Denov tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Sayfutdinov Xasan Tojiboyevichning
-9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN HARAKATLI O‘YINLAR
Download 1.28 Mb.
|
HARAKATLI O`YINLAR TAVSIYA 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-11 -SINF O‘QUVCHILARI UCHUN HARAKATLI O‘YINLAR
- . O‘YIN TANLASH MEZONI — Jamoali; fikrlarni rivojiantiruvchi; darsning ma’lum talablariga javob beradigan. . DARSNING TAYYORLOV QISMI
7-9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN HARAKATLI O‘YINLAR
7—8-sinfning jismoniy tarbiya darsida o‘tiladigan harakatli o‘yin- larning soni o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifaga, shug‘ul- lanuvchilarning tarkibiga va ish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy tarbiya darsida o‘smirlarning o‘yin bilan shug‘illanish jarayonida asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: o‘yin vaziyatida gimnastika mashqlari (umbaloq oshishlar, tayanib sakrashlar, tir- mashib chiqish mashq va muvozanat saqlash), yengil atletika mashqlari (past va yuqori start, tez yurish, yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash, kichik va katta koptoklarni uloqtirish), to‘pni egallash malakalarini (basketbol, futbol, voleybol o‘yini uchun) mustahkamlash va takomillashtirish; o‘z jamoasining javobgarligini his qilish, o‘zaro yordamlashish malakalarini, jamoa manfaati uchun oqilona tavakkal qila bilishni tarbiyalash; o‘yin qoidalari buzilganiga chiday olmaslik harakatni aniq bir maqsadga qaratilganligini, o‘zini tuta bilishligini, diqqatini taqsimlamoqlikni, harakatda mo‘ljalini tez ola bilishni tarbiyalash; jamoa o‘yinlarida tashkilotchilik malakalarini, sport o‘yiniga birmuncha yaqin bo‘lgan murakkab harakatli o‘yinlarda hakamlik malakalarini rivojlantirish.
10-11 -SINF O‘QUVCHILARI UCHUN HARAKATLI O‘YINLAR Jismoniy tarbiya dasturi bo‘yicha 10—11-sinflarda harakatli o‘yin- lar kiritilmagan, biroq darslarda, oldingi sinflarda o‘tilgan harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. Uning vazifasi shundan iboratki, turli-tuman o‘yin vaziyatlarida o‘quvchilarni harakat qilishga o‘rgatish ko‘proq maqsadga muvofiq bo‘ladi va turli-tuman sport turlari bilan shug‘ullanganda egallagan malakalarni mustahkamlaydi va takomil- lashtiradi. 10—11-sinflarda harakatli o‘yinlar yorqin ifoda qilingan yordamchi xarakterdadir. O‘quvchilar kutilmaganda o‘yin sharoitida ijod qilingan yoki egallagan malakasini to‘g‘ri qo‘llashga odatlanadi. O‘quvchilarning sport o‘yinlariga bo‘lgan katta qiziqishni hisobga olingan holda, shug‘ullanuvchilar sonining ko‘pligi sababli jismoniy tarbiya darsida o‘tkazish qiyin, shuning uchun sport o‘yinlariga yaqin bo‘lgani sababli sinfning barchasiga harakatli o‘yinlarni tavsiya qilish mumkin. Muhimi, bu o‘yindagi texnika va taktikasi sport o‘yinlaridek bir xil bo‘lishi kerak. Bundaylarga quyidagi o‘yinlarni kiritish mumkin: «To‘p sardorga», «To‘p uchun kurash» (basketbol o‘yiniga tayyor- lovchi), «Voleybolchining to‘p uzatishi», «To‘pni uzatdingmi o‘tir» voleybol elementlari bilan estafeta, (voleybol o‘yiniga tayyorlaydigan) «Doirada oyoq bilan to‘p tepish», «Raqibning himoyachilari o‘rtasida» (futbol o‘yiniga tayyorlaydigan) va boshqalar. . O‘YIN TANLASH MEZONI — Jamoali; fikrlarni rivojiantiruvchi; darsning ma’lum talablariga javob beradigan. . DARSNING TAYYORLOV QISMI Mashq qilish jarayonida charchash yoki topshiriqni orta borishi bilan fikrlash qobilyati susayadi. Harakatga sarflanadigan vaqt cho‘ziladi, fikr sifati pasayadi. Darsning tayyorlov qismida qon tomirining bir daqiqada urishi 130—140 martadan oshmasligi kerak. Shuning uchun aynan darsning tayyorlov qismida holatni bilish, to‘p bilan qilinadigan xatti-hara- katni tushunib yetish, o‘yinda aniq lahzalar xususiyatini ko‘ra bilish, qizg‘in jarayonga kirishib bo‘sh o‘ringa chiqish, hujum chizig‘ini cho‘zishga yo‘naltirilgan holatning shakllanishini tahlil qilishni bilish zarurdir. Darsning tayyorlov qismida foydalaniladigan o‘yinlar quyidagicha bo‘lish kerak: ) jamoali; o‘yin tezligi o‘rtacha bo‘lgan (qon-tomir urishi bir daqiqada 130—140 marta); fikrlashni (ulash) rivojlantiruvchi; darsning asosiy qismiga barcha a’zolarni tayyorlovchi; 5) darsning tayyorlov qismida tavsiya qilingan o‘yinlardan foyda- lanish mumkin. Bitta darsda, odatda, ikkita o‘yin va variantlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling