Description of the technologies for forming critical thinking in students in the process of teaching


Download 357.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana20.06.2023
Hajmi357.51 Kb.
#1627010
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Guzalkhon TAJIBOYEVA

“Nuqtai nazaring boʻlsin” metodi. Uslub maqsadi:
– oʻquvchilar muayyan muammoga oʻz nuqtai nazarini asosli dalillab, himoya 
qilishga oʻrganadilar;
– oʻquvchiga muammo muhokamasi jarayonida oʻz fikrini oʻzgartirish imkonini berish;
– oʻqituvchi barcha oʻquvchilarni munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma 
oʻquvchilar oʻrtasida munozara jonlanishini yuzaga keltirishi mumkin. “Nuqtai nazaring 
boʻlsin” uslubi oʻquvchilar oʻrtasida munozara yuzaga kelishi va ular munozara 
jarayonida oʻz fikrlarini oʻz sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini oʻzgartirishga 
ishontiradigan gʻoyalarni eshitib oʻzgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonni 
berish maqsadida qoʻllanadi. 
Tanqidiy tafakkur. “Tanqidiy tafakkur” uslubi oʻquvchi qoʻyilgan masala yoki 
muammo yuzasidan oʻz fikrini bayon qilish, oʻzgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok 
etish, oʻz nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega boʻlishiga 
asoslangan. Odatda bunday zarurat mubohasa xarakteriga ega masalalarni hal 
etayotganda yuzaga keladi masalan: maktablarda yagona maktab formasi kerakmi? 
Jamoa transportida maktab oʻquvchilari uchun bepul yoʻlkira joriy etish kerakmi?
va shunga oʻxshash masalalar. Bu narsa oʻqituvchiga oʻquvchilarning tinglash va muloqot 
qilish koʻnikmalarini, turli nuqtai nazardan tushunish malakasini rivojlantirish, baxsli 
masalalarni hal qilish, taxliliy mushoxada yuritish va fikrlash layoqatini oshirish, ularning 
oʻz fikrini shakllantirish mahoratini mustahkamlash imkoniyatini beradi.
“Tanqidiy tafakkur”ni oʻtkazish uslubiyati.
1. Oʻquvchilarga mubohasa xarakteridagi muammo, topshiriq yoki chalkash masala 
qoʻyiladi va quyidagi savollar beriladi:
– Nima deb oʻylaysiz?
– Fikringiz qanaqa?


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 
77 
– Sizningcha qanday? Bu kabi savollar oʻquvchi oʻz nuqtai nazarini shakllantirishga 
yoʻnaltirilgan boʻladi.
2. Oʻquvchiga oʻz nuqtai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun imkoniyat va fursat 
beriladi.
3. Oʻquvchi oʻz fikrini asoslaydi, bunda uning nuqtai nazarini aniqlab olish uchun 
quyidagi savollarni berish mumkin:
– Nega bunday deb oʻylaysiz?
– Nimalar asosida bunday xulosaga keldingiz?
4. Oʻqituvchi koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan boshqa fikrda boʻlgan ta’lim 
oluvchilarga soʻzlash imkoniyatini beradi, bunda quyidagi savollarni berish mumkin:
– Kimda boshqa fikr bor, nega?
– Kim aytilgan fikrni ma’qullamaydi, nega?
5. Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan birgalikda xar xil nuqtai nazarlarni muhokama qilish 
vositasida barcha fikrlarni tahlil qilib chiqadi, bunda quyidagi savollarni berish mumkin:
– Nega boshqa oʻquvchining nuqtai nazarini ma’qullamaysiz?
– Oʻz nuqtai nazaringizni tasdiqlovchi asoslar keltira olasizmi? 6.Muammoni 
topshiriq, masala, chalkash masala boʻyicha qabul qilingan qarorga oʻquvchilar 
tomonidan oʻz nuqtai nazarlarini qabul qilishi yoki qayta baholanishi bilan erishiladi, 
bunda quyidagi savollarni berish mumkin:
– Sizningcha, kimning nuqtai nazari eng maqbul?
– Yuzaga kelgan vaziyatdan qaysi yoʻl bilan chiqish ma’qulroq? “Tanqidiy tafakkur” 
uslubini oʻtkazish qoidalari:
1-aniq-raso belgilab qoʻyilgan vaqtda oʻquvchilar koʻrsatilgan topshiriq yoki 
chalkash masaladagi rollarni ijro etishlari lozim.
2-rol oʻynalishi natijalariga koʻra oʻyin muhokamasi va baholanishi amalga 
oshiriladi.
Ishtirokchilar va kuzatuvchilar oʻyin paytida sodir boʻlganlarni tahlil qilib chiqish 
va muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim. Bunda quyidagi savollarni berish 
mumkin:
– Rolli oʻyin oʻtkazilayotganda qanday natijalarga erishilishi? 
– qaysi muammo tilga olindi, u oʻz yechimini topdimi?
– Bordi-yu oʻyin shartlari oʻzgartirilsa, natijalar qanday boʻlardi? “Rolli oʻyin” 
uslubini oʻtkazish qoidalari.
1. “Rolli oʻyin”ni oʻtkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga aniq rioya etish lozim.
2. Rolli oʻyinda ishtirok etmayotgan oʻquvchilar kuzatuvchilar sifatida ishga 
solinishi yoki yordamchi rollarini (M: bayonnoma yozib boruvchi) ijro etish lozim.
3. Oʻyin muhokamasi paytida oʻquvchilar aytgan fikrlar boshqa nuqtai nazarda 
boʻlgan oʻquvchilar tomonidan nazarda tutilgan reglament doirasida asosli tanqidga yoki 
muhokamaga tortilishi mumkin.
4. Zarur boʻlib qolgan taqdirda bayon etilgan fikrga tuzatishlar kiritish kerakki, bu 
narsa gʻoya yoki fikrni aniq-raso va qisqacha ifodalash imkonini beradi. 
Ilmiy adabiyotlarda metod – tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, 
bilish usuli, harakat qilish tarzi sifatida izohlanadi [4]. 
Oʻqitish metodlari oʻquv jarayonining asosiy qismi hisoblanib, tegishli metodlarsiz 
pedagogik faoliyatni amalga oshirib boʻlmaydi.
Zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarning amaliy yoʻnalishi sifatida 
bugungi kunda pedagogikada oʻqitishning bir necha metodlari farqlanadi: 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 
78 
Passiv – ta’lim oluvchi oʻqitishning “ob’ekti” sifatida namoyon boʻladi (tinglaydi va 
koʻradi); 
Aktiv – ta’lim oluvchi oʻqitish jarayonining “sub’ekti” sifatida namoyon boʻladi 
(mustaqil ish, ijodiy topshiriqlar); 
Insonni tsivilizatsiya hozirgi davr darajasiga olib kelgan psixologik individual 
jarayon – bu fikrlashdir. Fikrlash – insonning atrof-dunyodagi ob’ektlar va hodisalarni 
hamda ularning bogʻliqliklarini oʻrganish, hayotiy muhim vazifalarni hal etish, 
noma’lumni izlash, kelajakni koʻra bilish jarayonidan iboratdir. Fikrlash – bu ongning 
ishlash jarayoni, miyaning undagi boʻla va olinayotgan axborotlarni qayta ishlab chiqishi 
va natija olishidir. Fikrlashni amalga oshirish usullarini aqliy harakatlar usullari (AHU) 
deb ataydilar. Ularni quyidagi tarzda turlarga ajratish mumkin: 
1. Fikrlash asosiy vositalari xususiyatlari boʻyicha: predmetli-amaliy, koʻrgazmali-
obrazli, abstrakt, intuitiv. 
2. Jarayonning mantiqiy tuzilishi boʻyicha: qiyoslash, analiz, abstraktlashtirish, 
umumlashtirish, sintez, turlarga ajratish, induktsiya, deduktsiya, inversiya, refleksiya
gipoteza, tajriba va boshqalar. 
3. Natijalar shakli boʻyicha: yangi obrazni yaratish, tushunchani belgilash, 
mulohaza, xulosa, teorema, qonuniyat, qonun, nazariya. 
4. Fikrlash mantiqi turi boʻyicha: mulohazali – empirik (klassik-mantiqiy) va 
oqilona-nazariy (dialektik-mantiqiy).
“Tarbiya” fani darsliklariga kiritilgan mavzular mazmuniga mos, ularning muqobil 
variantlari sifatida Keyslardan foydalanish ham oʻquvchilarni turli vaziyat va voqea-
hodisalarni tanqidiy tahlil qilish imkonini beradi. 
“Keys-stadi” yordamida oʻquvchilar quyidagi koʻnikma, malakalarga ega boʻladi:
1. Tahliliy koʻnikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni 
turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim etish; 
buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).
2. Amaliy koʻnikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real vaziyatni 
tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qoʻllay bilish).
3. Ijodiy koʻnikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni yechish 
muhim emas, balki ijodiy yondoshuv asosida muammoning bir necha yechimlarini topish 
va ularni tahlil qilish talab etiladi).
4. Muloqot koʻnikmalari (unga koʻra oʻquvchi bahs-munozara olib borish, oʻz 
nuqtai nazarini himoya qilish.
5. Ijtimoiy koʻnikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida oʻquvchilar 
boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda 
oʻzgalarning fikrlarini qoʻllab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qaramaqarshi fikrni 
bildira olish va oʻzini boshqara olishi lozim).
6. Oʻz-oʻzini tahlil (bahs-munozara jarayonida oʻzini tuta bilishi, boshqalarga 
namuna boʻlishi muhim). 
Rivojlantiruvchi ta’limning vazifasi-shaxsning individual kamol topishi uchun 
zarur boʻladigan hayotiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish sanaladi. 
Rivojlantiruvchi ta’limning oʻziga xos xususiyatlari – oʻquvchilarda topshiriqlarni 
yechishga oid nazariy tushuncha va amaliy koʻnikma, malakalarni shakllantiradi. 
Oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi.
Tanqidiy fikrlashga oʻrgatishda savollarning qoʻyilish tarzi, maqsadi va boshqa 
jihatlari bilan farqlanadi va savollar quyidagi turlarga ajratiladi: 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 
79 
1. Axborot xarakteridagi savollar. 
2. Muqobil savollar. 
3. Tasdiqlovchi va mustahkamlovchi savollar. 
4. Faraz, tahlil qilishga, undashga qaratilgan savollar. 
5. Muloqot oʻrnatish uchun qoʻyiladigan savollar. 
6. Yoʻllovchi, esga soluvchi yordamchi savollar. 
Savollarga oʻquvchilar tomonidan berilgan javoblarni baholash, ularga munosabat 
bildirishda ham oʻqituvchi tezkorlik bilan yondashishi talab etiladi. Bunda: 
1. Har bir javobga muvofiq ravishda baho berish kerak. Chunki javob bergan 
oʻquvchi ham, boshqa oʻquvchilar ham javobning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini bilishlari 
zarur. Agar javob toʻgʻri boʻlsa, ayrim paytda qaytarish zarur boʻladi, ayrim paytda 
shunchaki tasdiqlashning oʻzi kifoya qiladi. 
2. Toʻgʻri javobni e’tirof etish.
3. Javob yoʻq. Agar oʻquvchi savolga javob bera olmasa, unga yordamchi, esga 
soluvchi, yoʻllovchi savollar berishi yoki boshqa oʻquvchilarga murojaat qilishi kerak. 
4. Javob yetarli emas. Savolga berilgan javob yetarli boʻlmasa, javobning bir 
qismini qamrab olgan holda esga soluvchi, yoʻllovchi savollar berish zarur. 
5. Berilgan javob notoʻgʻri. Notoʻgʻri berilgan javobni oydinlashtirish, uni 
boshqacharoq tarzda shakllantirish yoki boshqalar ham shu fikrdami yoki yoʻqmi, 
aniqlab olish lozim. 
6. Javob mujmal boʻlsa. Savolga noaniq javob boʻlsa, oʻqituvchi “savol boshqa edi” yoki 
“men boshqa narsani nazarda tutgan edim” demasdan, keyingi savolni bergani ma’qul. 
7. Noaniq tushunib boʻlmaydigan javob. Bunday holatda oʻqituvchi oʻquvchidan oʻz 
fikrini qayta takrorlashni, ya’ni “Boshqalar sizni fikringizni tushunmadi, yana takrorlang”, 
deb murojaat qilishi kerak. 
Berilgan savollar muhokamasida toʻgʻri javoblarni ajratib koʻrsatish, boshqalarning 
diqqatini javoblarda koʻrsatilgan dalillar, izohlarga qaratish lozim. 
Xulosa qilib aytganda, oʻquv jarayoni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil 
etilganda, ta’lim maqsadlari belgilanadi yoki loyihalanadi, kutilyotgan yakuniy natija – 
ijobiy sifat oʻzgarishi, ya’ni oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash koʻnikma va malakalari 
shakllanadi, 1-4-sinflarda “Tarbiya” fanini oʻqitish jarayonining takrorlanuvchi tsikli 
yaratiladi, tezkor qaytar aloqa vujudga keladi, oʻquv maqsadlari va oʻquv jarayoniga zarur 
tuzatishlar kiritilib borilaveradi. 

Download 357.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling