Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


Download 0.65 Mb.
bet3/51
Sana08.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1249017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

Huquqiy davlathuquqning hukmronligi, qonunning ustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi taʼminlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining boʻlinish prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat. Huquqiy davlat gʻoyalarining ildizi juda chuqur. Uning boshida xalq hokimiyati tashkil etilishining nazariy asoslarini koʻrgan Salon, Aristotel, Sitseron turgan edi. XVII asrning mutafakkiri D. Lokk huquqning hukmronligi qonun hukmronlik qiladigan davlat koʻrinishida tasavvur qildi. Huquqiy davlat nazariyasining falsafiy asosini I.Kant ifodalab berdi. „Davlat- bu huquqiy qonunlarga boʻysundirilgan juda koʻp odamlarning birlashuvidir“ (I.Kant.Asarlar, 4-tom,233-bet). Huquqiy davlat gʻoyasining mohiyati-ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning ustun boʻlishidadir. Huquqiy davlat belgilari:

  1. Huquqning hukmronligi;

  2. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi;

  3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish, taʼminlash;

  4. Davlat va fuqaroning oʻzaro mas`uliyati;

  5. Hokimiyat vakolatlarining boʻlinishi;

  6. Sudning mustaqilligi;

  7. Huquqni muhofaza qilish organlarining samarali ishlashi;

  8. Huquqiy madaniyatning yuqori ekanligi;

  9. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi.

huquqiy davlatning elementlari:
1) qonun ustuvorligi;
2) qonun oldida hammaning tengligi;
3) hamma o‘z ish faoliyatini qonun doirasida bajarishi;

  1. 4) hokimiyat organlarining bo‘linishi tamoyiliga amal qiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonunning mazmuni va ahamiyati.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotidan.
O‘zbekiston Respublikasi, — deb ta’kidlanadi Bayonotda, — to‘la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo‘ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o‘zini ochiq deb e’lon qiladi. Oliy Kengash sessiyasi „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida“ Qaror qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va respublikani bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo‘ydi.
1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qaroridan.
Oliy Kengash „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ Qonun qabul qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: „ O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir“, — deb qonunlashtirib qo‘yildi. Qonunda O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qo‘yildi. Mustaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonunda O‘zbekiston Res¬publikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegarasi, hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas, deb qat’iy qonunlashtirib qo‘yildi. Mazkur qonunda respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbe¬kiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi, deyiladi bu qonunda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasi 1991- yil 30- sentabr kuni „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qildi. Qarorda O‘zbekiston Res¬publikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari „O‘zbe¬kiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘ri¬sida“gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo‘yildi.


  1. Download 0.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling