Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti osiyo mamlakatlar tarixi fanidan
Insonning paydo bo`lishi xususidagi qarashlar va nazariyalar
Download 325.43 Kb.
|
Markaziy Osiyo svilizatsiyasi
1.2. Insonning paydo bo`lishi xususidagi qarashlar va nazariyalar.
Odamning kelib chiqish va rivojlanish jaraѐni tarix fanida antropogenez jaraѐni deb ataladi. U yunon tilidan olingan bo'lib, ―antropos‖-odam, ―genezis rivojlanish degan ma'noni bildiradi. Insoning paydo bo'lishi haqida ikki xil nazariya bor: I - diniy nazariya bo'lib, unga ko'ra inson Xudo tomonidan yaratilgan; II - ilmiy nazariya bo'lib, uning asosida Ch.Darvinning evolyusion ta'limoti yotadi. Islom dinida odam Olloh tomonidan tuproqdan yaratilib, jon kiritilgani va ular odam ato va Momo havo bo'lgan deb ko'rsatiladi. Xristian dinida odamzod Xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun qizil loydan yaratildi, dastlabki odamlar Adam va Eva deb ta'riflanadi. Ingliz olimi Ch.Darvin evropalik arxeologlarning Germaniya va Avstriyadagi tadqiqotlarining natijalarini tahlil qilib, odamlarning ajdodlari daraxtda yuruvchi eng oliy turdagi maymunsimon odamlar (driopiteklar) bo'lganligi haqidagi evolyusion nazariyani ishlab chiqqan. Antropogenez jarayoni to'rt bosqichga bo'linadi: 1 - odamning ilk ajdodlari, 2 - eng qadimgi odamlar, 3 - qadimgi odamlar, 4 - hozirgi qiyofadagi odamlar Odamlarning ilk ajdodlariga driopitek, ramapiteklar kiradi. Bundan taxminan 25 mln yil oldin driopiteklarning yashash uchun kurashi, tabiiy tanlanish tufayli ikki tarmoqqa: hozirgi odamsimon maymunlarga va dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Bir tarmoqdan Gorilla, shimpanze, Orangutanlar kelib chiqqan. Ikkinchi tarmoqdan ramapiteklar paydo bo'lib, ular 15-7 mln yil ilgari yashagan. Ramapiteklarning tashqiqiѐfasi odamga yaqin bo'lgan2. Eng qadimgi odamlar - avstrolopitek, zinjantrop, pitekantrop va sinatroplar hisoblanadi. Ularni fanda Homo habilis - ishbilarmon odam turiga kiritadilar. Shuningdek, ilk va o'rta paleolit davrida yashagan odam turlarini umumiy qilib, arxantroplar deb ataladi. Arxantroplar — qadimgi odamsimon maymunlarning odamga aylanishi jaraѐnidagi oraliq mavjudotlar bo'lib, ular maymun va odamning belgilarini o'zida mujassamlashtirganlar. Sharoitning keskin o'zgarishi tufayli driopiteklarning ba'zi xillari ikki oѐqlab yurishga o'tganlar. Oqibatda Janubiy "maymunlar" avstralopiteklar paydo bo'lgan (lotincha ―australis‖ — Janubiy, ―pitiekos — maymun). Avstralopiteklarning shakllanishi 6-5 million yil ilgari ro'y bergan. Ular ikki oѐqlab yurishgan, tayѐr taѐqlar, toshlar, yirik hayvon suyaklaridan qurol sifatida foydalana olganlar. Zinjantrop odami Tanzaniyaning Zinj nomli qishlog'idan topilgan. U 1,5 – 2 million yillar ilgari yashagan. Pitekantrop, sinantrop odam turlari xomo erektus (Homo erectus) , ya'ni tik yuruvchi odam turiga kiradi. Pitekantrop (maymun odam) Indoneziyadagi Yava orolida 1890 yilda topilgan. U bundan 1 mln. 500 million yillar ilgari yashagan3. Sinantrop (Xitoy odami) Pekin yaqinidan topilgan. U bundan 700-600 ming yil ilgari yashagan. Uning makonidan gulxan qolddiqlari topilgan. Bu esa, uning olovdan foydalanganligini ko'rsatadi. O'rta paleolit davrida yashagan odam turlarini paleontroplar deyiladi. Bunga asosan neandertal odam turi mansubdir. U dastlab 1856 yil esa Germaniyaning neandertal vodiysidan topildi. Neandertallar Evropa, Osiyo, Afrikada keng tarqalib, ular xilma-xil jismoniy tipni tashkil qilganlar. So'nggi paleolit hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar vujudga keladi. Olimlar ularni ―aql-idrokli odam" (nomo sapiens) deb ataganlar va neontrop turiga mansub deb ko'rsatganlar. Ular bundan 40-35 ming yil muqaddam yashaganlar. Bu odam turi dastlab Frantsiyaning janubidagi Kromanon degan joydan, keyinchalik uning qoldikdari Evropa, Osiyo, Afrika, Avstraliyadan ham topilgan. Download 325.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling