Marjonsimon balg‘am - balg‘am tarkibida yumaloq ulanish, atipik
hujayralar va detritdan tashkil topgan (masalan, yassi to‘qimali bronx rakida kuzatiladi). Balg’amni maxsus usti mahkam yopqichli tupikdonga yeg’ish zarur, uning tubida 0,5% xloramin B bo’lishi shart..
Tufdonni dezinfektsiya qilish.
.Tupikdonni xloramin B bilan dezinfeksiya qilish kerak.Sil kasalligi bilan
kasallangan bemorlar balg’amini yoqiladi yoki kanalizatsiyaga
zararsizlantirilgandan so’ng oqizib yuboriladi. Balg’amni vizual tekshirib boriladi, agar qon paydo bo’lsa zudlik bilan shifokorga xabar beriladi
Oksigenoterapiya usullari. Oksigenoterapiyaga ko’rsatmalar.
Kislorod bilan davolash, oksigenoterapiya — kisloroddan davo maqsadida foydalanish. Konda va toʻqimalarda kislorod yetishmasligi
(qarang Gipoksiya, Gipoksemiya) bilan kechadigan nafas va qon aylanish sistemasi kasalliklari (bronxial astma, zotiljam, yurak porogi, astmasi xuruji va boshqalar)da,
kamkrnlik, balandlik kasalligi, turli zaharlanishlar, shuningdek, xirurgik operatsiyalardan keyin Kislorod bilan davolash d. tavsiya etiladi.
Yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy shikoyatlari.
Qon aylanish tizimining kasalliklari bilan bemorlar turli shikoyatlar bilan murojaat qilishadi. Eng ko'p aniqlanadigan simptomlar ko'krak qafasi og'rig'i, yurak tez urishi, nafas qisilishi, bog’ilish, shish, yurakning notog’ri urishi va boshqalar.
Yurak – qon tomir tizimi kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va davolashni ikki yo'nalishda o'tkaziladi.
Umumiy chora-tadbirlar – boshqa turli organlar va tizimlar kasalliklari
bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va parvarishlash ishlari: bemorning umumiy holatini kuzatish, tana haroratini nazorat qilish, qon tomirlari va qon bosimini nazorat qilish, harorat varag'ini to'ldirish, bemorning shaxsiy gigienasini ta'minlash, tuvak berish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |