Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya
O‘zbekiston Respublikasi milliy madaniy markazlarini tuzish va ularning millatlaaro totuvlikni taminlashdagi o‘rni
Download 0.65 Mb.
|
1-30 gumanitar javoblar
37. O‘zbekiston Respublikasi milliy madaniy markazlarini tuzish va ularning millatlaaro totuvlikni taminlashdagi o‘rni.
Mustaqillik yillarida ko‘p millatli Respublikada millat va elatlar o‘rtasida tinchlik va totuvlikni saqlanganligi O‘zbkistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lidan rivojlanishda qo‘lga kiritilgan katta yutuqlardan biridir. Chunki 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan mamlakatda tubdan yangilash, bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tkazish osonlik bilan amalga oshmaydi. Bu borada hukumat eng avvalo konstitutsiyaviy talablar asosida ish olib bordi. Aholini barcha tabaqasi va turli millat vakillari diqqatini bir nuqtaga qaratdi. U ham bo‘lsa “qonun oldida hammani tengligi”. Shu bilan birga 1989 yili oktabrda Oliy Kengash Sessiyasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi ba’zi russizabon va boshqa tildagilar uchun noqulayliklar keltirib chiqardi. Bularni ruhan tayyor emasligini hisobga olgan holda davlat rahbarlari dasturni sekin-asta hayot taqozosi asosida o‘zgartirishlar kiritib kelishmoqda. Davlatimizda muntazzam sur’atda til to‘g‘risida tushuntirishlar olib borildi. Bunga milliy madaniy markazlarni yordami katta tahsinlarga loyiq. 1995 yil 21 dekabrda Oliy Majlis IV sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borishdir. Ushbu qonunning to‘rtinchi moddasida: O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millat va elatlarning tillariga izzat hurmat bilan munosabatda bo‘lishi ta’minlandi va bu tillarni rivojlantirish uchun shart – sharoit yaratiladi- deb yozib qo‘yilgan. Bu quo‘ida millatlar aro do‘stlik munosabatlarini yaqinlashga xizmat qilab boshladi. Bularni amalga oshirishda milliy madaniy markazlarni tuzish va ko‘paytirishni taqozo etadi. Milliy madaniy markazlar tub aholi bo‘lmagan halqlarni, milliy an’analarini o‘ziga xos urf-odatlarini va madaniyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi bir tashkilotdir. 1989 yilda Madaniyat vazirligi qoshida mamlakat millatlararo Madaniyat markazlari tashki etildi. Buning tarkibida 12 ta jumladan Koreys, Qozoq, Arman, Ozarbayjon, Tojik,... . va boshqa madaniyat markazi faoliyat ko‘rsatar edi. Vaqt o‘tgani sayin bularni soni ham ortib bordi. Xususan mustaqilligimizning beshinchi yilida bunday markazlar soni 80 tani tashkil etdi. Bunday rivojlantirish o‘z navbatida davlatimizni bularga bo‘lgan ishonchini bildiradi va ularni faoliyatini muvofiqlashtirishni taqozo etadi. Shu maqsadda 1993 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorii bilan “O‘zbekiston Respublikasi Baynilminal madaniyat markazi” tashkil etildi.15 Bu baynalminal madaniyat markazi Respublikadagi milliy madaniy markazlarni birlashtirdi va ularni bir - birlari bilan hamkorlikda ish olib borishga ko‘maklashmoqda. Bu markaz qoshidagi milliy madaniy markazlar faoliyatidagi muhim yo‘nalish, umumxalq bayramlariga, diyorimizdagi jamiki millat va elatlarni ishtirok etilishi va unda o‘zining milliy an’analariga sodiq qolgan holda bayramda ishtirok etishini ta’minlaydi. Shuningdek, milliy an’analarimizni urf-odatlarimizni hamda milliy qadriyatlarimizni saqlash va avaylash shularning zimmasida. Jumladan, Respublikamizda o‘tkaziladigan an’anaviy milliy bayramimiz “Navro‘z” nafaqat mahalliy millat vakillari, balki Respublikada yashaydigan barcha millat va elatlar bu bayramda ishtirok etishadi. O‘z navbatida mahalliy millat bayramlari bilan birga boshqa millatlarning ham bayramlari nishonlanadi. Masalan, ruslaning milliy bayrami bo‘lmish “Maslinnitsa rojdestvo”, tatarlarni “Sabontoy” va boshqa bir qator millat va elatlarning bayramlarida mahalliy aholi vakillari ham ishtiro‘k etib kelishadi. Bu bir tarafdan mahlum bir xalqning milliy bayramini o‘ziga xos an’ana urf-odatlarini o‘rganishga, boshqa bir millatni shu millatga bo‘lgan hurmatini va yoshlar dunyoqarashida milliy qadriyatni anglatish o‘zaro qarindoshlik va hurmat asosida umumiy xonadon-yagona Vatan tuyg‘usini singdirishga xizmat qiladi. Shu madaniy markazlar bilan birga milliy madaniyat markazlar mamlakatda, sog‘lom, ma’naviy, madaniy xamda ruhiy iqlimning barqarori bo‘lishini ta’minlaydi. Milliy madaniy markazlar Baynalminal madaniyat markazi qo‘shida O‘zbekiston taraqqiyotiga va shu taraqqiyot yo‘lida millatlararo totuvlikda yashashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Shularni inobatga olgan holda Prezidetimiz I.A.Karimov ham muayyan bir millat vakillarini ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi jamoat tashkilotlari tuzishlariga ruxsat berdi. Ammo bu tuziladigan markazlar O‘zbekiston Respublikasini jamoat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunlarga, hamda milliy madaniy markazlarni o‘z nizomlarga asoslanib faoliyat olib boradi. Milliy madaniy markazlar muayyan millatga xos bo‘lgan milliy madaniyati, tili, urf-odatlari, an’ana va taomillarini o‘rganish, saqlab qolish va uni rivojlanishidan manfaatdordir. Bularning barchasi O‘zbekiston fuqarolarini ahil inoq va qon qarindosh bo‘lib ketishini hamda va shu vatan uchun birlashishini qo‘llab-quvvatlaydi. Dastlab milliy madaniy markazlar O‘zbekiston hududida Koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan 1989 yilda viloyatlarda o‘z faoliyatlarini boshladi. Ammo bu markazlarni to‘liq rivojlanib erkin faoliyat olib borishlari bu Mustaqillikdan so‘ng boshlandi. Bularni samarali faoliyat olib borshlariga imkoniyatlar yaratildi. Natijada milliy madaniy markazlar soni yil sayin ortib bordi. Agar 1992 yil diyorimizda milliy madaniy markazlar 10 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda bunday markazlar 138 tadan ortiq. Ular Respublika madaniyat markazlari viloyat, tuman, shahar hamda ovul madaniyat markazlaridan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini diyorimizni ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy hayotida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Shuningdek xorijiy mamlakatdagi turdosh tashkilotlar hamda tarixiy vatanlari bilan do‘stona hamkorlik, madaniy ma’rifiy aloqalarning tiklash, Respublika baynalminal madaniyat markazi, vazirliklar idorasi, davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda mamlakatimiz aholisini hamjihatligi va millatlararo totuvlikni mustahkamlash milliy madaniy markazlarni vazifalaridan biri hisoblanadi.16 Bu maqsad va vazifalariga erishishda markazlar quyidagi faoliyat turlarini amalga o‘shiradi: musiqa va teatr, ona tili tarixi, yozuvi, adabiyoti, halq o‘g‘zaki ijodi, teatr va rassomchilik san’ati, milliy urf-odatlari, milliy sporti va milliy o‘yinlari, hunarmandchilik hamda yakshanba maktablarini amaldagi qonunga muvofiq tashkillaydi. 17 Milliy madaniyat markazlari, milliy til, milliy san’at turlari va milliy urf-odatlarini o‘rganish hamda targ‘ib qilish maqsadida viloyatlarda, shaharlarda seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, festvallar o‘tkazib kelishadi. Unda xor va badiiy ijodiy ko‘rinishlar bilan festivallarni qizitib turadilar. Bu markazlar faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini Qarorii bilan tuzilgan Respublika baynalminal madaniyat markazi muvofiqlashtirib turadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling