Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti raqamli iqtisodiyot kafedrasi


Download 59.72 Kb.
bet9/10
Sana08.05.2023
Hajmi59.72 Kb.
#1447289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi

Tovarning baholanish2-rasm
Qiymatning yagona manbai va oxirgi o'lchovi shu tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mexnat bo’lib, bu mexnat sarflari jami uchun zarur o’rtacha sarfga tengdir. Smit malakali va murakkab mexnatdan oddiyga utishga ma’lum koeffitsientlar yordamida barilishini uqtiradi. Ish haqqi yani ishchining daromadi Smitning fikri bo’yicha mexnat maxsuloti bo’lib, mexnat uchun to’lanadigan tibbiy mukofotdir, oddiy takror ishlab chiqarishda ham mehnat haqqi mavjuddir. U oddi ishlab chiqaruvchi bilan yollanma ishining daromadlarini bir deb biladi. Oddiy takror ishlab chiqarishda ish haqqi ishchining butun mehnat mahsulotiga teng.
2.2.Qiymat nazariyasi.
D.Rikardo nazariyasida tovar qiymati uni eng yomon sharoitda ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori bilan o’lchanadi. Masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining qiymati ularni eng yomon yerlarda ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflari bilan o’lchanadi. Agar qiymat ushbu xarajatlardan past bo’lsa, unda yomon sharoitda ishlovchilar ishlab chiqarishni to’xtatgan va mazkur tarmoqdan ketgan bo’lar edilar. Bu yerda shu narsaga e’tibor berish kerakki, D.Rikardo qiymatning mutlaq ifodasini emas, balki ikki tovarning nisbiy qiymatini nazarda tutgan. Agar A tovar V tovarga ayirboshlansa, unda ayirboshlash proportsiyasi ularni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflari nisbatiga asoslanadi. Moddiy sarflarchi, ular qanday bo’ladi? D.Rikardo fikricha, kapital- bu mujassamlashgan mehnat, ya’ni kapitalni yaratuvchilarning oldingi mehnati. Demak,tovarning qiymati uni yomon ishlab chiqarish sharoitida tayyorlashga ketgan jonli mehnat sarflari bilan hamda kapital va xomashyoni ishlab chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan o’lchanadi. D.Rikardo ta’limotiga ko’ra, tovar qiymatini aniqlashda faqat uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflarini emas, balki uning sifatini (malakali va murakkab mehnatga ko’p xaq to’lanadi), tovarni bozorga olib kelishga ketgan vaqtni, asosiy va aylanma kapitaldan foydalanish xususiyatini ham hisobga olish zarur. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog’liq bo’ladi. Umuman olganda D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat nazariyasi sarfli printsiplarga asoslangan. Uning bu nazariyasini birinchi bo’lib tanqid qilgan o’zining do’sti T.Maltus hisoblanadi. U birinchidan, savol qo’yadi: agar qiymatning mehnat nazariyasini to’g’ri deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to’lash qanday bo’ladi: qiymat bo’yichami yoki qiymatdan past baho bo’yichami? Agar baho qiymatdan past bo’lsa, unda ekvivalentli ayirboshlash printsipi buziladi(foydaliligi har hil, lekin bir xil qiymatga ega bo’lgan tovarlar ayirboshlanadi)- bu klassik nazariyaning va D.Rikardoning asosiy printsipi. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi real amaliyot bilan mos tushmasligini ko’rsatib beradi:agar qiymatning yagona manbai haqiqatdan ham mehnat bo’lsa, unda mehnat ko’p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar, kapital ko’ p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko’proq foyda olishlari kerak. Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda normasi deyarli bir xil. Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham aniqlanadi deb, xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o’limidan sal avval, o’zining qiymat faqat mehnat sarflari bilan o’lchanadi deb tushuntirishga qilgan harakati noto’g’ri ekanligini tan olgan. D.Rikardo tabiat va kapitalning qiymatni ko’paytirish xususiyatini inkor etadi.Masalan, uning nazariyasida yer rentasi (yerdan foydalangani uchun ijara haqi) bu tabiat natijasi emas, balki sotsial omillarning qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bahosiga bo’lgan ta’siri natijasidir. Odamlar, birinchi navbatda, eng unumdorli yerlarda ishlaydilar. Ammo aholi sonining ko’payib borishi yomon yerlarni ham ishlashga majbur yetadi. Chunki yaxshi yerlarda etishtirilgan mahsulotlar o’sib borayotgan aholining ehtiyojlarini qondira olmaydi. Faraz qilaylik, unumdorligi yaxshi muayyan yer uchastkasida ishlashga 10 soat ketadi va bozorda mahsulot bahosi 10 pul birligiga teng. Aholining o’sishi oziqovqattovarlari bahosining oshishiga olib keladi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarni yomon yerlarni ham ishlashga majbur qiladi. Bu erlardan ko’rsatilgan miqdordagi hosilni olish uchun 10 soat emas, balki 15 soat ish vaqti ketadi. Shunga muvofiq mahsulotning bahosi ham 15 pul birligiga oshadi. Bozor bahosi bu summadan kam bo’lmasligi kerak, aks holda yomon yer uchastkalari ishlatilmasdan qolib ketadi. Yaxshi uchastkada ishlovchi fermerlar ishlab chiqarishga 10 pul birligiga teng mehnat sarflaydilar, o’z mahsulotlarini esa 15 pul birlikka sotadilar. O'rtadagi 5 birlik farq yer egasiga tegadi. Ana shu, D.Rikardo nazariyasi bo’yicha, renta hisoblanadi. Uning tasdiqlashicha, keyinchalik aholining yana o’sishi kishilarni yana ham yomonroq yerlarni ishlashga majbur etadi, bu esa qishloq xo’jalik mahsulotlari qiymatining o’sishiga va rentaning ko’payishiga olib keladi. Shunday qilib, yer rentasi miqdori tuproq unumdorligiga va uchastkaning bozorga uzoq-yaqin joylashishiga bog’liq bo’ladi. Bu qoida keyinchalik differentsial renta kontseptsiyasi nomini oladi.
A.Smit ta’limotiga ko’ra ish haqi mehnat unumdorligi natijasi, renta esa- yer unumdorligi natijasi hisoblanadi. D.Rikardoda ish haqi - mehnat sarflari natijasi,renta esa -kamg’blik va yer uchastkalarining har xilliligi natijasi hisoblanadi. Renta qiymat yaratmaydi. Aksincha renta miqdori bozor bahosi darajasiga bog’liq bo’ladi. «Renta to’langani uchun non qimmat emas, balki non qimmat bo’lgani uchun renta to’lanadi...Agar, hatto, yer egalari barcha rentalardan voz kechganlarida ham nonning bahosi hech kamaymagan bo’lar edi»,-deb yozadi D.Rikardo. Aholi soni oshib borishi bilan milliy daromadda renta hissasining ko’payib borish tendentsiyasi amal qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib borishi va milliy daromadda renta miqdorining ko’payib borish tendentsiyasi D.Rikardoni juda tashvishga solgan. U bundan qutilishning yo’li xuddi T.Maltusga o’xshab tug’ilishni kamaytirish deb bilgan. D.Rikardo fikri bo’yicha, yomon yerlarni ishlamaslikka imkon beruvchi yana bir vosita - mustamlakalardagi yuqori unumdorli yerlardan foydalanish hisoblanadi. Uchinchi vosita - xalqaro savdoni rivojlantirish, aholisi zich bo’lmagan mamlakatlardan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olib kelish. Nihoyat, D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beruvchi texnik taraqqiyotga ishonch hosil qilgan.
Xulosa
Insonning iqtisodiy faoliyati rivojlanishning uzoq yo'lini bosib o'tdi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ta'sirida o'zgarib bordi. Tarixiy jihatdan ijtimoiy iqtisodiyotning birinchi shakli bu yordamchi dehqonchilikdir. Yashash iqtisodiyotning belgilovchi xususiyati - bu o'z iste'moliga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishdir.Tovar iqtisodiyotining paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun ikkita shart talab qilinadi: Ommaviy mehnat taqsimoti unda individual ishlab chiqaruvchilar ma'lum mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan (masalan, mato). Bu ularning almashinuviga ehtiyoj tug'diradi.Tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy yakkalanishi. Bu shuni anglatadiki, mulkdor mustaqil bo'lib, u o'zining shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqib, o'z xavfi va tavakkalida iqtisodiy qarorlarni o'zi qabul qiladi. Kurs ishidan xulosa qiladigan bo'lsak, tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka(istе’mol qiymatiga) va qiymatga egadir. Bu kurs ishidan shuni xulosa qilamizki demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste`mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega. Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali,naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron – bir ehtiyojini qondiradi.Iqtisodiyot nazariyasi fanida tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo’nalish mavjud hamda ular o’rtasida doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralar bo’lib kelmoqda va bular: talab va taklif
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:

Download 59.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling