Darsning jihozi: qog'oz, flomaster, yelim, qisqich, qaychi, mikrotestlar, akvarium, baliqlar,
rag'batlantirish uchun jetonlar.
Sinf sharoiti. O'qituvchi turli usullar bilan o'quvchilarni guruhlarga ajratadi. Sinfdagi partalar doira
shaklida qo'yib chiqiladi.
Tashkiliy qism. Sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linib o'tiradilar. O'qituvchi guruhlar bilimi teng
bo'lishi uchun qizil, ko'k, oq, yashil, sariq rangli doirachalardan foydalanishi
mumkin. Bir xil rangdagi doira egalari bir guruhni tashkil etishi aytiladi. Har bir guruh o'ziga nom
tanlaydi. Buning uchun o'quvchilarni darsga hozirlash, qiziqtirish, harakatga keltirish, mavzuni
mustaqil anglab yetishlari uchun topishmoqlardan foydalanish lozim. — Topishmoqning javobini
toping: Elakdan un elandi Supra unga belandi. (qor) — Qor qaysi faslda yog'adi? — O'ylang,
bugun o'rganadigan yangi mavzu nima haqida ekan?
Xattaxtaga bo'lim nomi — „Kumush qish" yoziladi. So'ng guruhga qish fasli bilan bog'liq holda
nom tanlashlari mustaqil ish qilib beriladi. 1-guruh „Qorparcha", 2-guruh „Ayozbobo", 3-guruh
„Qorbobo", 4-guruh „Sumalak", 5-guruh „Qish" deb nomlanishi mumkin. Har bir guruh a'zolari
o'zlariga sardor saylaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |