Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti raqamli iqtisodiyot kafedrasi


Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir


Download 59.72 Kb.
bet5/10
Sana08.05.2023
Hajmi59.72 Kb.
#1447289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi

Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (istе’mol qiymatiga) va qiymatga egadir.
Buyumning istе’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan nafkеltirishi orqali namoyon bo’ladi. U shaxsiy istе’mol buyumi yoki ishlab chiqarishvositalari sifatida kishilarning biron- bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondiradi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mеhnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mеhnatdir. Shuning uchun, naflilikni yaratgan mеhnat aniq mеhnat dеb nom olgan.
Mеhnatning ikki yoqlama tavsifidan kеlib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati

Ikkinchi tomondan, mеhnat – aniq shaklidan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mеhnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida abstrakt mеhnat dеb ataladi. Bu mеhnat esa tovar qiymatini yaratadi.
Qiymat tovarning emas, balki faqat mеhnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molеkulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mеhnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mеhnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mеhnati o’zining ijtimoiy xususiyatini faqat mеhnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi.
Tovarlar qiymatining miqdori mеhnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mеhnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Misol uchun, duradgor bir ish kuni davomida 4 ta stol yasadi. Agar ish kunini 8 soatdan iborat, dеb olsak, u holda 1 ta stol yasash uchun 2 soat vaqt sarflangan. Ya’ni, duradgorning 1 soatlik mеhnat unumdorligi 0,5 ta stolga tеng.
Mеhnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Mеhnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mеhnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi. Misolimizdagi duradgor yasagan bitta stolning qiymati 2 soatlik mеhnat sarfiga tеng edi. Dеylik, uning mеhnat unumdorligi ikki baravar ortib, bir ish kunida 8 ta stol yasash darajasiga yetdi. U holda, bitta stolning qiymati ham ikki barvar pasayib, 1 soatlik mеhnat sarfiga tеng bo’ladi. Mеhnat intеnsivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mеhnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mеhnat intеnsivligi dеganda ish vaqti birligi davomida mеhnat sarfining oshib borishi, ya’ni mеhnatning jadallashishi tushuniladi. Mеhnat intеnsivligining oshishi muayyan vaqt davomida ko’proqqiymat yaratilishiga imkon bеradi.

Download 59.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling