Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti maktabgacha ta’lim kafedrasi


Download 6.09 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi6.09 Kb.
#1762214
Bog'liq
8-maruza metodika

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI


ERMATOVA MEHRINISO BEKMURODOVNA
METODIKA FANLARINI
OʻQITISH TEXNOLOGIYASI
FANI

8-mavzu: Seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish texnologiyasi. REJA: 1.Seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish texnologiyasi. 2.Oliy ta’limda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish. 3.Laboratoriya mashg‘ulotning texnologik xaritasi.

Seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish texnologiyasi O‘qitishni yo‘lga qo‘yishning ta’lim muassasalarida qo‘llanilib kelinayotgan bir qator shakllari mavjud: Bulardan: praktikum va seminar mashg‘ulotlari, fakultativ mashg‘ulotlar; o‘quv ekskursiyalari; qo‘shimcha dars; maslahat; suhbat; uy ishlari; ma’ruza; imtihon, sinov, test, reyting tizimi va boshqalarni keltirish mumkin.


Seminar mashg‘ulotlari odatda, gumanitar, ijtimoiy fanlarda ma’lum bo‘lim yoki katta boblarni o‘rganib bo‘lingach, olib boriladi.
Seminar mashg‘ulotlari rejalari haqida talabalar bilan oldindan fikrlashib olinadi. Zarur adabiyotlar, manbalar tavsiya etiladi. Talabalar muammoli xarakterdagi referat, axborotlar va ma’ruzalar bilan chiqishlar qiladilar.
Odatda seminar mashg‘ulotlari o‘qituvchining qisqacha kirish so‘zidan so‘ng boshlanadi. Asosiy vazifalar mavzu yo‘nalishida hal etilishi kerakligi aytiladi. Talabalar chiqishlari ma’lum savollar va unga berilgan javoblar hamda ma’lum qo‘shimcha tarzdagi fikrlar bilan to‘ldiriladi. Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi umumlashtiruvchi, bugungi chiqishlarga baho beruvchi fikrlarni bildiradi.
Oliy ta’limda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish
Amaliy mashg‘ulot – bu ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta’minlovchi, mashg‘ulotning o‘qitish shaklidir.
Amaliy mashg‘ulot quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladi:
nazariy materialni tartibga solish.
ko‘nikmalarni hosil qilish.
bilimlarni nazorat qilish.
Amaliy mashg‘ulot darslarida yangi pedagogik texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalanish uchun imkoniyatlar katta bo‘ladi.
Ma’ruza darslari mavjud bo‘lgan fanlardan amaliy mashg‘ulot darslari albatta ma’ruza o‘tilgandan keyin o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulot darslarida savol javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan talabalar rag‘batlantirilib ball qo‘yiladi.
Ma’ruza darslari rejalashtirilmagan, faqat amaliy dars o‘tkaziladigan fanlardan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda nazariy bilimlar bilan amaliy mashqlar bajarish birgalikda olib boriladi.
3.Labaratoriya mashg’uloti amaliy mashg’ulotlar tizimida alohida o'rin tutadi, bunda talabalarning nazariy-uslubiy bilimlari va amaliy ko'nikmalari o'quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatining yagona jarayoniga birlashtiriladi.
Laboratoriya mashg‘uloti davomidagi mustaqil ishlar darsga tayyorgarlik bosqichida amalga oshiriladi:
darsga nazariy tayyorgarlik;
oldingi darsda olingan topshiriq bo‘yicha amaliy yoki tadqiqot ishlari;
tadqiqot ma‘lumotlarini qayta ishlash va hisobot yozish;
amaliy tajribani tavsiflash va izohlash va uni muhokama qilishga tayyorlash.
Mustaqil ish laboratoriya yoki amaliy darsning o‘zida (yakka tartibda, juftlikda yoki kichik guruhlarda) amalga oshiriladi:
  • laboratoriya va amaliy ishlarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘zlashtirish; ko‘rgazmali eksperimentni muhokama qilish;
  • amaliy vazifalarni bajarish;
  • bajarilgan ishlar natijalarini muhokama qilish.

  • Mustaqil ish laboratoriya-amaliy mashg‘ulotdan so‘ng amalga oshiriladi:
  • auditoriya darsi natijalari bo‘yicha yozma hisobotlar tayyorlash;
  • laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarning o‘quv natijalarini tushunish.

 
  • Seminar mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
  • Amaliy mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
  • Laboratoriya mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?

Nazorat savollari
Download 6.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling