Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


Diniy bag‘rikenglik – O‘zbekiston Respublikasida tinchlik va barqarorlik sharti


Download 0.65 Mb.
bet42/51
Sana08.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1249017
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

39. Diniy bag‘rikenglik – O‘zbekiston Respublikasida tinchlik va barqarorlik sharti.
Diniy ekstremizm va fundamentalizm mamlakatimiz uchun jiddiy xavf ekanligini tushuntirib, O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining XI sessiyasida yangi taxrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilot- lar to`g`risidagi” Qonunning moxiyatini qisqacha tushuntiradi. Buning uch- u XI sessiyasida Prizidentimiz I.A.Karimovning so`zlagan nutqi bilan tatanish bo`lishi va bu nutqdagi:“Tarbiyachilar, olimlar, domlalar tomoshabin bo`lib
o`tirmasligi lozim. Farzandlarimizni kim to`g`ri yo`lga soladi, kim ularning ongini tozalaydi, kim ularga haq gaplarni gapirib hayotda o`z e’tiqodiga suyanib yashashni o`rgatadi, tarbiyalaydi?. Yoshlarning to`g`ri yo`l tanlashida kim birinchi bo`lib yordam berishi kerak, ularga kim tayanch bo`lishi lozim?- degan so`zlarni keltirib, oilada va maktabda kimlarga quloq solishi, kimlarga ergashishi, ularning Vatan oldidagi, ota – ona oldidagi burchi qanday ekanligini tushuntiradi. So`ngra diniy ekstremizm va fundamentalizm xavfi haqida to`xtalib, XX asr oxiridagi dunyo o`zgarishlarini tushuntiradi. Chunki XX asr oxiriga kelib dunyoda, ayniqsa uning jug`rofiy – siyosiy xaritasida katta o`zgarishlar bo`ldi, jumladan yangi-yangi mustaqil davlatlar paydo bo`lib, jahon hamjamiyatiga kelib qo`shildilar. Ayniqsa xudosizlik g`oyasi doimo olg`a surib, unga amal qilib kelgan sho`rolar saltanatining qulashi va yangi paydo bo`lgan mustaqil davlatlarda demokratik jarayonlarbing kuchayishi qator mamlakatlarda diniy uyg`onishning kelib chiqishida asosiy rol o`ynaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O`zbekiston XXIasr bo`sag`asida: xavfsilikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolat- lari” asarida ta’kidlab o`tilganidek, “XX asr ilmiy kashfiyotlar asri, inson koinot sirlari qo`yniga kirib borayotgan asr, axborot va g`oyat ulkan texnikaviy imkoniyatlar asri bo`ldi. Shu bilan birga bu asarning oxiri diniy qadiryatlarning uyg`onish davri, vaznin, behuda urinishlardan holi diniy ma`naviyatga o`ziga xos tarzda qaytish davri bo`lib, qoldi”
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin xalqmizning ma`naviy va madaniy merosiga, taruxiga, ona tilimizga munosabat tubdan ijobiy tomonga o`zgardi. Bizning mamlakatimizda diniy qadriyatlarga erkinlik berildi. Muborak istiqlolimiz tufayli ko`p yillar quvg`inda bo`lgan dinimiz yana ravnaq topa boshladi. Jumladan, siyosiy dunyoqarashlar erkinligi, hurfikrlik, diniy tashkilotlar faoliyatining rivoji topshiga zanin yaratdi. Musulmonlar uchun turli xil adabiyotlar chop etildi. Gazetalar, jurnallar sahifalarida, zangori ekranda islom dinining etuk vakillari o`z maqolalari va suhbatlari bilan ishtirok etadilar.Taqvodorlarning jamoa bo`lib toat-ibodat qilishlari uchun qishloq va mahallarda masjidlar barpo etildi. Agar O`zbekistonda mustaqillikka qadar 90 ga yaqin masjid bo`lgan bo`lsa, hozir 3000 tadan oshib ketdi. Farg`ona viloyatida istiqlolga qadar bor-yo`g`i 3 ta jome` masjidi qonuniy ro`yxatdan o`tgan bo`lsa, hozir bunday masjidlar 200 dan ortiqdir. Namangan viloyatida ham mustaqillikkacha atigi 3ta masjid bo`lgan bo`lsa, 1300dan ortiq masjidlar faoliyat ko`rsatmoqda. Masjidlar ko`pi juda katta mablag` evaziga g`urilgan bo`lib, moddiy jihatdan yaxshi ta`minlangan. Masjidlar qayerda va qanday qurilishi kerak? Qancha musulmonga bitta masjid to`g`ri keladi? Har bir mahalla uchun alohida masjid qurish kerakmi? Bu borada Z.Munavvarovning “Xalq so’zi” gazetasining 1998-yil 3-mart sonida bosilib chiqqan. “Dunyoviy davlat va din” maqolasida keltirilgan quyidagi fikrlarni o’quvchilarga yetkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mustaqil mamlakatimizda muqaddas qadamjolarni tiklashga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Diniy ta’lim beruvchi madrasalar, Oliy Islom bilimgohi faoliyat ko’rsatmoqda. Musulmonlarning asosiy qismi haqiqiy demokratik duyoviy jamiyat qurish rejasini qat’iyat bilan amalgam oshirayotgan davlatimiz tomonidan e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qulay imkoniyatlardan ongli foydalanmoqda.
Muborak Haj va Umra ibodatlariga aynan shu dunyoviy jamiyatni barpo etishni bosh maqsad qilib qo’ygan davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozli imkoniyatlar tufayli borib kelmoqdalar. Ammo, bu yengilliklardan, imtiyoz va sharoitlardan ba’zi bir Islomdan yetarlicha xabari bo’lmagan chala mullalar esankirab qoldilar. Ular demokratik davlatda xohlagan ishni qilish mumkin deb o’ylab, fuqarolar o’rtasida ig’vogarona, jangarilikka chorlaydigan diniy ta’limni kuchaytirib yubordilar. Ba’zi g’alamislar diniy ta’lim jarayonida siyosatga aralashishni, kelgusida o’zlarini davlat mansablarida ko’rishni orzu qilib, turli maktablarda buni tashviqot qila boshladilar. Diniy saboq berish hamma joyda avj oldi. Ayniqsa, Namangan viloyatida bu narsa ommaviylashdi. Qonunga muvofiq musulmonlar idorasi ijozatisiz, Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olinmagan muassasalar va shaxslarning diniy saboq berishlariga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, din davlatdan va maktabdan ajratilgan. Binobarin, o’quvchi yoshlarga maktabdan bo’sh paytlarida diniy mashg’ultlarga qatnashishlariga ruxsat etilgan. Lekin shunga qaramasdan ayrim yoshlarning maktabdagi darslarini qoldirib, masjidlarga qatnayotganligi, qonunga xilof ravishda diniy tahsil olayotganliklari, ko’cha-ko’yda chalasavod mullalar tomonidan xurofot ham targ’ib etilayotganligidan tashvishlanmaslik mumkin emas. Bag`rikenglik tushunchasi
1. Bag`rikenglik— bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o`zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to`g`ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e`tiqod vujudga keltiradi. Bag`rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma`naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag`rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir.
2. Bag`rikenglik yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bag`rikenglik eng avvalo insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bag`rikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi bo`lib xizmat qilmaydi. Bag`rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim.
3. Bag`rikenglik inson huquqularini qaror toptirish, plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya ,va huquqning tantanasi uchun ko`maklashish majburiyatidir. Bag`rikenglik aqida bozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda o`rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir.
4. Bag`rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo`lishni, o`z imon-e`tiqodidan voz kechish yoxud boshqalarning e`tiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim o`z e`tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog`i lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o`z tabiatiga ko`ra tashqi ko`rinishi, qiyofasi, o`zini tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi e`tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va o`zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar.Vaholangki, Islom dini musulmonlarga taraqqiyot yo’lidan yurishni farz qilgan, kishilarni ilmga undagan.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling