Deontologiyasi


Download 413 Kb.
bet10/33
Sana18.06.2023
Hajmi413 Kb.
#1590754
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33

O’rin kurpa almashtirish


O’rin-ko’rpa va kiyimlarni almashtirish 7-10 kunda bir marta vanna qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi, lozim bo’lsa tez-tez ham almashtirilishi mumkin. Katta yoshli bolalar ahvoli qoniqarli bo’lsa o’zlari kiyinishadi, kichik yoshdagilarga hamshira yoki kichik tibbiy xodim yordamlashadi.
Og’ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda hamshira kuylak chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin qo’lidan chiqarib yechintiradi. Toza

88 498 88 08

kiyim shunga teskari ravishda kiygiziladi. Agarda bemor qo’li shikastlangan bo’lsa oldin sog’ qo’lidan, keyin kasal qo’ldan yechiladi. Kuylakni oldin kasal qo’lga, keyin sog’ qo’lga kiygiziladi.


Odatda bemor kiyimini almashtirganda oqliklarini ham almashtirishadi. Agar bemor o’tira olsa, uni krovatdan stulga o’tirg’izib, hamshira oqliklarni almashtiradi. Yotoq rejimdagi bemorlarni oqliklarini almashtirishni ikki xil usuli bor: 1) eski choyshab bosh tomondan pastga qarab o’rab kelinadi va olinadi. Ikki tomondan bintga o’hshab o’ralgan toza choyshab bemor dumg’azasi ostiga qo’yiladi va krovatga uzunasiga yoyiladi; 2) bemor bola krovat yoniga suriladi va eski choyshab uzunasiga o’raladi, ochilgan sohaga yangi choyshab yoyiladi va bemor uning ustiga o’tkaziladi, keyin eski choyshab olinadi va yangisi yoyiladi.
Eski oqliklar va kiyimlar alohida yig’iladi va qopqoli plastmassa idishlarga yoki polietilen qoplarga solinadi va alohida xonaga olib chiqiladi. Bo’lim bekasi boshqa xalat kiyadi va kleyenka fartik takadi, oqliklarni saralaydi, kasalxonaning markazlashgan kirxonasiga, undan kir yuvish xonasiga yuboradi. Oqliklarni almashtirgandan keyin palata poli va boshqa jihozlar 1 % kal’siy gipoxlorid eritmasiga namlangan lattt bilan artib chiqiladi.
Bo’limda bir sutkaga yetadigan oqliklar zahirasi bo’lishi kerak. Oqliklarni markaziy isitish batareyalarida quritish va qayta ishlatishga yo’l qo’yilmaydi.
O’z vaqtidan o’tib va noto’g’ri almashtirilgan oqliklar yotoq yaralar rivojlanishiga sababchi bo’ladi.



  1. Download 413 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling