Denov tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Sayfutdinov Xasan Tojiboyevichning
HARAKATLI O‘YINLARNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Download 1.28 Mb.
|
HARAKATLI O`YINLAR TAVSIYA 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. HARAKATLI O‘YINLARNING GIGIYENIK VA SOG‘ LOMLASHTIRISH AHAMIYATI
1.1. HARAKATLI O‘YINLARNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Bizning mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash amaliyoti shunga guvohlik beradiki, bolalarda va o‘smirlarda yuqori axloqiy hamda jismoniy sifatlarni shakllantirishning eng muhim vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasida juda katta o‘rin egallaydi, chunki ular salomatlikni saqlash va mustahkamlashda, jismoniy rivojlanishni normal bo‘lishiga, harakat malakalarini kompleks takomillashtirishga qulaylik tug‘diradi. 1.2. HARAKATLI O‘YINLARNING GIGIYENIK VA SOG‘ LOMLASHTIRISH AHAMIYATI Harakatli o‘yinlarning eng asosiy mazmuni o‘ynovchilarning harakatlanishi va turli-tuman harakati hisoblanadi. Uni to‘g‘ri bosh- qarib borilganda ular organizmning boshqa sistemalari va nafas olish, mushak, yurak-qon tomirlariga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Harakatli o‘yinlarning funksional faoliyatini oshiradi, tanadagi har xil yirik va mayda mushaklarga xilma-xil dinamik ishlarni jalb qiladi, bo‘g‘in- lardagi harakatchanlikni oshiradi. Ayniqsa o‘yinchilarning sog‘lomlashtirish nuqtai nazaridan aha- miyati shundan iboratki, harakatli o‘yinlarni ochiq havoda barcha fasllarda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. O‘yinda qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar ta’siri ostida moddalar almashuvi har tomonlama faollashadi (uglevod, oqsil, yog‘ va mine- rallar). Mushak ishi ichki sekretsiya bezlarining vazifalarini kuchay- tiradi. Shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xu- susiyatlarini hisobga olish bilan faqatgina mashg‘ulot to‘g‘ri qo‘yil- gandagina ana shunday harakatli o‘yinlar yordam beradigan gigiyenik va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega bo‘lish mumkin. Shuni hisobga olish kerakki, ya’ni harakatli o‘yinlarda yuklamani aniq taqsimlash imkoniyati chegaralangan, chunki har bir o‘yin qatnashchisining tayyorgarligini oldindan bilish imkoniyati yo‘q. O‘yinda doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi holat, yuqori jo‘shqin- likdagi o‘zaro harakatning ayrim o‘yin qatnashchilaridan mashqning mazmunini dasturga kiritilmasa yuklamaning o‘lchami hamda yo‘na- lishini aniq tartibga solishga imkon bermaydi. Shuning uchun jismoniy yuklama optimal bo‘lishi uchun uni kuzatib borish zarur. O‘yin bilan muntazam shug‘ullanishda shiddat bilan yuklamani qo‘llashi mumkin, chunki bolalar organizmi unga sekin-asta moslashib borishi kerak. Shug‘ullanuvchilarning asab sistemasiga o‘yin samarali ta’sir ko‘rsatib borishi kerak. Bunga optimal yuklama berish yo‘li orqali erishiladi, shuningdek, o‘yinni shunday tashkil qilinishi, o‘ynov- chilarda ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi, o‘yinni yomon tashkil qilinishi, salbiy ruhiy kechinmalariga olib keladi, asab jarayon- larining normal ishlashi buziladi, stresslar (qattiq hayajonlanish) paydo bo‘ladi, bu esa salomatlikka zarar yetkazadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling