ma’naviy tiklanishining vazifalaridan biridir
Download 0.65 Mb.
|
1-30 gumanitar javoblar
36. Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikni shakllantirish jamiyatning ma’naviy tiklanishining vazifalaridan biridir.
Adolatli milliy siyosat olib borilganida ko’p millatlilik maqsadimiz yagonaligini, taqdirimiz birligini, hamjihatlik zarurligini tushunishta yordam beradi, umuminsoniy g’oyalarning ustuvor bo’lishini, shaxsiy manfaatlarni to’g’ri anglab olishni osonlashtiradi. Aksincha, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik umummilliy tamoyillarga biroz e’tiborsizlik ham tinchlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. I.A.Karimov o’z fikrini davom ettirib, shunday yozadi: "Ayni chog’da insoniyat tarixida buning aksini, ya’ni ko’p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda uyg’unlikning yo’qligi, butunbutun xalqlar va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiysiyosiy falokatlarga olib borganini ko’rsatuvchi misollar ham oz emas. Zero, ko’p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butunbutun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsizligiga putur yetkazuvchi bosh omilga aylangan"1. Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor Millatchilik va shovinizmning halokatli g’oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy istiqlol royasining amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar yetkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, xolisona hal qilinmoqda. Millatlar o’rtasida mojarolarga yo’l qo’ymaslik uchun: etnik siyosatda shaxs xukuqlari ximoya qilinishining ustuvor bo’lishini. mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda xal qiladigan usullarga asor.ttanittti bosh yo’limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kelishiga, har bir millat madaniyati, tili, urfodat va an’analari, madaniy merosini rivojalantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko’ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o’z milliy madaniy urfodatlari, an’analari, tiliga, konstitusiyaviy huquqiy tenglikka ega. O’zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliymadaniy markaz faoliyat ko’rsatmoqda. Shu yo’nalishda markazlar tuzish bo’yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O’zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. BuniNg ijobati maktablarimizda 9 ta milliy tilda o’qitish ipshari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko’rsatayotganlishda ko’rinmokda1. Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikshshg asoslari Jahon keng, dunyoda mamlakat ko’p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O’zbekistonimiz yakkayu yagonadir. O’zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, zahmatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzanlaridek yashashlarida namoyon bo’lmoqda. Bunday ahillik do’stlik va hamkorlik o’zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega, Bu asoslar mamlakatimiz Konstitusiyasida mustaxkamlab qo’yilgan. Xususan, uning 18moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir", — degan qoida mustahkamlab qo’yilgan1. E’tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy histuygulariga daxldor muhym ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab qo’yilganiga ishonch hosil qilish mumkin. Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat’iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan; Ikkinchidan, fuqarolarning diniy e’tiqodidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta’kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma’naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo’lsak mazkur qoidaning amaliy ahamiyati oydinlashadi. Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilikdan g’ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariXimizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajovuzkor millatchilik g’oyalaRi bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidaparastlik va irqchilik qarashlaridan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak muayyan hollarda ular omuxtalashgan shaklda ham chiqishi mumkin. Axborot globallashuvi kuzatilayotgan bugungi kunda turli g’oyalar hyech qanday chegaralarni tan olmay kirib kelishini e’tiborga oladigan bo’lsak ushbu tamoyilning ahamiyati yanada yaqqol namoyon bo’ladi. Tarixiy tajriba ko’p millatli davlatning barkarorligi millatlararo munosabatlarga daxldor huquq va erkinliklarni to’gri belgilab qo’yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga ham bog’liqligini ko’rsatadi. Ma’lumotlarga ko’ra, 2000 yilda 36 mamlakatda 40 ta, 2001 yilda esa 30 mamlakatda 36 harbiy nizo sodir bo’lgan Ularyugag 27 tasi, ya’ni 75 foizi bundan 10 yillar oldin boshlangan. Bu nizolarning aksariyati bir mamlakat ichida kechganini e’tiborga oladigan bo’lsak ularning milliy, diniy va irqiy asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari ekanini anglatadi. Bemalol aytish mumkinki, jahonning turli nuqtalarida alangalanib turgan bunday nizolar aksariyat hollarda millatlararo munosabatlarda millatlararo totuvlik bagrikenglikning yo’qligi ham sabab bo’lmoqda. Shu nuqtai nazardan, respublikamiz milliy siyosatining asosiy tamoyillari hayotda ham o’z ifodasini topayotganini ta’kidlash zarur. Xususan, millatlararo munosabatlar sohasidagi amaliyot haqida gap ketar ekan, istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o’zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar o’rnatishga imkon berganini qayd etish lozim. O’rnatilgan aloqalar ona tilini o’qitish va o’rganishni yo’lga qo’yish, turli qo’llanmalar va adabiyotlarni o’z vaqtida olish, yoshlarni ta’lim olish uchun rivojlangan mamlakatlar, ba’zan esa ularning tarixiy vataniga yuborish imkoniyatlarini yaratdi. Shuningdek keng qamrovli madaniyma’rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keldi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling