Denov tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Sayfutdinov Xasan Tojiboyevichning


Download 1.28 Mb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1584411
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
HARAKATLI O`YINLAR TAVSIYA 2020



Denov tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Sayfutdinov Xasan Tojiboyevichning
Sog`lomlashtiruvchi hamda xordiq chqaruvchi harakatli o`yinlar” mavzusida ishlab chiqqan uslubiy tavsiyalari



Denov -2020 yil


KIRISH
Bolalarni jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida o‘z burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bola maktabga qadam qo‘ygan birinchi kunidan boshlaboq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg‘otish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan, bolalarning sevimli o‘yinlaridan foydalanish ayni muddaodir.
O‘yinlar hayotdagi to‘siqlarni yengish hamda har xil xislat va qobiliyatlarni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy mashqlarning turli majmuasini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda, bolalar sevib o‘ynaydigan, ularga baxt va quvonch baxsh etadigan musobaqa elementlari ham harakatli o‘yinlarga kiradi.
Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘yinlari taqlid qilish tabiatida bo‘ladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni kuzatadi, undagi ba’zi narsalarni o‘yinga kiritadi va shu o‘yin vositasida o‘zini qurshab turgan olamni bilib oladi, shunday ekan, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo‘ladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma to‘rtta bobdan iborat bo‘lib, birinchisi
harakatli o‘yinlarning kelib chiqishi tarixi, ikkinchisi — harakatli o‘yinlar haqida asosiy tushuncha va pedagogik ahamiyati, uchinchisi
harakatli o‘yinlarni tashkil qilish shakllari, jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi, to‘rtinchisi — sinfdan va maktabdan tashqari vaqtda harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi kiritilgan bo‘lib, o‘yinlarni o‘rgatish va o‘tkazish metodikalari har tomonlama yoritilgan.
HARAKATLI O‘YINLARNING KELIB CHIQISHI TARIXI
Tarixiy ma’iumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik o‘yinlari muhim o‘rin tutgan. Ba’zi manbalarda ular ovdan oldin o‘tkazilishi yozilgan bo‘lsa, boshqalarida ovdan so‘nggi o‘yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu ma’lumotlarni chuqurroq tahlil etadigan bo‘lsak, unda ovchilik o‘yinlari ovdan oldin ham, undan so‘ng ham o‘tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o‘yinlar — avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik) vazifasini o‘tagan hamda jiddiy o‘ziga xos kichik ibtidoiy odamlar o‘ljani osongina qo‘lga tushirish, unga yaqinlashishni o‘rga- nishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga kirish, uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. Aynan ana shunday o‘yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o‘rga- tishgan. Shu boisdan ham u o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tab, bir tomondan, ovchilar mahoratini o‘stirishga yordam bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid san’atini shakllantirgan va rivojlantirgan.
Ovdan so‘nggi o‘yinlar ov muvaffaqiyatli tugagandagina uyush- tirilgan deb tahlil qilish mumkin. Chunki o‘lja bilan qaytish, bu — ziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram qilishiga imkon yaratgan.
eslatadi. Dastlabki paytlarda shovqmli betartib o‘yinlar bora-bora musiqaviy ohang pantomima hamda plastik harakatlar orqali amalga oshirila boshlangan keyingi davrlarda, bunday etnografik talqindagi o‘yinlar turli shakllarga ko‘chib «Ayiq o‘yini», «Dev o‘yini», «May- mun o‘yini», so‘ngra «Pishiq o‘yin», «Ot o‘yini», «Yumronqoziq o‘yini», «Echki o‘yini», «Bo‘ri o‘yini», «Kaltak o‘yini», «Burgut o‘yini», «It o‘yini (irillatar o‘yini)», «Quyon o‘yini», «Tulki o‘yini», «Jak-jaku o‘yini» kabi ko‘pgina o‘yinlar, pantomimalari avloddan- avlodga o‘tib kelayotgani ma’lum. Ular bevosita yoxud bilvosita bolalar folklor o‘yinlariga aloqadordir. Shu tariqa «o‘yin» so‘zi turkiy xalqlarning o‘ynamoq so‘zi bilan bog‘liq holda (uy, aql, hikmat ma’nolarini beradi). Aql fahmni, harakat va imo-ishoralar vositasida ifoda etmoqlik esa o‘yinlarning dunyoga kelishida muhimdir. Mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi odamlaming chorvachilik va dehqonchilikka o‘tishi (bu jarayon o‘rta Osiyoda miloddan oldingi III ming yillik oxiri II ming yillik boshlariga to‘g‘ri keladi) ana shu yangi sohaga oid odat, marosim va o‘yinlarni vujudga keltira boshladi.
Ma’lumki, dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea bu hosilni yig‘ish va yangi noz-ne’matlarni totib ko‘rish jarayoni bo‘lgan. Yil bo‘yi kutilgan bunday jarayon, dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan. Bunday ko‘tarinki kayfiyatni harakatlarda aks ettirish maqsadida kishilar o‘yinlar va marosimlarni tashkil qilishgan, «Mehnat o‘yinlari» yaxshi kayfiyat bilan keng ma’noda aytilganda bayram ruhiyatini vujudga keltirgan. Bronza davrlaridan boshlab o‘troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning tez rivojlanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirishish, kuzda hosilning yig‘ib olish yakuniga bag‘ishlangan bayramlar va o‘yinlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar o‘tishi bilan an’anaga aylana boshlagan.

Demak, insonning «birinchi kasbi» — ovchilik asosida — «Ovchilik o‘yinlari» vujudga kelgan bo‘lsa, uning dehqonchilikka o‘tishi va u bilan shug‘ullanishi natijasida «Mehnat o‘yinlari» shakllanib, yangi mehnat o‘yinlari va bayramlari uchun zamin yaratgan.


Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgor- liklar» asari muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa Navro‘z bayrami kunlarida har xil musobaqalar va o‘yinlar «Ko‘pkari», «Kurash», «Ekin ekish», «Xo‘rozlar jangi», poyga bayramning ko‘rki sanalgan. Shu bilan birga bedana, xo‘roz, qo‘chqor urishtirish o‘yinlari ham o‘tkazilgan.
Shuning uchun xalq o‘yinlarining dastlabki namunalari insoniyat ongi va tafakkuri bilan bog‘liqdir. Uning paydo bo‘lishida o‘sha davr shart-sharoitlari, odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyo- qarashi, urf-odat va marosimlari asosiy rol o‘ynagan. Avvalo oddiy og‘zaki bayonning dastlabki namunalari paydo bo‘lgan. Ular nihoyat- da sodda bo‘lib, turli xildagi undov xitoblar va voqealarning bayoni- dan iborat bo‘lgan. Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi.
Eng qadimgi xalq o‘yinlari namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha ilgari paydo bo‘lgan. Ilk xalq o‘yinlari asl holda, to‘laligicha bizga yetib kelmagan. U otadan-bolaga, avloddan-avlodga o‘tib, har bir o‘yin turli xil ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni bosib o‘tganligi sa- babli uning shakli va mazmunida yangi-yangi variantlari yuzaga kelgan.
Xalq o‘yinlarining eng qadimgi namunalari ba’zi tarixiy yod- gorliklar, ilmiy asar va yodnomalar orqaligina bizgacha yetib kelgan. Eng qadimgi o‘yinlar jangnomalar, miflar, afsona va rivoyatlar, qahramonlik eposlari, sanoqlar va raqslardan tashkil topgan.
Jahonga mashhur bo‘lgan olim, tibbiyot ilmining buyuk no- moyandalaridan biri Abu Ali ibn Sino tibbiyotda jismoniy mashq- larning roli katta ekanligini ilmiy asoslab, o‘sha vaqtlardayoq xalq milliy o‘yinlari va milliy kurash haqida qimmatli fikrlarni yozib qol- dirgan. Masalan, u quyidagi o‘yinlarni: «Yoydan o‘q otish», «Kichik qurollar bilan chovgon o‘yinlari», «Bir oyoqda sakrash», «Yuqori- dagi bir narsaga irg‘ib osilish», «Nayza otish», «Tosh ko‘tarish» va shunga o‘xshash o‘yinlarni yozib qoldirgan. Unga tevarak-atrofidagi shaxslar sen bilimdon va aqlli, o‘zing bolalarga har xil fanlardan bilim berasan-u, yana ular bilan o‘ynaysan, deganlar, Ibn Sino bunday tanqidiy mulohazaga: «Inson hayotining har bir davri o‘zining go‘zal- ligiga ega. Bolalikning xususiyati esa o‘yin», deb javob bergan edi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling