Denov tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi Sayfutdinov Xasan Tojiboyevichning


O‘YINNI O‘TKAZISH UCHUN JOYNI TAYYORLASH


Download 1.28 Mb.
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1584411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
HARAKATLI O`YINLAR TAVSIYA 2020

1.6. O‘YINNI O‘TKAZISH UCHUN JOYNI TAYYORLASH
Ochiq havoda o‘yinlarni o‘tkazish uchun maydonchalami tayyor- lash kerak. Eng yaxshisi maydonchani to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, eng kamida 8 m, uzunligi 12 m bo‘lishi kerak. Maydondan 2 m masofada bir necha skameykani qo‘yish tavsiya qilinadi. Iloji boricha yozgi maydoncha atrofida daraxtlar bo‘lgani yaxshi.
Bino ichida o‘yinni o‘tkazishda shuni hisobga olish kerakki, o‘ynovchilarning harakat qilishiga, iloji boricha asbob-anjomlarning xalaqit bermasligi uchun ularni (brusya, turnik, kon, kozel) yordamchi xonalarga oldirib qo‘yish kerak. Agar asbob-anjomlarni zaldan olish imkoniyati bo‘lmasa, unda ularni zalning qisqa devori tomoniga qo‘yiladi va skameyka, to‘r yoki boshqa buyumlar bilan o‘rab qo‘yiladi. Deraza oynalari va lampalar sim to‘rlar bilan bekitiladi.
1.7. O‘YINGA ASBOB-ANJOMLARNI TAYYORLASH
Harakatli o‘yinlami o‘tkazish uchun bayroqchalar, rangli bog‘ich- lar, har xil kattalikdagi koptoklar, gimnastika tayoqchasi, bulavalar yoki keglilar, chambarak va arg‘amchilar kerak bo‘ladi. O‘yinda asbob-anjom chiroyli, yashil rangda va o‘yinda ajralib turadigan bo‘lishi zarur (bu kichik maktab yoshidagi bolalar uchun ayniqsamuhimdir). Asbob-anjomning katta-kichikligi va og‘irligi o‘ynov- chilarning bo‘ylariga mos bo‘lishi lozim (umumiy ta’lim maktablari uchun tuzilgan jismoniy tarbiya dasturiga qarang). Asbob-anjom sonini oldindan hisobga olish lozim. Asbob-anjomni o‘tkaziladigan joy bilan yonma-yon saqlash maqsadga muvofiqdir. Muhimi, uning sanitar holatini muntazam ravishda tartibga solib borish kerak. Bolalarni tarbiyalash maqsadida ularni asbob-anjomlarni ta’mirlashga va saqlashga jalb qilish foydali bo‘ladi.

1.8. O‘YINNI TUSHUNTIRISH
O‘yinning yutug‘i, ma’lum me’yorda uni tushuntirishga bog‘liq bo‘ladi. Rahbar gapirib berishga kirishdan oldin, o‘zi o‘yin to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi shart. So‘zlab berish qisqa va lo‘nda bo‘lishi kerak: uzoq vaqt davomida tushuntirish o‘yinni o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kichik sinflarda o‘tkaziladigan o‘yinlarni ertak va maroqli shaklda tushuntirish mumkin.
Himoya qilib berish mantiqan to‘g‘ri va ketma-ket bo‘lishi shart. O‘yinni quyidagi reja asosida ifoda etish tavsiya qilinadi:
o‘yinning nomi;
o‘ynovchilarning roli va joylashgan joyi;
o‘yinni borishi;
maqsad;
uning qonun-qoidalari.
Muallif o‘yinning borishi haqida, shak-shubhasiz, o‘yin qoidalari haqida gapiradi, lekin hikoyaning oxirida ularga yana bir marta to‘xtalib o‘tadi, chunki bolalar uni yaxshilab esda saqlab qolishlari kerak. Hikoya qilish bir ohangda bo‘lmasligi kerak. O‘yinni bosiq ovozda tushuntirish kerak, ayrim hollarda ovozni ko‘tarib yoki pasaytirib vaziyatdagi mazmuniga o‘quvchilarning e’tiborini qaratish zarur.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling