Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya
Download 0.65 Mb.
|
1-30 gumanitar javoblar
Shaharchalar ham ma’muriy-hududiy birlik bo‘lib, uning turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida joylashgan hamda kamida ikki ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida 106 ta shaharchalar mavjud.
Qishloqlar – ma’muriy-hududiy bo‘linishning quyii bo‘g‘inlaridan biridir. Shahar hududlariga kirmaydigan, ma’lum aholi soniga ega bo‘lgan qishloq markazlari va ma’lum sanoat ob’ektlari atrofida istiqomat qiluvchi aholining yashash joylari qishloqlar bo‘lishi mumkin. Ovullar esa qishloqlarga qaraganda kichikroq hajmdagi yashash va turar joylardan iborat aholi punktlaridir. Ovullarda ko‘p hollarda chorvador oilalar istiqomat qilib, ular asosan ko‘chib yuruvchi bir necha cho‘ponlar oilalaridan tashkil topadi. O‘zbekiston REspublikasida qishloq va ovullar 1427 tadan oshiqdir Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining shimoliy-g‘arbida joylashgan. Maydoni 164,9 ming kv. km. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 ta tuman, 12 ta shahar, 16 ta shaharcha, 112 ovul bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti - Nukus shahridir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy amaliyot O‘zbekiston Respublikasining unitar davlat sifatidagi quyidagi belgilarini ko‘rsatadi: O‘zbekiston Respublikasi hududiy tuzilishi bo‘yicha yagona birlikni tashkil etadi. Davlat hokimiyati respublika hududida bir butunlikni tashkil etadi va ularning chiqargan huquqiy hujjatlari butun O‘zbekiston hududiga taalluqlidir. Qonunlarning yagonaligi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Demak, respublikaning butun hududida yagona Konstitutsiya va qonunlar amalda bo‘ladi. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridan tashqari unga zid bo‘lmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari amalda bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasini tashqi siyosati O‘zbekiston xalqining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasiga binoan O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida moliya, pul tizimi, soliq, bojxona tuzilishi va respublika Qurolli kuchlari, Milliy xavfsizlik va ichki ishlar organlari xizmati markazlashtirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyun «O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomilaga kiritish to‘g‘risida»gi Farmon1i asosida respublikaning butun hududida milliy valyutamiz – SO‘M muomilaga kiritildi. Konstitutsiyaning 123-moddasiga binoan esa O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi va x.k.lar. Butun O‘zbekiston hududida yagona fuqarolik joriy qilingan. Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarga ega bo‘lganlikdan qat’i nazar, hamma uchun tengdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. Yuqoridagilarga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasini davlat tuzilishi shakliga ko‘ra federativ davlat tuzilishining ba’zi bir belgilari (xususiyatlari)ni o‘zida mujassamlashtirgan unitar davlat deb ko‘rsatishimiz mumkin. Ma’muriy-hududiy bo‘linish – bu qonun asosida tuzilgan, ma’lum nomga, tegishli davlat-huquqiy maqomga ega bo‘lgan va boshqa ma’muriy-hududiy bo‘laklar bilan, hukmronlik va bo‘ysunish munosabatlari bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi hududning tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasi hududining ma’lum ma’muriy bo‘laklarga bo‘linishi, davlatning asosiy funksiya va vazifalarini amalga oshirishda zarur tadbir bo‘lib hisoblanadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ma’muriy-hududiy bo‘lakda o‘z vazifalarini shu davlat hududiy bo‘laklari orqali amalga oshiradilar. Demak, ma’muriy-hududiy bo‘laklarga mos ravishda davlat apparatining tegishli bo‘g‘inlari ham takomillashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishini amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: iqtisodiy tamoyil siyosiy tamoyil milliy-maishiy tamoyil davlat apparatini aholiga yaqinlashtirish tamoyili viloyatlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling