Departamentning asosiy vazifalari: Departamentning vazifalari quyidagilar hisoblanadi
Download 16.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqгосзакупки функ ва ваз узб латин
Departamentning funksiyalari
Departamentning funksiyalari quyidagilardan iborat: Davlat xaridlarini boshqarish metodologiyasi va axborot-tahlil boshqarmasi: Davlat xaridlarini boshqarish metodologiyasi bo‘limi bo‘yicha: Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish yuzasidan me'yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi; vazirlikka kelishish uchun kiritilgan me'yoriy hujjatlar loyihalarini vakolati doirasida ko‘rib chiqadi; davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; Davlat buyurmachilari tomonidan amalga oshirilidigan davlat xaridlari bo‘yicha axborot-tahlil bo‘limi bo‘yicha: Davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ro‘yobga chiqarishning samaradorligi va shaffofligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi; Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar tahlilini olib boradi; Davlat xaridlari sohasida axborot tizimlarini takomillashtirish va tashqi axborot tizimlari bilan o‘zaro aloqalarni ta'minlash bo‘limi bo‘yicha: Davlat xaridlari sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; Davlat buyurtmachilari va tovar yetkazib beruvchilar bilan elektron xujjat almashinuvini rivojlantiradi; Byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari monitoringi boshqarmasi: Byudjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari monitoringi bo‘limi: Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarini O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va amaldagi boshqa me'yoriy hujjatlar talablari doirasida amalga oshirilishini monitoring qiladi; davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; davlat xaridlariga oid dasturiy majmualarni ishlash mexanizmini soddalashtirish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va rahbariyatga taqdim etadi; Korporativ buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari monitoringi boshqarmasi bo‘yicha: Korporativ xaridlar jarayonini tartibga soladigan korporativ xaridlarni joylashtirishda oshkoralik, ochiq-ravshanlikni ta'minlash va raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar monitoringini olib boradi; korporativ buyurtmachilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar (ro‘yxati, manzili,STIR, ustav fondidagi ulushlar, manzili va hk.) bazasini shakllantiradi; korporativ buyurtmachilariga davlat xaridlari sohasida amaliy yordamlar ko‘rsatadi; davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; Murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish sektori bo‘yicha: Davlat xaridlari tizimida murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish sektori sektor operatoriga kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi; murojaat qiluvchilar bilan ishlash jarayonida muomala madaniyatiga rioya qiladi; Sektorga kelib tushayotgan og‘zaki murojaatlarni qabul qilishda operatorga qo‘yilgan savollarga javob beradi, zarur hollarda esa tarkibiy boshqarma bo‘limiga ulab berish va shu kuni murojaatchiga javobning mazmuni haqida xabar beradi; Download 16.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling