Denov tadbirkorlik va pedagogika imstituti


Download 13.34 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi13.34 Kb.
#1515431
Bog'liq
Yakuniy hisobot Sarvinoz


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA IMSTITUTI
Magistratura bo’limi


70530101–Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) mutaxasisligi magistranti
Ergasheva Sarvinoz Erkinovnaning


2022 – 2023 o’quv yili I semesterdagi ilmiy-pedagogik ishlarning yakuni bo’yicha

Magistrant talabalarning ilmiy-pedagogik ishini tashkil etishni o’rganish mobaynida quyidagilarni bilib oldim. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015- yil 2- mart 36-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan magistratura haqidagi Nizom va DTS talablariga asosan magistr:


har tomonlama bilimdon, fundamental ilmiy asosga ega, ilmiy ijod uslubiyoti, zamonaviy axborot texnologiyasi, ilmiy ma’lumotlar qabul qilish, ulardan foydalanish va saqlash usullarini biladigan, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyor bo‘lishi lozim. Har bir magistr ilmiy-tadqiqot ishi natijalari bo‘yicha: yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, o‘quv-tarbiyaviy jarayonini 1.faollashtirish uslublari, talabalar bilimlarini reyting nazorat tizimida baholash;
2.mustaqil o‘qishning tashkiliy va o‘quv–uslubiy ta’minoti, uzoqdan o‘qishning texnologiyalari;
3.o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
4.turli mashg‘ulotlarni o‘tkazish, ma’ruza matnlari va mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalarini tuzish;
5.talabalar bilimlari nazoratining tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minotini rejalashtirish;
6.tarbiyaviy ishning tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minoti bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi kerak ekan
Denov tadbirkorlik va pedagogika institute magistrant talabalarining ilmiy-pedagogik ishlarini tashkil etish “Magistrlik dasturiga qo‘yiladigan talablar”ga mos holda amalga oshirilishini bilib oldim. Har bir ta’lim muassasasida ta’lim yo’nalishi magistrantlarining ilmiy-pedagogik ishi shu kafedrada ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari magistrantning ilmiy –pedagogik ishini bajarishida kasb-hunar kolleji, akademik litsey va Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, murabbiylar bilan bevosita ilmiy-pedagogik hamkorlik qilish, ularning pedagogik faoliyati va tajribalarini bevosita o‘rganish, umumlashtirish, tahlil qilish, ular rahbarligida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borish, shuningdek, dekanat va kafedra ishlarini tashkil etilishiga oid me’yoriy hujjatlar bilan tanishadilar. O’tgan oylar mobaynida magistrning ilmiy pedagogik ishi va malakaviy ishlari hisoboti A4 formatdagi qog‘ozda qo‘lyozma yoki kompyuterda bajarilishini bilib oldim. Ilmiy pedagogik ishning qismlari quyidagicha bo’lar ekan:
Kirish. Dars tahlillari varaqalari. Dars ishlanmalari va uning muhokama qaydnomasi. Chop qilingan maqola kseronusxasi va nashrga tayyorlangan maqola. Yotoqxonada o‘tkazilgan tadbir ssenariysi va murabbiylik soatining qaydnomasi.
Ilmiy jurnal hamda Internet maqolalariga tayyorlangan taqrizlar ushbu maqolalarning kseronusxasi yoki elektron versiyasi bilan. Ishchi dasturga tayyorlangan taqriz. Ilmiy-metodik qo‘llanma yoki darslikka tayyorlangan annotatsiya. Magistrlik dissertatsiyasining rejalashtirilgan qismining bajarilganligi to‘g‘risida hisobot va unga ilmiy rahbar xulosasi. Elektron ishlanmaning qog‘ozda chop qilingan nusxasi yoki ilmiy rahbarning bajarilgan ishlar yuzasidan imzolangan axboroti. Yuqoridagi talablarni bajargan magistrant hisobotini uning ilmiy rahbari hamda kafedra mudiri ko’rib chiqib imzolaydi. Ilmiy pedagogik ish yakunlari kafedrada muhokama qilinadi va ushbu muhokamadan so’ng magistrantning qilgan ishlari , hisobotlari, tahlillari bo’yicha to‘plagan bali va bahosi e’lon qilinadi.

Ilmiy rahbar: ________ ________________________


Kafedra mudiri: _________ _______________________
Magistratura bo’limi boshlig’i: _________ _______________________
Download 13.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling